O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

MUHIM BELGINI AJRATISh.
Bu metodika tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi. Ajratiladigan belgilarning harakteriga ko’ra, tafakkur uslubi, ya’ni tafakkur va mavhum tafakkurning ustunligi haqida bilish mumkin. Bu metodikani 3-4 sinf o’quvchilarini tekshirishda qo’llash mumkin.
Tajribani o’tkazish uchun maxsus qog’oz varag’iga yozilgan so’zlar kerak bo’ladi. Ko’rsatma: “Har bir qatordagi asosiy so’z 5 ta, unga tegishli qavs ichida beriladi. Bu so’zlardan qavs oldida turgan so’zga ko’proq aloqador bo’lgan ikki so’zning tagiga chizish kerak”.
  1. Bog’ (daraxt, bog’bon, kuchuk, qo’rg’on, yer).


  2. Daryo (sohil, baliq, baliqchi, suv, suv o’tlari).


  3. Shahar (avtomobil, bino, velosiped, ko’cha, olomon).


  4. Omborxona (pichanxona, ot, tom, mol, devorlar).


  5. Kitob (rasmlar, urush, qog’oz, sevgi, matn).


  6. O’yin (karta, o’yinchilar, jarimalar, jazo, qoida).


  7. Musiqa (ovoz, san’at, jarang, olqishlar, kuy).


  8. O’qish (ko’z, asar, kitob, rasm, so’z).


  9. Kubik (burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt).


  10. Kasalxona (xona, bog’, vrach, radio, bemorlar).


  11. Bo’lish (sinf, bo’linuvchi, qalam, bo’luvchi, qog’oz).


  12. Sport (medal, orkestr, musobaqa, g’alaba, stadion).


Topshiriqni bajarishda sinaluvchining ko’rsatmani tushunganligi , yo’l qo’ygan xatolariga e’tibor qilinadi. Agar sinaluvchi topshiriqning bajarish shartlarini tushunmagan bo’lsa, tatqiqotchi dastlabki ikki misolda topshiriqni qanday bajarish zarurligini ko’rsatib beradi. Barcha hollarda sinaluvchining topshiriqni qanday bajarganligini muhokama qilish zarur. Ba’zi muhokama jarayonida sinaluvchi qo’shimcha fmkrlar bildiradi, xatolarni to’ldiradi. Sinaluvchining xatolari aniq vaziyatli tafakkur xususiyatlarini aks ettirishi bilan birga, shoshmashosharlik natijasi bo’lishi mumkin.



Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə