O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Xalqaro savdo iqtisodiyotida innovatsion yondashuvlar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

 
2.3.Xalqaro savdo iqtisodiyotida innovatsion yondashuvlar. 
O‟n sakkizinchi asr oxiri va o‟n to‟qqizinchi asr boshlarida angliyalik klassik 
iqtisodchilar A. Smit va D. Rikardolar tomonidan «Erkin savdo» nazariyasi g‟oyasi 


39 
oldinga surildi. A. Smitning asosiy g‟oyasi bo‟yicha millat va xalqlarning 
boyishiga asosan mehnat taqsimoti sabab bo‟ladi. Ya‟ni, xalqaro mehnat 
taqsimotida faol ishtirok etadigan davlatlar ko‟proq daromadlarga ega bo‟lishadi va 
ular u yoki bu mamlakatning mutlaq imkoniyatlariga e‟tiborni qaratishi lozim. Har 
bir mamlakatda o‟zi ixtisoslashgan mahsulotlargina ishlab chiqarilsa maqsadga 
muvofiq bo‟ladi. Masalan, O‟zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga 
ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko‟proq shunga e‟tiborni 
qaratish lozim. Chunki, O‟zbekiston qishloq xo‟jaligi, ob-havosi va qolaversa, 
butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda 
mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. 
Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o‟zi ixtisoslashgan sohaga ko‟proq e‟tiborni 
qaratishsagina dunyo bo‟yicha ko‟proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro 
savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo‟l bilan 
dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi. 
Mamlakatlar o‟rtasidagi erkin savdo dunyo xalqlari iste‟molida o‟sishga olib 
keladi. Bu esa, o‟z navbatida, olimlar tomonidan tashqi iqtisodiy siyosatlarni ishlab 
chiqishda yo‟llanmalar ko‟rsatishi mumkin. 
A. Smit «xalqaro savdo» har bir mamlakatga katta imkoniyatlar olib kelishini 
isbotlab bergan. Uning g‟oyasi klassik nazariyalarning asosini tashkil qiladi va 
barcha erkin savdo siyosatlariga asos bo‟ladi. Ammo, mulohazalarni yanada 
chuqur muhokama qiladigan bo‟lsak, ya‟ni, biror-bir mamlakat, o‟ziga kerakli 
bo‟lgan mahsulotlarni chetdan arzon baholarda va hech qanday to‟siqlarsiz olib 
kelish imkoniyatiga ega bo‟lsa, bunday sharoitda mamlakatning barcha talabini 
chetdan qondirish imkoni bo‟ladi. Ushbu mamlakat esa biror mahsulotni sotish 
uchungina ishlab chiqaradi, xolos. Bu erda ularning talablarini hech narsa va hech 
kim qondirishni kafolatlay olmaydi. Mutlaq ustunlik nazariyasi esa boshi berk 
ko‟chaga kirib qoladi.
Erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‟batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni 
yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashishguncha o‟tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat 


40 
xarajatlari sarflaydigan bo‟ladi. Ammo, bu borada barcha savdolar 
mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. 
CHunki, mamlakatlar o‟zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini 
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushintirib bera olgan. U 
izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida 
ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‟lovlari o‟zaro balansga ega 
emas. Bunday nobalans vaziyatlar valyuta kurslaridagi o‟zgarishlar hisobiga yoki 
biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o‟zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. 
Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun: 

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‟rtasida emas, balki mamlakat 
ichida harakatchan bo‟lishini;

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar 
hisobga olinmasligini; 

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va 
texnologiyalarni qo‟llash hamda ularni ko‟p miqdorda seriyali ishlab 
chiqarishda xarajatlardagi o‟zgarishlar e‟tiborga olinmasligini 
ta‟minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim. 
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o‟zgarishi hisobiga, 
unga bo‟lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‟liq. Ayrim mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda 
bo‟layotgan o‟zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning 
bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‟liq bo‟ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste‟molidagi o‟zgarishlarga qarab o‟zgaradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə