O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkur shakllari va operatsiyalari



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə8/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

2.2. Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkur shakllari va operatsiyalari
Kishilarning fikrlash faoliyati tafakkur operatsiyalari: analiz va sintez, taqqoslash obstraktsiya va konkretlashtirish yordamida amalga oshib, ma'lum mantiqiy shakllarda: tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlarda o’tadi.
Tafakkur operatsiyalari
Taqqoslash – bu voqelikdagi narsa va hodisalar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik va farqlarni fikran aniqlashdir.
Taqqoslash istalgan faoliyatda qandaydir bilish maqsadiga xizmat qiladi va u hamma vaqt maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunga ko’ra taqqoslash bir qancha xil bo’ladi.
Taqqoslash yoki buyumlarning o’xshashligini yoki ularni tafovutligini, yoki bir vaqtda har ikkalasini aniqlashga qaratilgan bo’lishi mumkin. Demak, agar uy hayvonlarini kishi uchun foydaliligi nuqtai nazardan taqqoslab o’rganilsa, taqqoslash ular o’rtasidagi o’xshash belgilarni aniqlashga yo’naltirilgan bo’ladi. Agar uy hayvonlarining tuzilishi va kelib chiqishi o’rganilsa, o’rganish davomida ular o’rtasidagi ko’pgina tavofutlar aniqlanadi.
Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, unin yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo’lib (ajratib), ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini tahlil qilamiz. F. Engelsning aytishiga ko’ra maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va darsa jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni echadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan.
Sintez – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizdan bo’lingan ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holga keltiramiz.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi. Har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirishi lozim.
Abstrakttsiyalash shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlaridan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali hususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraktsiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgining o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi analiz natijasida vujudga keladi. Ta'lim sistemasidagi bilimlarning aksariyati bilishning ratsional yo’li bilan egallashga qaratilgan bo’lib, abstraktsiyadan keng ko’lamda foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun o’quvchilarni abstraktsiyani amalga oshirish yo’l va usullari bilan tanishtirish kerak.
Abstraktsiyalash jarayoni yordamida qiymat, son, kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, bandlik, geometrik shakl, matematik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma og’irlik, geografik tushunchalar sistemasi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiriladi.
Konkretlashtirish. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg’iz ob'ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida aktib ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol) formada ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab etadi. O’zining genetik kelib chiqishiga qaraganda, kishilar dast avval tevarak-atrofni konkret belgilarga asoslanib, konkret holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib, tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Shu boisdan to hozirgi kunga qadar konkretlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib hisoblanadi.
Psixologiyada nutq fikr yuritish foaliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda nutq tafafkkur protsessida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar formasida ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning spetsifik formalari deb ataladi.


Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə