45
yordamida sinash ishlarini o‘tkazish va burg‘ilash ishlari tugagandan so‘ng
eksplatatsion quvur orqali perforatsiya ishlarini sifatli amalga oshirish zarur.
Razvedka quduqlari
Razvedka
quduqlari
kon va uyumlar geologik tuzilishini o‘rganish, neft va
gazning C
1
toifadagi zaxiralarini hisoblash va tayyorlash hamda konni ishlash
loyixasini tuzish uchun dastlabki ma’lumotlarni olish. Razvedka qudug‘i sanoat
miqyosida neftgazliligi belgilangan maydonlarda hamda ishga tushirilgan konlarda
burg‘ilanadi. Geologik-razvedka ishlarining bosqichi pog‘onalariga, kon va
uyumni o‘rganilganlik darajasiga qarab qazilgan har bir razvedka qudug‘i ma’lum
bir vazifani hal qiladi.
Razvedka ishlarining tanlangan metodi va olingan natijalarning taxlili
asosida qaziladigan razvedka qudug‘ining maydonda joylashishi, vazifasi, samarasi
va boshqa belgilariga qarab ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
samarali va
samarasiz, chegara ichida va chegara tashqarisida joylashgan, chegaralovchi,
baholovchi va b.
Dostları ilə paylaş: