42
Tayanch quduqlar
Tayanch quduqlarni burg‘ilash
regional
geologik-geofizik ishlar
bosqichidagi kam o‘rganilgan hududlarni geologik tuzilishini tadqiqot qilish va
neftgazlilik istiqbolini baholash, yirik geotuzilma elementlari va ularni hosil
qiluvchi tog‘ jinslarini o‘rganish, geologik rivojlanish
tarixini aniqlashtirish, neft
va gaz hosil bo‘lishi va to‘planishi sharoitlarini belgilash, o‘rganilayotgan hududda
neft va gazga bo‘lgan izlov-razvedka ishlari surati va maqsadga muvofiqligini
aniqlash kabi masalalarni hal etish uchun yo‘naltiriladi.
Nisbatan yaxshi o‘rganilgan rayonlarda avval burg‘ilash bilan ochil-magan
kesimni ostki qismini har tomonlama o‘rganish uchun, yoki geologik tuzilishini
aniqlash, rayonning neftgazlilik istiqbollarini va neft va gazga bo‘lgan
geologik-
razvedka ishlarini samaradorligini oshirish maqsadida prinsipial masalalarni
yoritish uchun tayanch quduqlar qaziladi.
Tayanch quduqlar, odatda tektonik vaziyatning qulay strukturaviy sharoiti
mavjud bo‘lgan joylarga qo‘yiladi. Ularni burg‘ilash ananaviy “fundament”gacha,
chuqur botiqli tektonik vaziyatlarda esa - texnik jihatdan
etarli ikoniyatdagi
chuqurlikgacha loyixalashtiriladi. Tayanch quduqlarda ochiladigan kesimlar har
tomonlama o‘rganiladi. SHu maqsadda quduqlar kesmasi bo‘yicha imkoniyatdagi
maksimal darajada kern va shlam olish, quduqlardagi
geofizik va geokimyoviy
tadqiqotlar kompleksi, neftgazsuv namoyon bo‘lishi ustidan kuzatuvlar o‘tkaziladi.
Tanch qudug‘ida burg‘ilash tugatilgandan so‘ng - istiqbolli gorizontlar mahsulot
olish maqsadida sinaladi. Olingan ma’lumotlarni tadqiqot qilish va ilmiy jihatdan
umumlashtirish ishlari “Tayanch quduqlarni loyixalashtirish va ma’lumotlarni
kameral ishlash bo‘yicha” maxsus yo‘riqnoma doirasida amalga oshiriladi.
Tayanch quduqlar haqiqatdan ham tayanch geologik-geofizik ma’lumotga
ega bo‘lib, bu ma’lumotlarga izlov-razvedka ishlarining regional bosqichidagi
boshqa, jumladan geologik, geofizik gidrogeologik, geokimyoviy va h. tadqiqotlar
bog‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: