O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə4/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I-BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA TAFAKKURNING RIVOJLANISHI VA O’SISHI
1.1. Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkurining psixologik rivojlanishi
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatining ongli hatti harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko’lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g’oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ongda tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Inson o’zining tafakkuri, nutqi hamda ongli hatti-harakati tufayli boshqa bilish jarayonlariga nisbatan tafakkur insonning aqliy va jismoniy faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. Inson fikr yuritish faoliyatida o’zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to’g’riligi, aniqligi, haqqoniyligi yoki ularning voqelikka mos tushishini aniqlaydi. Bilish protsessida hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, farazlar, hulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi.
Tafakkur sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to’la aniq va haqqoniy aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Ana shu boisdan inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar, munosabatlar, hodisalar, hususiyatlarni anglab etadi. Binobarin, inson muayyan qonun va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy hodisa va voqealarning vujudga kelishi, rivojlanishi, hamda oqibatini oldindan ko’rib turish imkoniyatiga egadir. Hozirgi zamon kishisining bilish va amaliy faoliyatini oqilona tashkil qilishda tafakkurning roli tobora ortib bormoqda.
Ijtimoiy hayotda, ta'lim jarayonini va ishlab chiqarishda odamlar o’rtasida ob'ektiv tarzda yuzaga keladigan aloqa va sub'ektiv munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon bo’ladi. Individual tafakkur yordamida hamda hamkorligida aqliy va jismoniy mehnat protsessida shaxsning o’zaro muloqotga kirishish jarayonida kollektiv tafakkurida o’sib boradi. Kollektivda tanqidiy qarash, o’z-o’zini tandiq qilish, baholash, o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish “kollektiv o’ylash, gruppaviy mulohaza yuritish”dan iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi.
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari ham tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Amaliy va nazariy ahamiyatga molik gipotezalar, g’oyalar ham tafakkur funktsiyasiga kiradi. O’zining jismoniy va aqliy qobiliyatlari, hatti-harakatlari va ularning motivlari borliqqa, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarni anglash ham fikr yuritish faoliyati orqali vujudga keladi.
Inson tafakkuri nutq bilan, til bilan uzviy aloqada bo’lganligi yasli yoshidagi bolalar fikr yuritishining vujudga kelishi va rivojlanishi ularning lug’at boyligi bilan o’lchanadi. Biroq, ularda ko’rgazmali harakat, ko’rgazmali-obrazli tafakkur turli so’z bilan bevosita ifodalanadigan tafakkurdan oldinroq namoyon bo’ladi.
Bolada paydo bo’lgan elementlar tafakkur, uning predmet va jismlarga, o’yinchoqlarga, buyum va aslaxalarga nisbatan bildirayotgan harakatlarida ko’zga tashlanadi. Bir yoshga etgunga qadar ovozli o’yinchoqlarni ushlab ko’rish va ulardan foydala olish uquvchining paydo bo’lishi fikr bildirish faoliyatida sifat o’zgarishlarining yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Asta-sekin mustaqil ovqatlanishga intilish, qoshiq va kosadan foydalanish uchun harakat qilish, ularda analitik – sintetik faoliyatning vujudga kelayotganligini bildiradi.
Oila a'zolari bola bilan muloqotga kirishganida uni so’z va tushunchalar mohiyatiga etaklashlari tafakkurning rivojlanishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Kattalarning jism va predmetlarni aytib, bolaga ko’rsatishlari va bunga javoban go’dakning o’sha narsalarga talpinishi elementlar tushunishning (anglashning) paydo bo’layotganidan o’zga narsa emas, albatta.
Bola bir yarim – ikki yosh bo’lganida uning nutqi ravon bo’la boshlaydi. Natijada yasli yoshidagi kichkintoylarning tafakkuri premitiv hukmlarda o’z ifodasini topadi. Shunga qaramasdan mazkur yoshdagi bolaning tafakkuri bevosita idrok qilinayotgan konkret hodisalar, narsalar haqida fikr yuritishdan nari o’tmaydi. Yasli yoshidagi bola egotsentrik harakterda bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki, fikr yuritish idrok qilinayotgan predmetlar bilan amalga oshirilayotgan ish harakatlarga bog’liq ravishda amalga oshiriladi.
Idrok bilan tafakkur shunchalik jips aloqada bo’ladiki, hatto bu ikki protsessni fikran ajratib olish imkoniyati yo’q. Bolada asta-sekin fikr yuritish operatsiyalari namoyon bo’la boshlaydi. O’yinchoqlarni taqqoslash, qismlarga ajratish (analiz qilish), kubiklardan piramidalar yasash (sintez), rang, shakl belgilariga qarab guruhlarga ajratish, hatto elementar darajada predmetlarni umumlashtirish darajasi vujudga keladi. Bolaning fikr yuritishi sxematik tarzda mana bunday  tafakkur  ko’rgazmali harakat  idrok ifodalanishi mumkin: o’yin obrazli tafakkur.
Hukm chiqarish savollarga javob berish orqali rivojlanadi. Jumladan, kattalarning bu kim?, qaerda?, “bu nima?” singari savollarida hukmlarda ifodalangan javob berishadi: “ona”, “o’yinchoq”, “ana u”, va hokazo. Agarda bolada lug’atida bo’lmagan tushunchalar bilan ifodalangan savol berilsa, anglay olmaganligini bildirish maqsadida muloqotdagi odamga savol nazari bilan qarashi mumkin. Demak, yasli yoshdagi bolada hukm so’z va tushunchalar orqali ifodalanadi. Bola o’z faoliyatida hukm chiqarishdan asta-sekin xulosa chiqarishga o’ta boshlaydi. Masalan, otasi o’g’liga televizorda namoyish qilinayotgan kinon “bu kattalar uchun, kichkintoylar ko’rishi ma'n qilinadi”, deganidan so’ng bola mana bunday xulosa chiqargan: “Men derazaga chiqsam dadamday katta bo’lib ketaman. Keyin kino ko’rsam bo’ladi. Men katta bo’lamanku!” uning uchun katta tushunchasi mutlaqo boshqacha ma'noga egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar tafakkuri o’zining konkretligi, yaqqolligi bilan bog’cha yoshidagi boalarda yaqin turadi, lekin mazmun jihatdan tafovutlanadi. Ularda tajriba va bilimlarning to’planishi, tarbiyaning bevosita ta'siri, aql-idrokning kuchayini fikr yuritish protsessini takomillashtiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qaysi bir faoliyatni amalga oshirmasinlar, bari bir maqsaddan kelib chqqan holda ish yuritadilar. Ularning fikr yuritishlari murakkab harakati va syujetli o’yinlarda, kuchiga yarasha mehnatini uddalash protsessida rivojlanadi. Nutqining o’sishi, lug’at boyligining ortishi, muloqot ko’lamining kengayishi tafakkurning rivojlanishi uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Mazkur yoshdagi bolaning fikr yuritish ob'ekti kengayib, qiziqish doirasi ortib boradi. Asta-sekin bevosita idrok qilgan narsa va hodisalar mulohaza yuritishdan ilgari idrok qilgan ob'ektlar to’g’risida fikr yuritishga, hatto kelajak yuzasidan xayol obrazlarini yaratishga, ya'ni bevosita yo’l bilan tafakkur qilishga o’tadi. Ushbu yoshdagi bola hukm chiqarishda idrok materiallaridan ham foydalaniladi. Shunga qaramasdan hukm chiqarishning asosini kattlardan “tayyor holda” o’zlashtirgan hukmlar tashkil etadi. Katta yoshdagi odamlar tomonidan bildirilgan fikrlar chin hukm sifatida qat'iy ravishda qabul qilinadi.
Hukmni hech o’zgarishsiz qabul qilishda kattalar obro’-e'tibori hal qiluvchi rol o’ynaydi: (“Buvimlar aytganlar”, “ayamlar shunday deganlar”).
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tafakkur ayrim hukmlarda ifodalanishidan mulohaza va xulosa chiqarishda aks ettirishga o’ta boradi. Lekin ularning tafakkurida fikrning yo’nalishi muayyanlikka va o’zchillikka ega bo’lmasligi oqibatida mulohazalarda takror va tarqoq hukmlar mavjudligi o’zaro mantiqiy bog’lanishning yo’qligi, hatto tasdiq bilan inkor o’rtasida zidlik borligi ko’zga tashlanadi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida tushunchalar konkret bo’lsa ham, lekin bog’cha yoshidagilarga qaraganda mazmundor ko’pgina muhim belgilar aks ettirilgan bo’ladi. Shuning bilan birga tushunchalarning tashqi nomuhim ikkilamchi alomatlari ham ular uchun muhim ahamiyatgag egadir. Ana shu tashqi belgilarga intilishi natijasida tushunchalar o’zlashtiriladi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining atrof-muhitdagi narsalar xususiyatini bilishga qiziqish taajjublanishi, hayajonlanishi tafakkurni aktivlashtiradi. Mantiqiy tafakkurning hukm va mulohaza yuritish formalarini elementar shaklda o’zlashtirib olish, maktab ta'limi uchun puxta zamin tayyorlaydi.
Bola dunyo yuzini ko’rishi bilanoq voqelikdagi ayrim narsa va hodisalarni ko’rishi, sezishi yoki his qilishi mumkin. Inson bolasining ham jismonan, ham psixologik jihatdan rivojlanib borishi, turmush tajribasining boyishi, nutq boyligining ortishi tufayli, kishilar bilan muloqotga kirishi natijasida asta-sekin uning tafakkuri o’sa boradi. Tafakkur bolada uning umumtaraqqiyoti bilan bilish faoliyatining, shuningdek ijtimoiy muhitning bevosita ta'siri ostidagina vujudga keladi. Real borliqning sezgi organlarida, idrok va tasavvurda aks etishi, xotirada mustahkamlanishi, bilishga nisbatan ehtiyojning tug’ilishi tafakkurni vujudga keltiradi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining rivojlanishi yirik psixolog Vigotiskiy A. S. tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o’sishi bilan uzviy bog’liq holda o’rgangan.
Bloniskiy P. P. mazkur yoshdagi o’quvchilarning tafakkuri o’sishiga xotiraning, xotirasining taraqqiyotiga tafakkurning ta'sir etishini genetik metod yordamida ochib berdi. Ayniqsa, tafakkurning “intizomli” sifatini namoyon bo’lishini inson tomonidan tafakkurni boshqarish va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash mumkinligini Bloniskiy P.P. alohida ta'kidlaydi. Lyubinskaya A. A. boshlang’ich sinf o’quvchilarida tafakkurning o’sishi to’g’risida ma'lumotlarida ularda mazkur protsessning rivoji ko’p jihatdan analitik-sintetik faoliyatga bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi.
L. V. Zankov kichik yoshdagi maktab o’quvchilari tafakkurini o’stirish maqsadida o’zining didaktik sistemasini ishlab chiqadi. Bola maktabaga kelgan kundan boshlab unda ilmiy tushunchalarni to’g’ri tarkib toptirish uchun o’qituvchi bola tafakkurining rivojlanish xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini puxta anglab olgan bo’lishi kerak. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari buyumlarni bevosita o’ziga tortuvchi tashqi belgilariga tayanib fikr yuritishni amalga oshiradilar. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari jism va proedmetlarning muhim ichki belgilarini bevosita aniqlash kezida qiyinchiliklarga duch keladilar. Chunki ular muhim, muhim bo’lmagan, umumiy xususiy, yagona singari termin hamda tushunchalarni anglab etmaydilar. Bilish protsessi ko’pincha tashqi belgilarga, konkret alomatlarga qaratilgan bo’ladi. Ana shuning uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida murakkab vaziyat yuzaga kelib turadi. Unday holatdan chiqish uchun ularning aqliy imkoniyatlari, turmush tajribalari etishmaydi.
Shveytsariyalik psixolog Jan Piajening ko’p yillik tajribalarining dalolat berishiga qaraganda, ushbu yoshdagi o’quvchilar narsalarning o’zgarishsiz qoladigan ba'zi belgilarining doimiyligini darrov anglab ololmaydilar.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ta'lim jarayonida qator ilmiy o’zlashtirib olsalarda, lekin o’tgan darsda o’zlashtirgan turli belgilar bilan chalkashtirib yuboradilar. Chunki bu yoshdagi bolalarda tushunchalar tarkibiga kiruvchi narsa va hodisalar bilan ularning belgi va alomatlari o’rtasida hanuzgacha uzviy bog’lanish tarkib topmagan bo’ladi.
O’quvchilar tushunchalarni yuksak darajada o’zlashtirishi uchun birinchidan, keng ko’lamdagi bilmlar doirasiga asoslanib voqelikni umumiy, muhim va xususiy belgilarni ajrata bilishlari, ikkinchidan ana shu belgilar o’rtasidagi ma'lum munosabatlarni bog’lanishlarni aniqlay olishlari, uchinchidan, elementar tarzda bo’lsa ham hukm va xulosa chiqarishlari, to’rtinchidan, ularning operatsional hamda funktsional tomonlarini ajratishalri shart. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar sinfda “vaqt” tushunchasi bilan tanishadi, lekin u kundalik turmush tajribasi doirasidan tashqari chiqmaydi. III sinf o’quvchilarida esa tarixiy mavzuga oid kitoblarni o’qish tufayli “soat”, “hafta”, “oy”, “yil”, “asr” kabi tushunchalar shakllana boradi. Lekin u bolalarda ham katta vaqt o’lchovini kichik vaqt miqdoriga tushirib qo’yish tez-tez uchrab turadi.
Bu davrda aqliy xatti-harakatlarni egallash ketma-ket bosqichlarni bosib o’tadi. O’quvchilar tafakkuri taraqqiyotidagi bu bosqilraning ketma-ketligi hamda fikr yuritish jarayonlarida ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki bolalar ma'lum sharoitda egallagan aqliy harakatni boshqa sharoitda bajara olmaydi. Uchinchi sinfdan boshlab o’quvchilar turli vaziyatlarni faktlar asosida dalillab berishga o’tadilar. Buning sababi shuki, ularning bilimi kundan kunga ortib boradi, natijada ma'lum bilimlar sistemasi hosil bo’ladi. Ular bu davrga kelib o’z hukmining chin yoki yolg’on ekanini anglab etadilar. Ulardagi bevosita muhokama qilish, dalil keltirish holatlari isbotlashning shartli formasiga asoslanib fikr yuritishga o’tadi.
O’quvchilarda nazariy tafakkurni tarkib toptirishda matematika masalalarini echish, grammatik kategoriyalarni o’zlashtirish va murakkaab chizmalar bilan tanishtirish kabi hollar muhim rol o’ynaydi. Shuni alohida ta'kidlab o’tish kerakki, o’quvchilarda nazariy tafakkurning tez suratlar bilan taraqqiy etib borishi mutlaqo mavjud chalkashliklarga barham beradi degan so’z emas. Chunki, uchinchi sinf o’quvchilarida ba'zi tushunchalarni bir-biridan mutlaqo ajrata olmaslik, tushunchalarning o’zaro o’xshashlik va farq qiladigan ko’ra bilmaslik holatlari ham uchrab turadi. Bolalar ikkinchi sinfga o’tganlaridan keyin narsa va hodisalarni mexanik harakatlarsiz, nutq orqali analiz qilishga o’rganadilar. Bunday darajaga o’sib o’tishga asosiy sabab bola nutqining rivojlanishi hamda bilim fondining asta-sekin ortib borishidir. Ammo konkret predmetga bevosita idrokka suyanib ish tutishi o’z mavqeini sira yo’qotmaydi.
O’quvchilarda uchinchi sinfdan boshlab amaliy analiz qilish o’rnini aqliy analiy qilish egallay boshlaydi va asta sekin sistema tusiga kirib boradi. Dastavval aqliy analiz elementlari amaliy analiz bilan aralashgan holda uchraydi.O’quv materiallarini puxta o’zlashtirib olishda va to’g’ri xulosa chiqarishda umumlashtirishning roli benihoya kattadir. O’qishning dastlabki bosqichlarida o’quvchilar narsa va hodisalarni faqat tashqi belgisiga qarab umumlashtiradilar.
Psixolog A. V. Skripchenko I, II sinflarda umumlashtirish faoliyatini umumlashtirishga oid qator tajribalarni o’tkazgan.

Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə