O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə25/34
tarix28.09.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#124381
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
download-edfiles-22184

Sutning tozaligini aniqlash — sutning tozalik darajasini aniqlash uchun o‘lchov krujkasiga 250 ml yaxshilab aralashtirilgan sut solinadi va “Rekord” asbobining paxta yoki flanel filtri bo‘lgan filtrlash idishidan o‘tkaziladi. Filtrlash jarayonini tezlashtirish uchun sutni 35 — 40° S haroratgacha qizdirish tavsiya etiladi.
Sutni filtrlash tugagandan so‘ng filtr qog‘oz varag‘iga, yaxshisi pergament qog‘ozga joylanadi va havoda changdan himoyalangan holda quritiladi.
Birinchi guruh: filtrda mexanik aralashma bo‘lakchalari yo‘q.
Ikkinchi guruh: filtrda ayrim mexanik aralashma bo‘lakchalari bor.
Uchinchi guruh: filtrda mayda va yirik mexanik aralashma bo‘lakchalari (qil tuk tolalari, yem-xashak parchalari, qum donalari) sezilarli darajada bor.
Sutni bakteriologik tekshirish — tezkor reduktaza probasi uchun probirkaga 10 ml sut solinadi, uni suv hammomida 38 — 40° S gacha isitiladi va metilen ko‘kining ishchi eritmasidan 1 ml qo‘shiladi.
Probirkalar steril rezina tiqinlar bilan yopiladi, obdon aralashtiriladi va 38^Yu°S haroratdagi suv hammomiga takroran qo‘yiladi (hammomdagi suv sathi probirkadagi sut sathidan yuqori bo‘lishi shart).
O‘tgan vaqt davomida sutning rangsizlanishi bo‘yicha bakteriologik ifloslanishi va jadval bo‘yicha sutning sinfi aniqlanadi.
Nazorat uchun sutning xuddi shunday namunasi, faqat metilen ko‘kisiz, probirkaga quyiladi, namuna quyilgandan so‘ng 10 daqiqa va bir soatdan keyin ko‘zdan kechiriladi.

Rangsizlanishi tezligi

Bir ml sutdagi bakteriyalar miqdori

Sutning sinfi va uni baholash

10 daqiqadan kam

20 mlntadan ko‘p

4, juda yomon

10 daqiqadan bir soatgacha

20 mlntagacha

3, yomon

1 soatdan 3 soatgacha

4 mlntagacha

2, qoniqarli

3 soatdan ziyod

500 mingtagacha

1, yaxshi










*Izoh. Metilen ko‘kining to‘yingan spirtli eritmasini tayyorlash uchun undan 10 gr olinadi va 100 ml 96° etil spirti bilan aralashtiriladi. Eritma 24 soat termostatga 37°S haroratga qo‘yiladi, so‘ngra filtrlanadi.


Metilen ko‘kining ishchi eritmasini tayyorlash uchun metilen ko‘kining to‘yingan eritmasidan 5 ml olinadi va unga 195 ml distillangan suv qo‘shiladi, so‘ngra ushbu eritma 10 barobar eritiladi ya’ni 2,5 % li 1 ml eritmaga 9 ml distillangan suv qo‘shiladi. Eritma proba qo‘yishdan oldin tayyorlanadi.





Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə