O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish


Ayrim og’itlar haqida ma’lumotlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

 
1.3 Ayrim og’itlar haqida ma’lumotlar 
Karbamid. 
Karbamid sanoatda yelimlar, qatron va boshqalarni tayyorlashda 
xomashyo sifatida, qishloq xo’jaligida, shu jumladan xususiy xo’jaliklarda va fermer 
xo’jaliklarida mineral azotli o’g’it sifatida, shuningdek chorvachilikda qo’shimcha 
ozuqa sifatida qo’llaniladi. Karbamid qo’llanilishiga qarab ikkita markada («A» va 
«B») ishlab chiqariladi. 
Ammiakli selitra. 
Ammiakli selitra - yarmi harakatchan, tez o’zlashadigan 
nitrat shaklidagi va yarmi sekin g’amda davomli ta’sir etuvchi ammiak shaklidagi
tarkibi 34,4 % azotdan iborat bo’lgan universal azotli o’g’itdir. O’g’it - o’simliklar 
tomonidan to’liq va tezda o’zlashtiriladi, u turli qishloq xo’jalik ekinlariga keng ta’sir 
etadi. Selitra ikkita markada ishlab chiqariladi: "A" - sanoatda xomashyo sifatida, 
shuningdek oddiy portlovchi moddalarni tayyorlashda va "B" - qishloq xo’jaligida 
foydalaniladi. 
Ammoniy sulfat. 
Ammoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% 
azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, 
o’simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik 
bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi 
va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki 
nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi 


28
ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi. Bu o’g’itni nafaqat 
bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli 
azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. 
Aralashtirilgan azot - fosforli o’g’it. 
Yuqori konsentrasiyali donadorlangan 
azot-fosforli o’g’it - ammiakli selitrani ammofos bilan 9:1 nisbatda mexanik yo’l 
bilan aralashtirish orqali olinadigan o’g’itdir. Mahsulot mineral o’g’it sifatida 
qo’llaniladi. Ushbu o’g’it barcha turdagi tuproqlarga, asosiy va ekish paytida qishloq 
xo’jalik ekinlari ostiga solish uchun ishlatiladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə