O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə14/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

Navbatdagi misol:
9 7 10 8 11 9 12 ...
Bu qatorda navbat bilan 2 ayrilib, 3 qo’shiliyapti, keyingi son 10, uni yozish kerak.
TOPShIRIQLAR TO’PLAMI.
1) 6 9 12 15 18 21 ...
2) 9 1 7 1 5 1 ...
3) 2 3 5 6 8 9 ...
4) 10 12 9 11 8 10 ...
5) 1 3 6 8 16 18 ...
6) 3 4 6 9 13 18 ...
7) 15 13 16 12 17 11 ...
8) 1 2 4 8 16 32 ...
9) 1 2 5 10 17 26 ...
10) 1 4 9 16 25 36 ...
11) 1 2 6 16 31 56 ...
12) 31 24 18 13 9 6 ...
13) 147 171 57 54 18 15 ...
14) 54 19 18 14 6 9 ...
15) 301 294 49 44 11 8 ...
Bu testning oltita topshirig’ini bajarish uchun 40-45 daqiqa vaqt kerak bo’ladi.
  1. topshiriq 7-8 daqiqa.


  2. topshiriq 5-6 daqiqa.


  3. topshiriq 11-12 daqiqa.


  4. topshiriq 5 daqiqa.


  5. topshiriq 5-6 daqiqa.


  6. topshiriq 7-8 daqiqa.


Har bir o’quvchi qo’liga alohida savolnoma va to’g’ri javoblarning harfini belgilash uchun karta beriladi. Biz quyidagi har bir berilgan savolga to’g’ri javoblar kartasini keltiramiz.


XULOSA
O`quvchi yoshlarda tafakkut turlarini o’stirishga va shakllantirishga qo`yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik xarakterga ega bo`lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog`liqdir.

Tafakkur turlarini o’stirish tarbiyaning negizini tashkil etadi. Uning mezoni ahloqiy bilim, ahloq normalari, ahloqiy tafakkur hisoblanadi. O`quvchining tafakkuri mehnatsevarlik, vatanparvarlik va boshqa yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni namayon etadi. Shuning uchun tafakkurni o’stirishning muhim vazifalaridan biri shaxs xususiyatlarini yuqori pog`onaga ko`tarishidir. Shu boisdan tafakkurni o’stirish yetukligiga erishish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo`lib, u insoniyat qo`lga kiritgan barcha ahloqiy-ma'naviy yutuqlarni o`zlashtirish va shu bilan bir qatorda, muayyan sharoit taqozo etgan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.


Tafakkurni o’stirish mazmunidagi ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish matab pedagogik jamoasining umumiy ishining tarkibiy qismi bo`lib, ularning o`tkazilishida maktab rahbariyati, tajribali mutaxassis o`qituvchilar, mahalla kengashlari, ota-onalar qo`mitasi, o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish organlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, xodimlari ham ishtirok etadilar. Ta'lim muassasalarida tafakkur turlarini o’ztirish va tarbiyasini yo`lga qo`yishning quyidagi turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuvlar, ertaliklar, haftaliklar, oyliklar, ko`riklar, konferintsiya, bahs-munozara va boshqalar.
Tafakkur turlarini o’stirishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda o`z o`rni va ahamiyatiga ega. Tafakkurni o’stirish va tarbiyalash qamrovi keng, shu bois, ularni qanday shakl va uslubda o`tkazilishi mutaxassis-o`qituvchining tajribasi, mahorati hamda o`quv muassasi rahbariyati, jamoasining, fan o`qituvchilarining tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashi, ularga tashkiliy jihatdan yordam ko`rsatish, shu bilan birga o`quvchilarning istak-hohishlari, qiziqishlari, ehtiyojlari va ijtimoiy faolliklarga bog`liq. Tafakkurni o’stirishga oid tadbirlarni o`tkazish ushbu tarbiyani tashkil etishdagi ko`zlangan asosiy maqsadga xizmat qilmog`i kerak.
Hozirgi vaqtda tafakkurning hamma turlariga ma'lum dastur bo’yicha to’la va keng miqyosda xarakteristika berish uchun etarli ma'lumotlar yaratilmagan.
O’qituvchi qo’zg’aluvchan tipdagi bolada uning o’zini tuta bilmasligiga yo’l qo’ymay, o’zini tuta bilish malakasi tarbiyalay olish lozimligini hisobga olishi kerak. Muntazam ravishda tegishli faoliyatni tashkil etib, muayyan sharoitga qo’yib qo’zg’aluvchan bolani o’zini mustaqil fikrlay olishga o’rgatishi kerak.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Milliy tuyg`u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o`z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi o`zida ifodalanadi. O`z xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o`z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas».
Demak, o`z Vatanining jonkuyari bo`lgan haqiqiy insonni kamolga yetkazish uchun biz uzoq asrlik milliy an'analarni o`rganishimiz va milliy hamda umuminsoniy g`oyalarni, qadriyatlarni bugungi avlod ongiga singdirishimiz darkor. Chunki xalq tafakkuri, dunyoqarashi, pedagogikasi, urf-odatlari, rasm-rusumlari, uning boy ma'anaviy merosi-og`zaki ijodida, xususan, ertaklarda epik qahramonning dunyoga kelishi, o`sib ulg`ayishi, turli-tuman sarguzashtlarini bayon qilish jarayonida odob-axloq muammolariga keng o`rin beriladi, inson tarbiyasi, milliy qadriyatlar hamisha diqqat e'tiborda turadi.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida inson tafakkurining ontogenezda o’sishi va rivojlanishi nazariy –ilmiy asoslari o’rganilgan. Shu bilan birgalikda boshlang’ich sinf o’quvchilarning tafakkuri, uning turlari va o’ziga xos xususiyatlarining pedagogik –psixologik asoslari o’rganib chiqilgan.
BMI ning ikkinchi bobida o’quvchilar tafakkurining o’sishi va uning shaxs kamolotiga ta’siri to’g’risida fikr yuritilgan. Bunda o’quvchilarning tafakkuri ularning shakllari faoliyat orqali o’quvchilarda bunyodkorlik g’oyalarini shakllantirish hamda o’quvchilar o’quv faoliyatida tafakkur turlarini aniqlashning usullari uslubiy jihatdan keng yoritildi.
Umuman olganda BMI qo’yilgan maqsadga erishish uchun barcha uslubiy, pedagogik –psixologik, tahlillar umumlashtirilib, vazifani hal qilish yo’llari va samarali uslublar tavsiya qilindi.

Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə