O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Ekspluatatsion quduqlar 
Ekspluatatsion quduqlar
 
neft, gaz uyumlari va konlarini ishlatish maqsadida 
qaziladi. Bu toifaga baholash, ishlatish (mahsulot oluvchi), qatlamga suv yoki gaz 
haydovchi va p’ezometrik quduqlar kiradi.
Baholash quduqlari yordamida alohida mahsuldor maydonlar chegarasini 
aniqlash va ishlanib tamom bo‘lgan ayrim uchastkalarni baholash mumkin bo‘ladi.
Ular orqali uyumni oqilona ishlatish uslubi belgilanadi; neft, gaz va yo‘ldosh 
komponetlar er qa’ridan chiqarib olinadi; suv, gaz va havo yoki boshqa omillarni 
quduq ichiga haydash orqali ishlatilayotgan ob’ektga ta’sir ko‘rsatiladi; 
p’ezometrik quduqlar yordamida ishlayotgan uyum va konlarda qatlam bosimi 
o‘zgarishini, suv-neft, gaz-suv va gaz-neft tutash yuzasi chegaralari siljishini 
nazorat qilish mukin bo‘ladi. 


46 
Barcha turdagi quduqlarni burg‘ilashning muvaffaqiyatli yakunlanishi va 
ularning samaradorligi ko‘p jihatdan bu quduqlarni burg‘ilash texnologiyasiga
istiqbolli va mahsuldor gorizontlarni ochish va sinash metodlariga hamda ochilgan 
jinslar yoshi, uyumlarning litologik-petrografik va fizik xususiyatlarini aniqlab 
beruvchi kern, shlam, yonlama namunaolgichlarning namunasi, fauna, mikrofauna 
va boshqa namunalariga sifatli laboratoriya sharoitida ishlov berishga bog‘liq. 
Asosiy masala deb, turli toifadagi quduqlarda kon geofizika tadqiqotlar 
kompleksini bajarish ishlari muhim vazifa sanalib, ular odatda yuqori tashkilot 
tomonidan tasdiqlanadi. Quduqdagi kon geofizika tadqiqotlar hajmi va turi 
burg‘ilash oldiga qo‘yilgan geologik sharoit va vazifalar asosida aniqlanadi. Bunda 
geologik sharoit va vazifalar asosida aniqlanadi. Bunda geologik-geofizik sharoit 
va quduqdagi geofizik tadqiqotlar o‘tkazish sharoiti hisobga olinadi. 
Burg‘ilashning eng asosiy masalalardan biri - tadqiqot hududi yoki 
akvatoriyasi geologik kesimining neftgazliligini o‘rganishdan iborat. Uni echimini 
topish kernlarni kompleks o‘rganish, burg‘ilash jarayonidagi neftgaz namoyon 
bo‘lishini qayd qilish, kon-geofizikasi va geokimyoviy ma’lumotlarni taxlil qilish 
va burg‘ilash jarayonida qatlamlarni sinash asosida amalga oshirilishi lozim.
O‘rganilayotgan maydonning neftgazliligi haqidagi yakuniy xulosa 
quduqlarni burg‘ilash jarayoni tugagandan so‘ng va olingan geologik va geofizik 
ma’lumotlarga ishlov berish natijasida amalga oshirilishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə