O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________J.X.Karshibayev
2023yil “_____”__________
|
5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi
FANLARIDAN DAVLAT ATTESTATSIYASI
DASTURI VA BAHOLASH TARTIBI
Guliston – 2023
Ushbu yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovi dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 5 iyunda 1963-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom”ga asosan GulDU “Ekologiya va geografiya” kafedrasida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar: g.f.n.dots L.Karshibayeva
Katta o‘qituvchi K.Ishankulova
Katta o‘qituvchi Z. Madraximova
Taqrizchilar:
S.A.Daniyarov
|
- Ekologiya va geografiya kafedrasi, b.f.n. dotsent
|
K.E.Xidiraliyev
|
-Ekologiya va geografiya kafedrasi, g.f.n. dotsent
|
Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va geografiya” kafedrasining 2023 yil yil “___”__________dagi ___ - sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan.
Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashining yil “___”__________dagi ___ - sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi Guliston davlat universiteti Kengashining 2023 yil “___”__________dagi ___ - sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Kirish
Yakuniy Davlat attestatsiyasi dasturi 5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi yo‘nalishi bitiruvchi talabalarning «Ekologiya» sohasi bo‘yicha egallagan bilim va malakalarini baholash uchun Biologiya asoslari, Bioekologiya, Ekologik ekspertiza, Ekologik manitoring, Ekologiya huquqi, Ekologik turizm, Shahar va sanoat ekologiyasi, Amaliy ekologiya fanlaridan tuzilgan. Ushbu dastur Biologiya asoslari ikkita asosiy bo‘limdan iborat: botanika va geobatanika asoslari, zoologiya. Bunda o‘simlik hujayrasining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘simlik to‘qimalari, o‘simlik organlari, tuban o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, o‘simlik jamoalari klassifikatsiyasi, hayvonot olamining xilma-xilligi, o‘sishi, rivojlanishi, ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik spektorlari, hayvonot dunyosi klassifikatsiyasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.
Bioekologiya uchta asosiy bo‘limdan: O‘simliklar ekologiyasi, Hayvonlar ekologiyasi va mikroorganizimlar ekologiyasi. O‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizimlarning yashash muhiti bilan o‘zaro munosabati,turli ekologik omillarga ularning moslashuvi(yorug‘lik, namlik, harorat, tuproq, havo va boshqalar). O‘simliklar hayot formalari, o‘simliklar, hayvonlar, va mikroorganizimlarni muhofaza qilish Antropogen omillarning o‘simliklarga, hayvonlarga va mikroorganizimlar dunyosiga ta’siri.
Ekologik ekspertiza. Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi. Ekologik ekspertizaning ilmiy-metodik asoslari. Ekologik ekspertizada atrof-muhitga ta’sirni baholash, Davlat ekologik ekspertizasi. Jamoat ekologik ekspertizasi va audit. Ekologik ekspertizaga qo‘yiladigan ta’lablar va atrof -muxitga ta’sirini baxolash.
Dostları ilə paylaş: |