O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkurining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

1.2. Kichik maktab yoshdagi o’quvchisi tafakkurining o’ziga xos xususiyatlari
Bolalik yoshidagi tafakkurning rivojlanishi bir qancha ketma ket bosqichlardan o’tadi. Bu bosqichlar bir biri bilan mahkam bog’langan bo’ladi va shuning uchun ularni qat'iy chegaralab qo’yish mumkin emas. Ilk bolalikda yaqqol harakatli tafakkur ustun turadi, bu vaqtda bola gapirishni hali bilmasa ham, olamni asosan idrok qilish va harakat asosida bilib oladi. Rivojlanishning keyingi bosqichida yaqqol obrazli va nutqiy tafakkur hukmronlik qila boshlaydi. Bu vaqtda predmetlar yoki ularning obrazlari so’z bilan bog’lanadi. Fikrlash faoliyatini ana shu turli maktabgacha bo’lgan yosh uchun xarakterlidir: bu vaqtda bola obrazlar bilan fikrlaydi. U o’zlashtirib olgan so’z esa uning umumlashmalar kilishi uchun yordam beradi. Boolada muhokama qilish qobiliyati paydo bo’ladi. Maktab ta'limining boshlanishi bilan bolalarda tushunchani tafakkur maktabga qadar bo’lgandan tezroq rivojlana boshlaydi, bu tafakkur jarayonida bola tushunchalar yordamida ish ko’radi. Avvalo tushunchali tafakkur konkret predmetlar va hodisalar bilan mustahkam bog’langan bo’ladi. Lekin asta-sekin kichik yoshdagi o’quvchilarda konkret obstraktlashish, umumlashmalar qilish va ma'lum darajada mavxum xulosalar chiqarish ko’nikmasi vujudga keladi. Fikrlash jarayonlarining ana shu rivojlanishida o’qish juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu bolalar tasavvur darajasini va bilimlarini kengaytiradi. Yangi tushunchalarni o’zlashtirish ro’y beradi. Ular bir sistemaga keltiriladi. Ko’pincha aqliy xulosalar, shu jumladan shartli gipotetik xulosalar qo’llaniladi.
6- 7 yoshli bolaning tafakkur qilish jarayonida faoliyat bilan bog’langan konkret vazifalar xal qilishga qaratilgan yo’l ustunlik qiladi. Mana shu yoshdagi bolalarda umumlashtirish ko’pincha predmetlardan amaliy ravishda foydalanish taalluqli bo’lgan tashqi belgilarni o’z ichiga oladi. Bu hol bolaning narsalarga bo’lgan tarifida ko’rinib turadi. Masalan u “uy odamlar yashaydigan joy” deydi va hokazo. O’qishning boshlarida bolaga ko’pincha hodisalarning sababli bog’lanishlari sababi tushunarli bo’ladi. Biroq, bu tushunish ba'zan uning ko’p bo’lmagan shaxsiy tajribasi doirasidan chetga chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlashi shu bilan farq qiladiki, ko’pincha ular predmetlar va hodisalar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarni aniqlash uchungina emas, balki tevarak atrofdagi voqelikda mavjud bo’lgan ob'ektlarni o’ziga qiziqishlari tufayli bilim oladilar. Sistemali maktab ta'limining boshlanishi bilan bilim egallash bola faoliyatining alohida bir turiga aylanadi. Uning oldida maxsus vazifa ilmiy tasvvurlar va tushunchalarni egallash, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini o’rganish turadi. Bu hol bolalar tafakkurining tez rivojlanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi o’quvchilarda fikrlar jarayoni odatda harakatlar bilan mahkam bog’langan bo’ladi. Bolalarga bevosita taassurotlar hali ko’proq egallaydigan, ular ba'zan obstrakt narsani tushunish uchun konkret narsadan zarur tarzda chetlanishni qiyinlashtirib qo’yishi mumkin. YOzuvchi V. G. Korolenkoning so’zlariga qaraganda bolalar ayniqsa bevosita taasurotlar bilan ishlaydilar. Ular o’rtasida keng ma'noda biror aloqa o’rnatish uchun ishlaydilar. YOzuvchi o’z bolaligini eslab bunday deydi: “kattalar hech narsani tushunmaysan, deb gapirganlarida bu erda nimani tushunish kerak deb taajjublanardim. Men avtor tasvirlagan hamma narsani oddiygina ko’rdim xolos”.
Atrofdagi voqelikda ro’y beradigan hodisalarning sabablarini tushunish kichik yoshdagi o’quvchilarda yil sayin ortib boradi. Agar birinchi sinf o’quvchisi nima uchun pashsha shiftda yursa ham yiqilib tushmaydi savolini tushuntirib bera olmasa, uchinchi sinf o’quvchisi buni quyidagicha tushuntiradi: “chunki pashsha engil, uning panjalari shiftga mahkam yopishib olgan”.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchisi etarli darajada ko’p tushunchalarga ega bo’ladilar. Lekin ular ko’pincha ilmiy tushunchalar emas, balki, hayotiy tushunchalarga ega bo’ladilar. Kichik yoshdagi maktab o’quvchisi mavhum, abstrakt tushunchalarni anglab olishda qiynaladi. Sinfda o’quvchilar ko’pincha majozlarni so’z yoki iboraning ko’chma ma'nosini tushunmaydilar. Shuning uchun matal va maqollarni hamisha ham tushuna olmaydilar. Ikkinchi sinf o’quvchisi bo’lgan bir qizbola Krilovning “Ninachi va chumoli” degan masalini o’qir ekan, “bechora” ninachini qornini to’ydirish uchun va unga issiq joy berishni istamagan chumolining xasisligidan g’azabga keladi. Birinchi sinf o’quvchisi “biri bog’dan kelsa, biri tog’da keladi”, degan matalni eshitib, “tog’ uzoqdaku, nega u erdan keladi”, deydi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari o’z nutqlarida tur va xil tushunchalarini ishlatadilar. Holbuki, ana shu tushunchalarning tarifi ularga tanish bo’ladi. Bolalar suratdagi hayvonlarning nomini to’g’ri aytsalar ham, ularni biror bilan tushunchasiga kirita olmaydilar.
Shunday qilib bolalarda umumlashtirish, predmet va hodisalarning muhim belgilarini ajratib ko’rsatish qobiliyati yil sayin rivojlanib boradilar.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining mulohazalari va chiqargan hulosalari tobora mantiqiy bo’lib boradi. Bolalar maktabga qadar ko’pincha butunlay noto’g’ri bo’lgan biror narsani astoydil tasdiqlashlari mumkin. Ta'lim jarayonida ular bu moyillikdan asta-sekin halos bo’ladilar. Ularning nutqida maktabgacha bo’lgan bolalarga xos bo’lgan shartli va taxminiy xulosalar hosil bo’ladi.
Maktabdagi ta'limda va hayotdagi tajribasining oshishiga qarab bolalarda ham tushunchalar rivojlanadi. Ancha to’g’riroq bo’lib qoladi. Bunga hozirgi davrdagi ilmiy tadqiqot katta ta'sir ko’rsatadi. Agar revomottsiyadan oldin oy qanday shaklga ega, degan savolga 8-10 yoshli bolalar: “u o’roqqa o’xshaydi, keyin laganga o’xshab qoladi”, deb javob bergan bo’lsalar, ularning tengdoshlari bo’lgan hozirgi zamon bolalari oy huddi er singari shar shakliga ega deydilar. Bundan keyingi suhbatdan ma'lum bo’ladiki, bolalar kosmos haqidagi tadqiqotlardan, yo’ldoshlardan, oyga uchishlardan xabardorlar.
O’qituvchi boalarni yangi bilimlardan xabardor qilish, ularning bilim doiralarini kengaytirish, nutqlarni takomillashtirib borish orqali ularda tafakkurni ham o’stiradi. Lekin bu hali ham quyi sifnlardagi bolalarni o’quv materiallarini tushunib olishlarini o’zlashtirib kelishni o’rgatmasdan, balki ularni qiziqtirgan savollarga javob topishni ham o’rgatish kerak. Bolalar bu ishni o’qituvchining rahbarligida, so’ng esa mustaqil ham bajaradilar. Ta'limning dastlabgi kunlarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, tushuntirishga shoshilmaslik, balki o’quvchiga o’zi fikrlashni taklif etish juda muhim. Biroq, o’quvchining o’zi tushuna olmagan bitta ham tushunmay qolgan masalani qoldirib bo’lmaydi. Qiyinchilarning ortib borishidagi tadrijiylikka rioya qilish nihoyatda muhimdir.
Tafakkurni taraqqiy ettirish uchun ta'limning dastlabki yillaridanoq amalga oshirilishi lozim bo’lgan ijodiy ishlar: berilgan mavzuda yoki erkin mavzuda insho yozish, masallar tuzish va ularni ratsional usullarda echish kabilar muhimdir.
Hozirgi paytda bolalar maktabdan tashqarida, radio, televidenie, kino, oliladagi subhat va kitoblar orqali nihoyatda ko’p yangiliklardanxabardor bo’ladilar. Shuning uchun uqituvchilar hatto kichik yoshdagi o’quvchilar bilan ham darslikdagi materailni o’zi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Ba'zan bolalar bilan barq urib rivojlanayotgan fan va texnikaning turmushimizga kirayotgan yangiliklari haqida suhbatlar o’tkazib turish kerakki, ular bu haqda o’zlari to’la tushunia oladigan to’0ri tassurga ega bo’ladilar. Shuni unutmaslik lozimki, bilimlarni kengaytirish odamni aqliy kamolotiga yo’l ochib beradi. Tafakkurni fikrlash faoliyat jarayonidagi taraqqiy etishini hamda bolalarni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatish lozimligini ham unutmaslik kerak. Ularni o’zlari bajargan ishga mustaqil baho berishga va uni nazorat qilishga o’rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxirlariga kelganda nutqning tovush tomoni taraqqiy etib, bola hamma fonemalarni amalda egallab oladi va uning so’z boyligi ko’payib qolgan bo’ladi.
Birinchi sinf o’quvchisi o’qishni o’rgannayotganida tovushlarni qo’shib bo’g’in hosil qilishda juda qiynaladi. Bolani maktabga kirayotgan paytidagi nutqini ma'no tomonidan etarlicha taraqqiy etgan deb bo’lmaydi. So’zlarning mazmuni ko’pincha noaniq tushuniladi: ba'zan ma'no torayib qoladi, ba'zan qoidaga xilof tarzda kengayib ketadi. Uchinchi sinf o’quvchisi xodachaga nisbatan qo’llanilgan “richag” so’zini birinchi marta eshitgan. Yangi so’z bola uchun kuch bilan ishlatiladigan tabiiy narsaning emas, balki yo’g’on va uzun tayoqning belgisi bo’lib qoladi. Bu erda yaqqol tasavvurlar so’zning ma'nosini umumiy tarzda tushunishga halaqit beradi. Pallali va prujinali tarozini bir necha marta ko’rgan boshqa bola qismlarga ajratilgan metall sterjenli tarozini dastlab tarozi deb e'tirof etishdan bosh tortadi, biroq bola keyinroq borib u asbobning tuzilishini tushunadi va unda “tarozi” degan so’zning ma'nosi ancha keng hamda umulashgan ma'no kasb etadi.
Kattalar bilan nutq vositasida aloqada bo’lish va ayniqsa maktabda o’qish bolalarning so’z boyligini miqdor jihatdangina ko’paytirib qolmaydi, balki uni mazmunini boyitadi va bu so’zlarning ma'nosiga ham noziklik kiritadi.
Nutqdagi asosiy fikrlarni tushuna olmaslik, kerakli so’zlarni topib jumla tuza olmaslik ko’pincha shunga olib oradiki, o’quvchi hamisha ham o’qib chiqilgan narsaning mazmunini o’z so’zlari bilan bayon qilib bera olmaydi. Uni so’zma-so’z qayta aytib berishni afzal ko’radi. Garchi bu bvaqtda bolaning so’z boyligi ancha ortgan bo’lsa-da, u ko’pchilik hollarda passiv bo’ladi. Ya'ni ko’p so’zlarni bilgani va tushungani holda hamma vaqt ularni qo’llay va kerakli paytda topa olmaydi.
Odamlarni nutq vositasida aloqada bo’lishlashi, odamni gapirishdagina emas, balki uni boshqa kishini eshitishidan ham namoyon bo’ladi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchisi o’qituvchi nutqini idrok qilishini ham o’z xususiyatlari bor. Masalan, birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchi butun sinfga qarata gapiaryotganida bu gap uning o’ziga ham tegishli ekanligini hamisha ham tushunavermaydi. Pedagog ba'zan aytilayotgan gap uning o’ziga ham taalluqli ekanligini tshuntirish uchun bolaga shaxsan murojaat qilishiga to’g’ri keladi.
Kiqik yoshdagi maktab o’quvchilarini nutqini idrok qilishni yana bir xususiyatini qayd qilish lozim. Kichik yoshdagi bolalar o’qituvchining nima qilish va uni qanday bajarish kerakligi haqidagi tushuntirishni oxirigacha eshitmasdan, darxol ishga kirishib ketishga harakat qiladilar. Ishga kirishmoqchi bo’lgan ko’pgina o’quvchilar o’qituvchining so’zlarini eshitmay va tushunmay qoladilar. Bolalar ishlarida o’qiyotgan paytlarida tekstni darhol idrok qila olmaydilar. Bu erda og’zaki nutqdan farqli o’laroq intonatsiya, tushuntirish, imo-ishoralari bo’lmaydi. Bu esa tushunishni qiyinlashtiradi. Bolalar o’z fikrlarini yozma ravishda bayon qilish protsessida xuddi shunday qiyinchiliklarga duch keladilar. Maktabga keluvchi bolalarning nutqida yosh xususiyatlar bilan bog’liq ba'zi nuqsonlarning emas, balki tevarak-atrofdagi kishilardan, ba'zan ularning savodsizligidan ataylab so’zlarni buzib noto’g’ritalaffuz etishlarini qabul qilib olishdek salbiy sifatlar ham bo’ladi. Bolalar taqlid tariqasida “boring” deyish o’rniga “boying, “bozorga” deyish o’rniga “bojoyga” deb talaffuz etishga juda moyil bo’ladilar. O’qituvchi boshlang’ich sinflardayoq o’quvchilarda so’z va jumlalarni to’g’ri va aniq qo’llashga muhabbat, nutqni har qanday buzilishlariga nisbatan esa nafrat uyg’otishi kerak.
O’quvchilar avvalo ona tilidagi barcha tovushlarni bir-biridan farq qilishga va to’g’ri talaffuz etishga o’rgatishi lozim. Agar bolaning nutqida nuqsonlar bo’lsa, maktabda o’qitishning dastlabgi yillaridayoq ularni tuzatish bilan shug’ullanish, shunda ham bu ishni zarur pedagoglar amalga oshirishi kerak. Bunday bolalarni ularni to’g’ri gapirishlariga ishontirish kerak. Maktabda o’qish davomida bola oldiga fonematik jihatdan ham, leksik jihatdan ham zarur talablar qo’yilsa, bolaning nutqi tez rivojlanadi. Maktabda nutqning o’rganish predmetiga aylanib qolishi nihoyatda muhimdir. Bolalar nutqni jumlalardan, jumlalarni so’zlardan, so’zlarni esa bo’g’inlar va tovushlardan tashkil tpoishini bilib oladilar. Maktab o’quvchilari so’z va bo’g’indan har bir so’zning ajratilgan tovushlardan tashkil topishi, tovushlardan esa so’z tuzishni o’rganadilar.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qishni o’rgatish jarayoni uch bosqichni: o’quvchi tovushlar va ularni ifodalovchi harflar bilan tanishadilar – bu analitik bosqichni, o’qib turib tovshularni bo’g’inlarga, bo’g’inlarni .sa so’zlarni bir-biriga qo’shadigan sintetik bosqichni, bola tovushlarga to’g’ri keluvchi tovushlarni tez topadigan, so’zlarni tez o’qib, ularni qiynalmasdan birlashtiradigan analitik – sintetik bosqichni o’z ichiga oladi.
Agar o’qish paytida bola harflardan tovushlarga tomon borsa, yozuvda aksincha, tovushlardan harflarga tomon boradi. YOzish malakasini hosil qilishda 4 bosqichni bir-biridan farq qiladilar:
  1. Bola yozuv ashyolaridan (qalam, ruchka) foydalanishni o’rganish bosqichi.


  2. Maktab o’quvchisi harflarning elementlarini yozishni o’rganadigan bosqich.


  3. Maktab o’quvchisi harflar yozadigan harf bosqichi.


  4. Harflarni bir-biriga bog’lab so’z yozish.


Bu jarayon daslab juda sekin boradi, so’ngra asta-sekin tezlashadiki, bu narsa ko’pincha o’quv sifatining vaqtinchalik pasayishiga sabab bo’ladi. Agar o’qituvchi o’quvchining ishiga diqqat e'tibor bilan qarasa, bu kamchilikka yo’l qo’ymaslik yoki maxsus mashqlar yordamida uning oldini olish mumkin. O’qituvchi bolani og’zaki nutqini oshirish uchun u bergan javoblarning tekstini deyarli so’zma-so’z aytib berish bilan cheklanib qolishga yo’l qo’ymaslik lozim. Bolaga qo’shimcha savollar berish kerak, bu savolag beriladigan javob undan kitobda berilgan materialni bir muncha qayta qurishni, uni o’zo’ so’zlari bilan bayon qilishni talab etsin. Ba'zan o’quvchidan to’g’ridan-to’g’ri: “Bu haqda yana boshqacharoq qilib yana qanday aytish mumkin?”, deya so’rash mumkin. Nutqni erkin temadagi yozma ishlar, shuningdek o’quvchilar o’rtasida bo’ladigan dialoglar juda foydalidir. Bunday suhbatlarda bolalar mustaqil fikrlashni o’rganadilar. Aniq fikr bo’lgan joyda aniq tushunarli nutq ham bo’ladi. O’qituvchi bolani szini bo’lmay oxirigacha tinglab, so’ngra hikoyadagi kamchiliklarini ko’rsatishi nutqning rivojlanishiga katta yordam ko’rsatadi.


O’qish nutqni o’stirishda, so’z boyligini orttirishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan bolalarni maktabda o’qitishni dastlabki kunlaridan boshlab ularga kitobga bo’lgan qiziqish va muhabbat uyg’otish, ularni maktabdagina emas, balki uyda ham mustaqil o’qishga o’rgatish zarur. O’qigan materialni og’zaki va yozma tarzda qayta bayon qilish o’quvchilarda bog’lanishli nutqni o’stirish imkonini beradi. Boshlang’ich sinflard izohli o’qitishni o’tkazish juda foydalidir. Bunda bolalar so’zlarning ma'nosini aniqlaydilar. Sinonim va antonimlarni tanlab oladilar. Tekstdagi asosiy fikrlarni ajratib ko’rsatadilar, hikoya qilish planini tuzadilar. Nutqni o’stiruvchi maxsus maqshlar alohida ahamiyatga ega.
O’qituvchi nuqsonsiz, to’g’ri, aniq, tushunarli, mazmunli va ma'lum darajadagi ta'sirchan nutqi o’quvchilar uchun na'muna bo’lishi kerak.
Ko’rsatma qurollar, ta'limning har xil texnikaviy vositalari kichik yoshdagi o’quvchilar nutqini o’stirishga katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlar, teatrga borish, badiiy havaskorlik, badiiy so’z to’garaklarida ishtirok etish ham xuddi ana shu maqsadlarda xizmat qiladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish ularni tevarak-atrofdagi dunyo haqidagi aktiv bilim olishlari, maktab o’quvchisining madaniyati umumiy tarzda o’sishi bilan uning bilishga qiziqishi, sinchkovligi va kuzatuvchanligi ortishi bilan uzviy ravishda bog’langan.
O'quvchilar ta'lim protsesida tabiat va ijtimoiy hayotdagi bir qanch yangi tushunchalar bilan,chunonchi, haybonot dunyosi,o'simliklar olami va jonsiz tabiatdagi xilma xil narsalar bilan, ularning turlari bilan tanishasilar.Shuningdek, ona tili va arifmetikadan muayyan darajada tushunchalar oladilar.
Ilmiy tushunchalarni o'qib o'zlashtirish protsesida boladagi analiz-sintez,umumlashtirish, abstraksiyalash kabi murakkab fikr yuritiash operatsiyalari o'sib, takomillashib boradi.
Kichik yshdagi o'quvchilar tafakkuri boshlang'ich ta'limning dastlabki davrlarida, asosan, konkret, obrazli harakterga ega bo'lib, ular o'zlari bevosita ko'rayotga va eshitayogan,umuman, bevosita idrok qilayotgan narsalari haqida amaliy fikr yuritadilar.Shu sababli bu yoshdagi bolalaro'zlari xali ko'rmagan, idrok qilmagan ko'p xodisa va voqealarning qanday sodir bo'lishini, ularning o'zaro bog'lanishini fikran analiz-sintez qilib, ulardan to'g'ri xulosa chiqara olmaydilar.Shuningdek bu yoshdagi o'quvchilar o'zlarining qilayotga xatti -harakatlari va ishlari qanday oqibatlarga olib borishini va undan nimalar kelib chiqishini ham aniq tasavvur qila olmaydilar.
Kichik yoshdagi bolalar, ayniqsa ijtimoiy hayot hodisalarini mustaqil suratda kuzatib, ularning kerakli tomonlarini analiz va sintez qilish yo'li bilan o'zlarich ajratib olishni bilmaydilar.O'qituvchi bunga bolalarni o'rgatish uchun ular oldiga konkret savollar qo'yib borishi va bu savollarga javob topish uchun tegishli narsa va hodisalarni kuzatishga, ularning muhum tomonlarini ko'ra olishga, ular haqida tegishli xulosalar chiqarishga o'gatib borish lozim.
Bolamnimg fikrini biror narsaga yo'naltirish va uni o'sh narsa haqida o'ylashga erishish uchun uning fikrini konkret bir narsaga yo'naltirish, uning oldiga hal qilinish lozim bo'ga aniq bir masalani qo'yish va unga javob topish uchun ehtiyoj paydo qilish kerak.Bunda o'quvchilar fikrini muayyan tomonga yo'naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishning ahamyati kattadir.Bola oldiga qo'yiladigan aniq savol va vazifalar uning miyasidagi bog'lanishlarni aktivlashtiradi va ularning yo'nalishiga tasir qiladi.Bola fikrini aktivlashtirishda hayratta qolish, taajublanish, shubha singari hislarning ahamyati ham kattadir.Bolada tug'uladigan ajablanish tafakkur protseslarini aktivlashtiradi.
Bola fikrlash protsesida paydo bo'ladigan o'zidagi fikr "hukum'' va tushunchalarni nutq vositasida ifoda qiladi.O'quvchi tomonidan o'rganib va o'zlashtirib olingan har bir yanig so'z undagi muayyan tushunchani muayan mazmunni ifodalaydi.Shuning uchun ham bola nutqining o'sishi, ayniqsa yangi so'zlarni egallashi va ma'nosini bilib olishi uning tafakkurining o'sishida tushunchalarning taraqqiy etishida hal qiluvchi ro'l o'ynaydi.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning boshlang'inch ta'lim davrida I sinifdan boshlab ona tili, arifmetika, tabiat va ijtimoiy hayotga doir o'zlashtirib olishi lozim bo'gan tushunchalar doirasi o'quv programmalarida belgilab berilgan bo'lib, ular bu tushhunchalarni o'qituvchining tushuntirib berish vositasida o'zlashtirib oladilar.Kichik yoshdagi o'quvchilarning tushuncha hosil qilishlarida o'ziga xos xususiyatlari bor.O'qituvchilar boshlang'ich ta'lim protsesida o'quvchilarning o'quv programmalarida ko'rsatilgan har bir fandan muayyan tushunchalarga ega bo'lishlariga erishish uchun bola tafakkuriga xos bo'lan xususiyatlarni yaxshi bilishlari va ta'lim ishlarini bola xususiyatlariga moslab olib borishlari kerak.Bola maktabdan tegishlich bilimga ega bo'lish, keraklicha ko'nikma vamalakalar hosil qilish natijasida ilmiy tishunchalar orttira boshlaydi.Bolada muayyan darajada ilmiy tushunchalar hosil qilishda oldin ular ga tegishlich bilim berish va undan mantiqiy fikr yurutish qobiliyatini taraqqiy ettirish lozim.Malumki, bola biror narsaga tayanmasdan fikr yurita olmaydi.U biror narsa haqida fikr yuritayotganda uni hayolan ikkinchi bir narsa bilan solishtirib, taqqoslab ko'radi.Ular o'rtsida bo'lgan o'xshashlik yoki tfovutni aniqlab oladi. Masalan, bola ona tilidan izohli o'qishdan yirtqich hayvonlar to'g'risida aniq tushunch hosilqilish uchun o'rgatilayotga yirtiqch hayvonni shu hayvonga yaqin turgan ba'zi uy hayvonlari bilan taqqoslab ular o'rtasidagi tashqi o'xshashlik yoko tafovutni aniqlab oladi,
Kichik yoshdagi o'quvchilar o'zlari bevosita idrok qiladigan va tasavvur etadigan konkret buyumlar va ularning ayrim qismlarini bir-biri bilan taqqoslay oladilar.Taqqoslaydigan buyumlarni ular qo'lga ushlab ko'rib uning shaklini, rangini, katta-kichikligini sinchiklab qarash orqali ''amaliy ravishda solishtirib" ular o'rtasidagi bo'lgan farqini yoki o'xshshligini topa oladilar.Bu yoshdagi bolalar hali abstrak fikrlay olmaganlari tufayli quruq so'zlar vositasi bilan beriladiga tushunchalarni fikran bir-biriga taqqoslab ulardan tegishli xulosa chiqara olmaydilar.Muayyan buyum yoki hodisa haqida to'g'ri va aniq tushuncha hosil qilishi uchun real buyumni aks ettiruvch yaqqol obrazi, surati, sxemasi yoki modelini bir-biriga taqqoslab ko'rib, ularning o'xshash yoki tafovutini aniqlab oladi.Masalan, bo'rini it nilan, qoplonni mushuk bilan solishtirib ular haqida to'g'ri tasavvur hosil qiladi.
Malumki, fikrlash protsesida tafakkur obyekti faqat taqqoslab qolinmasdan, uni analiz va sintez qilinadi.
Talim-tarbiya protsesida tabiat va jamiyat hodisalarni ifoda etadigan ayrim tushuncha va bilimlarni egallab loshda tafakkurnig analitik-sintetik faoliyat g'oyat katta ahamyatga ega.Bola muayyan tushunchalarni o'qib olishda asosan analitik-sintetik tafakkurni faoliyatiga asoslanadi.
Malumki, analiz muayyan buyum yoki hodisani tarkibiy qismlariga ajratib, fukr yuritishdan iborat bo'lsa sintez, aksincha, uning ayrim element yoki qismlarini bir butun qilib, birga qo'shib fikr yuritish protsesidir.
Bola analiz vositasida butun bir narsaning qismlariga bo'lgan munosabatini bilib oladi.
Kichik yoshdagi o'quvchilar hali murakkab fomada analiz va sintez qila olmaydilar.Ular qiladigan analiz va sintez juda oddiy shakilda boladi.Masalan, ular qirqma harflardan tuzulgan ayrim so'zlarni bo'g'inlarga ajratib, bo'g'inlarni esa tovushlarga bo'ladi, suningdek, qirqma harflarni qo'shib ulardan butub bir so'z ham tuza oladilar.Mexnat darsida o'qituvchining ko'rsatmasi bilan oddiy stanokni qismlarga ajratish va ularni yig'ish singari amaliy ishlarni bemalol bajara oladilar.Ta'lim protsesida bunfay ishlarnu muntazam o'tkazib borish bilan o'quvchining II sinfga chiqqanidayoq birmuncha murakkabroq shakildahi analiz va sintezlarni ham bajara oladigan bolishiga erishiladi.Bunda o'qituvchinig butub bir narsa qanday qismlardan elementkardan tashkil topishini va uni element yoki bo'lajlaridan qanday qilib bir butun narsaga aylanishi yaqqol ko'rgazmali ravishda tushuntirib, amaliy ravishda k'rsatib breshi va bolalarning o'zlariga bu ishni bajartirib ko'rish juda katta ahamyatga egadir.
Shunday qilib, tafakkurning boshqa faoliyatlar bilan birgalikda analitik-sintetik faoliyati ham bolaning hayot tajribalari, olgan bilim va tushunchalariga bog'liq holda takomillashib boradi.
III - IV sinflarga borib o'quvchilar og'zaki va yozma nutiqni durustgina egallaydilar.Til garmmatikasini o'rganadilar.Shuningdek metr o'lchovlari, vaqt o'lchovlari bilan tanishadilar.Bular o'quvchilarni buyumlar o'rtasidagi umumiy miqdor munosabatlari haqida fikr yuritishga, ularni fikran analiz va sintez qila bilishga o'rgatadi.
Shunday qilib, IV sinf o'quvchilarida boshlang'ich darajadagi abstrakt, fikriy analiz va sintez formalari o'sib boradi.Lekin bu davrda ham o'quvchilar quruq so'z, abstrakt tushunchalarga tayanib emas, balki konkret tushuncha va obrazlarga tayanib analiz va sintez qila oladilar.Shunig uchun ham boshlang'ich talim davrida ko'rgazmali o'qitishni roli va tutgan o'rni g'oyat katta.
Boshlang'ich talim davrida tabiat va ijtimoiy hayot qonuniyatlarini aks ettiruvchi sodda va boshlang'ich ilmiy tushunchalarga ega bo'lish, masalan o'simlik va hayvonotlarning qanday ko'payishi, ularning yil fasillari va iqlimnig o'zgarishi bilan bog'liq ravishda bir holatdan ikkinchi holatga o'tishlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish va hokazolar bola tafakkuridagi umumlashtirish, abstraksiyalash singari yuksak faoliyatlarning o'sishiga katta tasir ko'rsatadi.
Umumlashtirish faoliyati tufayli bola o'qib o'rganayotgan bir turkum narsalarning bir-biriga o'xshash bo'lgan umumiy belgilarini topish va ularni bitta tushuncha qilib bilish imkoniyatiga ega bo'ladi, masalan izohli o'qishda birinchi sinf bolalari daftar, qalam, ruchka, siyohdon, sumka singari buyumlarni o'quv asboblari ekanligini yoki sinf xonasidagi parta stol, stul, shkaf kabi buyumlarnig mebel ekanligini umumlashtirish yordamida biladi.
Boladagi umumlashtirish faoliyatini o'stirishda unga bir turkumdagi narsalarning muhum belgisini topdirish va shunga qarab ularni bir turkumga kiritish ustida doim mashq qildirib borishning ahamyati katta.Mohir o'qituvchilar I sinifdan boshlaboq o'quvchi fikrlashidagi umumlashtirish faoliyatini o'stirishda aktivlashtirish usullaridan muvofaqiyatli foydalanadilar.Masalan, respublikada xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Oqilxon Sharafiddinov I sinfda o'quvchilarni uy hayvonlari bilan tanishtirayotganda sigir, qo'y, echki, it, mushuk singari hayvonlarning hayoti, ularning nima bilan ovqatlanish, odamga qanday foyda keltirish, ularning qo'lda boqilish, nihoyat manashuning uchun ular uy hayvonlari deb atalishini, tushuntirib, o'quvchilarda ko'rgazmali o'quv qurollari vositasi bilan yaqqol, ravshan tasavvur hosil qilgach, hosil qilingan muayyan tushunchalarga tayanib suhbat o'tkazish usuli bilan umumlashtirishga o'rgatadi.
O'qishni dastlabki kunlaridan boshlaboq bola tafakkurining umumlashtirish faoliyatini o'stirish ustida tegishlich ish olib borish tufayli bola 8-9 yoshga borib buyumlarnig muhim belgilarini ancha to'g'ri topa oladigan va belgilariga qarab ularni umumiy bir gruppaga kirita oladigan bo'lib qoladi.Bunda talim protsesida programma asosida sistemali ravishda orttirilgan bilinlar ilmiy tushunchalar va tasavvur doirasining o'sib borish katta rol o'ynaydi.



Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə