O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

Tushunchalar
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Odatda, tushunchalar mohiyati jihatdan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan: stol, divan, qayrag’och, tarktor, holva va hokazo.
Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek, narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstakt tushuncha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymat haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko’lami jihatidan uch turga bo’linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalar. Yakka tushunchalar, yakka narsa va hodisa haqidagi tushunchalardir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, sarkarda general Sobir Rahimov, Toshkent, Amudaryo, Himolay, Tinch okeani to’g’risidagi tushunchalarni misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: kitob, maktab, yulduz, student, o’spirin, hosil, tog’, er va boshqalar.
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tadbiq qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat kutubxonasi tushunchasi yakka to’planma tushunchaga oiddir. Gruppa, sinf, kollektiv, polk, xalq, olomon va boshqalar umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Etti og’a-ini yulduzlar to’plami, Toshkent pochtamti xizmatchilari kollektivi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi. Mavjdu hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi. Topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, terminlar bunyod qilinaveradi. Iste'molchilari esa yangi sifat va yangi mazmun kasb etadi. Determinizm printsipiga binoan, so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib hizmat qilaveradi. Shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar vujudga kelaveradi yoki yangicha talqin qilinishga ko’chadi. So’z bilan bog’lanishi va munosabati filogenezda ham, ontogenezda ham operatsional va funktsional xususiyatlarini yo’qotadi.



Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə