O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


KIchik maktab yoshidagi o’quvchilar taffakurini tadqiq qilish metodlari



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə11/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

2.3. KIchik maktab yoshidagi o’quvchilar taffakurini tadqiq qilish metodlari
Kichik maktab yoshidagi oquvchilar tafakkurini o’rganishda quyidagi metodikalardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:
ORTIQCHASINI O’ChIRISh.
Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va chalg’ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rgatish uchun qo’llaniladi. Bu metodikaning ham ikki turi bor: predmetli va so’zli.
Metodikaning predmetli turida qo’zg’atuvchi material alohida kog’ozlarda berilishi zarur. Har bir qog’ozda 4 ta predmet tasvirlangan (10-ilova). Rasmlar oq, qora yoki rangli bo’lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo’yicha birlashuvchi 3 tasini tanlash kerak. Odatda quyidagi ko’rsatma beriladi:
“Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu yerda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o’chirish kerak”. Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og’zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash mumkin. Tajriba o’tkazish uchun so’zlar qatori yozilgan maxsus qog’oz varag’i kerak bo’ladi. Qo’llanma: “Har bir qatorda 5 ta so’z bor, 4 ta so’zni bir guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bitta so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak”.
  1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf.


  2. Sut, kaymoq, qatiq, suzma, go’sht.


  3. Botinka, etik, bog’ich, tufli, tapochka.


  4. Bolg’a, arra, mix, bolta, randa.


  5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho’r.


  6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.


  7. Samalyot, arava, odam, kema, velosiped.


  8. Abror, Murot, Aziz, Asqarov, Nabi.


  9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.


  10. Tokar, o’qituvchi, vrach, kitob, kosmonat.


  11. Palto, plash, ko’ylak, tugma, shim.


  12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.


Tajribi natijalari tadqiqot qatorida qayd etiladi.


To’g’ri va noto’g’ri yechimlar bilan birga sinaluvchi qo’llanmani qanday tushunganligi, o’rgatuvchi darslardan so’ng o’z xotolarini to’g’rilaganligi haqida xam qayd etiladi. Sinaluvchining topshiriqni yechishda o’z usulini tushuntirishiga ham etibor berish zarur.

Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə