O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

Azotli o`g`itlar.
Natriyli selitra (natriy nitrat) NaN0
3
- tarkibida 15-16% azot 
bo`ladi. 
Ammiak olishning sintetik usuli ishlab chiqilgunga qadar natriyli selitra 
Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlaridan qazib olinar va asosiy azotli o`g’it 
x.isoblanar edi. xozirgi vaqtda oz miqdorda chiqarilayotgan natriyli selitra 
ammiakdan nitrat kislota olishdagi qo’shimcha maxsulot xissoblanadi. U oq yoki 
sarg`ish-qo’ng`ir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriy - di. Birmuncha 
gigroskopik, noqulay sharoitlarda saqlanganda mushtlashib, qotib qolishi mumkin. 
Turli saqlanganda birlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab qoladi. 
Kalsiyli selitra (kalsiy nitrat) Ca(NO
3
)
2
-tarkibida 13 - 15% azot bo’ladi. U nitrat 


24
kislotani bo`r yoki oxak bilan neytrallash orqali bilinadi:
2HNO
3
+ CaCO

= Ca(NO
3
)
2
+ CO
2
+ N
2
O. 
Kalsiy nitrat - oq rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi. Nihoyatda gigroskopik 
bo`lib, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda namiqadi, suyuqlanadi va 
birlashib qoladi. U nam o’tkazmaydigan qilib o’ralgan xolda tashiladi va saqlanadi. 
Kristall kalsiyli selitraning gigroskopikligini kamaytirish uchun gidrofob qoplamlar 
ishlatib granullanadi. Lekin granullash ham o`g`itning noqulay fizik xossalarini 
batamom yoqotmaydi. Natriyli va kalsiyli selitralar-fiziologik jixatdan ishqoriy 
o`g`itlardir. Usimliklar Na
+
yoki Ca
+2
kationlariga qaraganda NO
-3
anionlarni ko’proq 
miqdorda o’zlashtiradi va bu kationlar tuproqda qolib, uning muhitini 
ishqoriylashtiradi. Bu o`g`itlar kislotali chimli-podzol tuproklarda doimiy 
ishlatilganda sezilarli darajada neytrallovchi ta`sir etib, tuproqning kislotaliligini 
kamaytiradi. Tuproqda selitralar tez eriydi va tuproqning yutuvchi kompleksidagi 
(PPK) kationlari bilan almashinish reaktsiyalariga kirishadi: Na
+
yoki Ca
2+
kationlar 
tuproqqa yutiladi, N0
3~
anionlar esa nihoyatda xarakatchanligini saqlagan holda 
tuproq eritmasida qoladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə