43
Parametrik quduqlar
Parametrik
maydonning geologik tuzilishi va neftgaz yig‘iluvchi
zonalarining neftgazlilik
istiqbolini qiyosiy baholash, yotqiziqlarning kesim
bo‘ylab geologik-geofizik ma’lumotlarini aniqlashtirish,
seysmik va boshqa
geofizika ishlari natijalari samarodorligini va ishonchliligini oshirish uchun
qaziladi.
Parametrik
burg‘ilash natijalari va geologik-geofizik tadqiqotlari
ma’lumotlari taxlili asosida izlov ishlari birinchi
navbatda olib boriladigan
maydonlar tanlanadi. Parametrik quduqlar alohida lokal tuzilmalarda yoki yirik
tektonik elementlarni regional o‘rganish uchun profillar usulida qaziladi.
Parametrik quduqlar regional seysmorazvedka ishlari bilan muvofiqlashtirilgan
holda burg‘ilanishi shart.
Quduq chuqurligi “fundament”ni yoki maksimal mumkin bo‘lgan
chuqurlikni ochishga loyixalashtirilishi lozim. Stratigrafik
kesimlar va ularni
geofizik tavsifini o‘rganish uchun parametrik quduqlarda maksimal hajmda kern,
shlam va yonlanma namunaolgichlar yordamida quduq devorlaridan namunalar
olinadi.
Bundan tashqari, quduq geofizika tadqiqotlarining to‘liq kompleksi,
jumladan, seysmokarotaj,
geokimyoviy metodlar, neft, gaz va suv namunalarini
olish amalga oshiriladi; karotaj kabeli yoki qatlamsinagichi
yordami bilan quduq
ochiq devorida sinash ishlarini burg‘ilash jarayonida amalga oshirib, istiqbolli
gorizontlar mahsuldorligi aniqlanadi.
Strukturaviy quduqlar
Strukturaviy
quduqlar
odatda
istiqbolli
strukturalar
tuzilishini
muffassallashtirish, alohida tektonik bloklarni ajratish va uzilmalar yo‘nalishi va
amlitudasini kuzatish maqsadida maydonlarni izlov burg‘ilashga
tayyorlash
bosqichida burg‘ilanadi. Strukturaviy quduqlar struktura xaritalari tuziladigan
belgili gorizontlargacha qaziladi. Bunday gorizontlarning yotishi katta chuqurlikda
bo‘lmasligi kerak (1000 – 1200 m) va bu gorizontlarning struktura plani ostki
44
gorizontlar tuzilishini aks ettirishi kerak. Regional
tadqiqotlarda strukturaviy
burg‘ilashni geofizik va birinchi navbatda seysmorazvedka ishlari bilan kompleks
tarzda olib borilishini ta’minlash yaxshi samara beradi.
Ayrim vaziyatlarda strukturaviy burg‘ilash yirik tektonik elementlar
tuzilishini, ularning umumiy chegaralarini o‘rganish maqsadida chuqur quduqlar
sifatida (1200 m dan ortiq chuqurlikka qazish) regional profillar bo‘ylab
joylashtirilib, qaziladi. Strukturaviy quduqlarni bunday
profil metodida qazish
regional ishlar bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Bunday quduqlar amaliyotda
strukturaviy-profilli quduqlar deb ataladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki,
razvedkaning
geofizik
metodlarining,
jumladan
seysmorazvedkaning
mukammallashishi, ularning samaradorligi ortgani tufayli va yuza gorizontlardagi
istiqbolli strukturalarning imkoniyati tugab borishi bilan strukturaviy quduqlarni
burg‘ilash hajmi keskin kamaygan.
Dostları ilə paylaş: