O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə28/34
tarix28.09.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#124381
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
download-edfiles-22184

Nonning mog’or bosishi.
Non yaxshi shamollatilmaydigan omborlarda yoki temperatura keskin o’zgarib, non yuzi nam tortib qoladigan sharoitlarda uzoq saqlanadigan bo’lsa, ko’pincha uni mog’or bosib qoladi. Biroq, mog’or zamburug’lari non bag’rida rivojlanib boradi, bu yerga ular nonning chuqur yoriqlaridan o’tadi. Mog’or bosgan non ovqatga ishlatish uchun yaramaydigan sifatsiz mаhsulotdir. Bunday nonni uy xayvonlari, parrandalarga berish mumkin, xolos (veterinariya nazorati organlari bilan kelishgan holda).
AMALIY MASHG’ULOT № 8
Alkogolli va alkogolsiz ichimliklarga tegishli tibbiy-toksikologik ko’rsatkichlarini aniqlash
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Alkogolli va alkogolsiz ichimliklarga tegishli tibbiy-toksikologik ko’rsatkichlarini aniqlash usullari bilan talabalarni tanishtirish.
Kuchli spirtli ichimliklarini tavsifi va sifat ekspertizasi
Etil spirtining sifat ekspertizasi.Rektifikatsiya qilingan etil spirti uch navda chiqariladi: ekstra, yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav.
Ekstra etil spirti eng yuqori sifatli donlardan tayyorlanadi. Yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav spirt esa don; kartoshka Yoki kartoshka don aralashmasi; kartoshka, don, qand lavlagi aralashmasidan tayyorlanadi.
Etil spirtining konsentratsiyasi (quvvati) hajm foizlarida Yoki graduslarda (100 ml suyuqlik tarkibidagi etanolning ml lardagi miqdori), shuningdek og‘irlik bo‘yicha foizlarda (100g syuqlik tarkibidagi etanolning g lardagi miqdori) o‘lchanadi. Bunda 200 S da absolyut spirtning solishtirma og‘irligi 0,78924 ekanligi hisobga olinadi.
Etil spirti fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Bu talablar quyidagi 1-jadval ma’lumotlarida keltirildi.
Spirt tarkibida uchraydigan uchuvchan begona aralashmalar inson organizmi uchun zararli hisoblanadi. SHu sababli ham spirt tarkibida ularning miqdori chegaralanadi. Ikkinchidan, bu birikmalar spirtga Yomon hid beradi. Demak, spirt tarkibida bu birikmalar miqdori qancha kam bo‘lsa, ularning sifati shuncha yuqori hisoblanadi.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha etil spirtining hamma navlari rangsiz, tiniq, begona aralashmalardan holi bo‘lishi kerak. Hidi va ta’mi qaysi xom ashYodan olinganligiga qarab o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə