2.2 Birja, ko‘rgazma va kimoshdi savdosining mohiyati va unda
innovatsiyalarning o`rni.
Ulgurji savdoning xilma-xil shakllari orasida eng asosiylaridan biri birja
savdosi hisoblanadi. Savdoning bu shakli tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan
doimiy bozor orhali boshhariladi. Bu bozorda qimmatbaho qog„ozlar, valyuta yoki
standartlar va tovar namunalari bo„yicha ulgurji savdo amalga oshiriladi.
Birja savdosi bozor narxlari shakllanishining va bozor holati haqida tijorat
axboroti olishning asosiy manbai bo„lib hisoblanadi.
Birja savdosida operatsiyalar zaliga savdo katnashchilari kiradilar . Ularga birja
ish tajribasiga ega shu ishga maxsus yollab olingan xodimlar va xamda birja
komitetlari vakillari kiradilar.Ular o„z navbatida brokerlar, dillerlar, treyderlar,
klerk va maklerlardan iborat.Bulardan tashkari operatsiyalar zaliga; birja xodimlari
bosh ijrochi rais, idora raisi, birja kengashining ma‟sul a‟zosi davlat komissari va
xamda birja kengashi tomonidan ruxsat etilgan boshka kishilar kiradilar.
Birja vositachisi o„z doimiy mijozlarini shakllantirish uchun xarakat kilib ,
ularning manfaatlari uchun birjada tovarlar sotib oladi va sotadi. Birja vositachisi
24
doimiy mijoz bo„lmagan korxona va tashkilotlar uchun xam savdo bitimi tuzishi
mumkin .
Birja tovarlarni sotish, sotib olish va yoki ularni boshka tovarlar bilan
almashtirish operatsiyalari fakat birja vositachilari tomonidangina amalga
oshiriladi. Ularga quyidagiar kiradi:
Brokerlar - o„z xizmatlari uchun chegirtma xaq oluvchi birja a‟zolari bo„lib, ular
mijozlar buyurtmalari bo„yicha tovar sotish va xarid kilish bo„yicha savdo
kontraktlarini tuzadi.
Dallol yoki diller- o„z hisobi yoki o„z nomidan birja vositachisiga olib beruvchi,
birja a‟zosi. Ular birjada o„z joylariga ega bo„lib kotirovka ishlarini amalga
oshirdilar. Ularni daromadlari sotib olish va sotish narxlari tafovutidan xamda
valyuta va qimmatli kog„ozlar kurslarini o„zgarishidan iboratdir.
Treyderlar - bu birja a‟zolari bo„lib, o„zlari uchun savdo kiladilar.
Maklerlar - bokerlardan farqli o„laroq faqat o„z hisobidan va faqat o„zi uchun
tovar sotadi va sotib oladi. Maklerlar birjada savdoni boshqaradi.
Klerklar - birja zalida turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi.
Butun savdo bitimi birja zalida amalga oshiriladi . Birja zaliga xamma
ishtirokchilar siqishi kerak . Xorijiy birjalar operatsiyalar zaliga 2-3 ming kishi
bemalol siqadigan bo„lib xar-bir savdo qatnashchisi uchun qo„lay ish sharoiti
yaratilgan. U kabina yoki seksiyalarga bo„lingan bo„ladi.
Dunyoning ko„pchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarlar bilan bir vaktda
seksiyalara birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun xar bir seksiyalar katta
zal saqnidan pastroq bo„lgan nisbatan kichik maydoncha ajratiladi.
Boobro„ firmani vakili bo„lgan broker odatda birja chuqurchasining balandroq
bosqichini egallaydi. Uning qo„lida ko„pgina buyurtmalari bo„lib, uni xamma
savdogarlarni kurib turishi kerak bo„ladi.
Treyderlar joyi chukurlikning eng past yoki pastki bosqichlari qisoblanadi.
Chuqurlikda broker va treyderlar orasida faqat narx qisobini olib boruvchi klerk
xizmatkor bo„ladi. Unda ratsiya bo„lib xar bir aksiya narxi o„zgarishini ratsiya
orhali e‟lon qilishi kerak.
25
Xorijiy birjalar eletron tablo devorlarida fakat bitim narxlarini aks ettiribgina
kolmay birjadagi boshka mollar, boshka tovar valyuta va fond birjalaridan
ma‟lumotlar, xatto narx xarakatlariga ta‟sir etuvchi ob-qavo, tovar ortirilishi,
siyosiy aqvol voqealar va boshkalar xaqidagi ma‟lumotlar berib boriladi. Brokerlar
odatda savdo zaliga savdo boshlanishiga 30 dakika qolganda yiqiladilar. Ularni
xar biri qo„lida savdodagi tovarlar ro„yxati, narxi, buyurtma xajmi idora yoki
ombor joylashgan joy , tovar yeikazib berish xaqidagi ma‟lumotlar yozilgan
maxsus varakalar bilan ta‟minlangan bo„ladilar. Xar bir tovar seksiyasida uch
marotaba bong urilib savdo boshlanganligi e‟lon qilinadi.
Birja savdosi oshkora tashkil etiladi. Takliflarga oxirgi ma‟qullagan kimsa bitim
tomoni qisoblanadi. Ya‟ni taklif talab narxi bilan mos kelganini tovar esa
sotilganini bildiradi.
Seksiyada savdoni birja makleri olib boradi.Avval tez sotilishi kerak bo„lgan real
mavjud tovarlar bilan ish boshlanadi. Keyin esa takliflar bo„yicha forvard (ya‟ni
xisob-kitoblari bitm kuni emas bir oz vakt utganan keyin va boshka shartlar bian )
operatsiyalari bo„yicha bimlar tuziladi. har bir seksiyada savdo qo„yidagi tartibda
olib boriladi. Dastavval makler ushbu birja kunida savdoga qo„ygan barcha
tovarlar ro„yxatini o„qiydi. Makler ro„yxatni o„qiyotgan paytda bitim uchun zarur
tovarlar topgan brokerlar qo„llaridagi guvoxnomalarini baland ko„taradilar. Makler
darqol tovarni sotuvga chiharayotgan brokerlik idora rahamini aytadi. Broker
idorasi vakili harakatni tasdiqlamasa ( yoki shu paytda shu yerda bulmasa, yoki
mudrab kolsa ) tovar savdodan olib tashlanadi va broker birjaga kelmaanligi uchun
birjaga jarima to„laydi.
Undan so„ng makler boshqa tovar turiga o„tadi. Butun ro„yxat o„qib bo„lingach
kichik tanaffus e‟lon qilinadi. Keyin bong bir marta urilgandan so„ng ishning
ikkinchi kismi, brokerlar takliflari muxokamasiga o„tiladi. Xar bir brokerik
taklifining muqokamasi ikki kismdan iborat bo„ladi.
Muhokamaning ikkinchi kismida seksiyaga yiqilgan xaridor brokerlarning
muqobil ( karama-karshi takliflari) muqokama qilinadi.
Broker xaridorlar tovar xarid qilish shartlarini e‟lon qiladi.
26
Bu shartar tovar qajmi va narxi xususida bo„ladi. Agar bitim yana imzolanmasa
makler sotuvga qo„yilgan tovarlar ro„yxatini keyingi pozisiyasini muqokamasiga
o„tadi.
Ko„rgazma savdosi – ishlab chiqarish maqsadlariga mo„ljallangan va keng
iste‟mol tovarlarining namunalarini ko„rish va tanlab olishdan so„ng amalga
oshiriladigan oldi-sotdi aktlarini takomillashtirish orhali qisqa vaqt ichida vaqti-
vaqti bilan takrorlanib turadigan jarayondir.
Ko„rgazma savdosining xarakterli alomatlariga quyidagilar kiradi:
-
taqdim etilgan namunalar bo„yicha tovarlar ulgurji savdosi;
-
savdolar davriyligi;
-
savdo qilish vaqti va joylarini oldindan aniqlash;
-
sotuvchi va xaridorlarning bir vaqtda va ommaviy qatnashuvi.
XIX asrning birinchi yarmida yirik fabrika-zavod sanoatining paydo bo„lishi
ularning mahsulotlarini butun dunyoda o„tkazilishiga olib keldi. Davlatlararo
savdoning lokal markazlari yagona (umumiy) jahon bozoriga aylandi. Uning
shakllanishi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshida yakunlandi.
Jahon bozori – bu xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida shakllangan
va iqtisodiy munosabatlar orqali o„zaro bog„langan alohida mamlakatlar milliy
bozorlari majmuidan iborat. Mazkur bozor o„z tarkibiga savdoni, kapital
harakatini, valuta munosabatlarini, ishchi kuchi migratsiyasini, ilmiy-texnika
hamkorligini va boshqa shu kabi yo„nalishlarni qamrab oladi. Zero, ko„plab tashkil
etilayotgan qo„shma korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar, transmilliy kompaniyalar
milliy xo„jaliklarni jahon bozori atrofida birlashtiradi. Jahon savdosi xalqaro
bozorda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Shu bois xalqaro savdo xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning yetakchi shakli hisoblanadi. Jahon bozori, shuningdek
xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan mamlakatlar o„rtasidagi barqaror tovar-pul
munosabatlari sohasidir.
Jahon bozoriga quyidagilar xosdir:
1) davlat doirasidan tashqariga chiqariladigan tovarlar ishlab chiqarish;
2) tovar va xizmatlarning davlatlar o„rtasida ko„chib yurishi;
27
3) ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning maqbullashuvi (optimallashuvi);
4) fanatsiya funksiyasi.
Tovar savdo-sotig„i ishlab chiqarish omillari narxi (bahosi)ning o„zgarishiga
olib keladi, bu esa ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo ko„chib yurishini
keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari ko„chib yurishi bilan jahon savdosining
hajmi o„sadi, chunki ular samaraliroq foydalanishi mumkin bo„lgan mamlakatlarga
ko„chadi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat)ning xalqaro mobilligi
(ko„chib yurishi) iqtisodiy o„sish sur‟atlarini jadallashtiradi.
Xalqaro savdo – dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuidan
iborat xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro savdo ikki qarama-qarshi
oqim – eksport va importdan iborat. Unga savdo saldosi va savdo aylanmasi
xosdir.
Xalqaro savdoning xususiyatlari.
Iqtisodiy resurslar harakatchanligining mamlakatlar o„rtasida ular ichkarisiga
qaraganda ancha sust kechishi kuzatiladi. Har bir mamlakat xalqaro savdoda turli
valutalardan foydalanadi. Jahon amaliyotida ichki savdoga nisbatan siyosiy
aralashuv va nazorat qilish darajasi yuqoriligi kuzatiladi.
A.
Smitning «mutlaq ustunlik» nazariyasi.
Bunga ko„ra qanday tovarlarni eksport, qaysilarini import qilishning afzalliklari
to„g„risidagi qarashlarini bayon qilishda milliy hamda jahon narxlari, ularning
ishlab chiqarish xarajatlari mutlaq miqdori o„rtasidagi farqni hisobga oladi.
Boshqacha aytganda, mazkur nazariya xarajatlarning mutlaq miqdoriga asoslanadi.
Unga ko„ra, har bir mamlakat o„zida kamroq xarajat sarflanadigan mahsulotlarni
ishlab chiqarish, ancha yuqori xarajatlarni taqozo qiladiganlarini esa tashqaridan
sotib olishi lozim.
D. Rikardoning «nisbiy ustunlik» nazariyasi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashishning umumiy tamoyillariga asoslanish
orqali aniqlanadigan xarajatlar nisbatidagi farq (avvalo, tabiiy-geografik sharoitlari
tufayli kelib chiqadigan) aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab
chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligini ko„rsatadi.
28
Konyunktura deganda jahon iqtisodiyotining rivojlanishini, alohida olingan
mamlakatning iqtisodiy ahvolini, bozorning biror sohasi rivojlanishini belgilovchi
omillar va shart-sharoitlar majmui tushuniladi. Jahon bozorida iqtisodiy vaziyat
keskinlashmoqda. XXI asrning dastlabki o„n yilligida xalqaro savdoda quyidagi
o„zgarishlar ro„y berdi:
Jahon bozorida AQShning yetakchilik mavqei pasayib, boshqa rivojlangan
mamlakatlar, xususan Xitoy, Yaponiyaning mavqei ortib bormoqda. Jahon
eksportida yangi industrial mamlakatlar (Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy,
Braziliya, Meksika)ning hissasi ortmoqda. Ishlab chiqarish modernizatsiyasi
natijasida xalqaro savdoning tovar tarkibi o„zgarmoqda. Jahon eksportida fan
sig„imi, yuqori murakkab
Dostları ilə paylaş: |