O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya kafedrasi ibroximov Komiljon


Tafakkur psixologiyasi va kichik yoshdagi maktab o’quvchisi tafakkuri to’g’risida jahon psixolok olimlarining fikrlari



Yüklə 95,58 Kb.
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü95,58 Kb.
#134640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Davlat universiteti kunduzgi bo’lim pedagogika va psixologiya ka-fayllar.org

1.3. Tafakkur psixologiyasi va kichik yoshdagi maktab o’quvchisi tafakkuri to’g’risida jahon psixolok olimlarining fikrlari
Tafakkur protsessining muhim xususiyatlaridan biri nutq yordamida voqelikni aks ettirishdir. Tafakkur bilan nutqning o’zaro bog’liqligi fikr yuritish operatsiyalarining vujudga kelishini osonlashtiradi. Bevosita idrok va tasavvur organlari orqali qilib bo’lmaydigan narsa va xodisalarning umuman umumiy xossalari ichki bog’lanishlarini so’zlar yordami bilan ongimizda aks ettira olamiz. Masalan, turli murakkabliklardagi kashfiyotlar, konstriksiyalar, qonuniyatlar ro’y berishi ehtimoli to’risidagi mulohazalarni tafakkur yordamida bevosita yo’l bilan bilishimiz mumkin.
O’tmishdagi informatsiyalarni qayta ishlash, hoirgi davrdagi bilimlarni o’zlashtirish, kelajak to’g’risida mulohaza yuritish uchun tafakkur nihoyatda zarurdir.
Shunday qilib tafakkurning dastlabgi muhim xususiyati aks ettirishdir. Umumlashgan holda aks ettirish natijasida inson shunday boy informatsiyalarga ega bo’ladiki, bu narsa uning muvaffaqiyatli o’sishini ta'minlaydi. Mazkur informatsiyalar ko’plab ob'ektlardan yig’ilgan talay miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlashi ularni eng muhim xususiyatlarini ma'lum darajada sistemalashtirgan bilimlan yig’indisini vujudga keltiradi. Tafakkur yordamida inson to’plagan informatsiyalarida faqat inson zotiga xos bo’lgan sub'ektiv psixik hodisalarning ideal obrazlari yaratiladi va umuiylashtiriladi. Tafakkurda o’tmish avlodlari tajribasi qayta ishlaadi, hozirgi zamon va kelajak uchun yangi g’oyalari ilgari suriladi, yangi nazariyalar yaratiladi.
Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog’lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Ushbu xususiyat tafakkurning moddiy asoslari va mexanizmlariga bevosita ta'sir qilish qudratiga ega bo’lmagan atrof-muhitdagi voqealarni aniqlash va tushunish imokniyatini yaratib beradi.
Tafakkurning uchinchi hususiyati so’z (nutq) orqali narsa va hodisalarning o’rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iborat: insonning fikr yuritishi bir va undan ortiq so’zlarda ifodalanuvchi tushunchalar vaositasida ifodalanadi. Shuning uchun amalda odam o’ylayotganida o’z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandek tuyuladi.
Dunyo degan ma'lumotag ko’ra tafakkur yuksak darajada tashkil topgan materyaining (miyaning) mahsulidir. Tafakkur voqelikni inosn miyasida umumlashgan holda namoyon bo’lishidir. Insonga xos bo’lgan fikrlash faoliyati ijtimoiy mehnat jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, hozirgi davrda ham o’z rivojlanish va takomillashuvini davom ettirmoqda. Darhaqiqat, psixika hayvonlarda ham mavjuddir, biroq mulohaza yuritish, muhokama qilish, o’ylash va fikr yuritish kabi xususiyatlar faqat inson zotigagina xoasdir.
Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan traditsion savol mavjuddir. Biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug’ilmoqda.
Ma'lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, chunki ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'rif turlicha bo’lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi xolos. Jumladan P. I. Ivanovning darligida “tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyati bilan shug’ullanishga imkon beradi”, deb ta'riflaydi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi xolos. Lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
V. V. Bogoslovitskiy taxriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta'rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Huddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F. N. Gnabolin, K. K. Platonov darsliklarida ham uchraydi. Bizgacha tafakkur predmetini belgilash uchun to’laroq ta'rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: “Tafakkur bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtiruvchi bevosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasiga va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umulashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat protsess, bilim faoliyatidir”.
O. K. Tixomirov mazkur ta'rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va hususiyatlarini ta'kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashuvlarning paydo bo’lishi ta'rifni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga xarakteristika berib o’tamiz.
S. L. Rubenshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti – protsess, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur orezatsiyalari faomalarini tashkllashtirishda protsess mummoli voziyatlarni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi.
S. L. Rubenshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt akvtiligining paydo bo’lishi, deb ataydi.
A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi. Fikr yuritish faoliyat ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli – amaliy faoliyat deb ataydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to’g’risida metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi. P. Ya. Galperin fikriga ko’ra tafakkur bu orientirlash – tadqiqot faoliyati, orientatsiya protsessidir, ya'ni orientirovka – protsess, orinetirovka faoliyat. Avtor psixologiya fani intellektual masalalarni echishda sub'ektning tafakkuriga orinetirovka qilish protsessini o’rganishdan iborat, deb tushuntiradi. P. Ya. Galperin tafakkurning boshqa jihatlari o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. B. Brushlenskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangiliklarini qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni prognoz qilish oldindan payqash hususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi. Yuqoridagi mualliflardan farqli o’laroq A. B. Brushlenskiy tafakkurning umumlashtirib bevosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan prognoz qilish xusussiyatlarining mavjudligini dalillab ko’rsatdi. Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan rus psixologlari tomonidan bildirilgan mulohazalarag yakun yasab, umumiy ta'rif berishning mavridi keldi. Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir. Jumladan, protsess fikr yuritish faoliyati , prognoz qilish, anglashilgan bilimlar aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda tafakkurga quyidagi ta'rifni berish mumkin:
“Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordamida bevosita umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik protsess, sotsial sababiy bog’lanishlarni yanglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir”.
Ta'rifda tafakkurning eng muhim hususiyatlari va funtsiyasi sanab o’tilgan, ya'ni fikr bilan umumlashtirilib, bevosita sotsial sababiylik, yanglik ochish, prognoz qilish, protsess faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta'rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo’lar edi. tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish protsessi ekanligini yana bir karra tasdiqlab turibdi. Quyida tafakkur strukturasini ilova qilamiz.


Yüklə 95,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə