O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

Kaliyli o`g`itlar.
Kaliy hayvonlar, o`simliklar va mikroorganizmlar uchun zarur 
elementlar qatoriga kiradi. Kaliyning ko`p qismi o`simlik hujayrasining shirasida 
bo`ladi. O`simlikning tunasida engil harakatchanlikka ega bo`lib, ildizdan kechasi 
ajraladi va kunduzi yana singadi. O`simliklarning eski qari bargidan yomqir suvlari 
kaliyni ko`plab yuvadi. 
O`simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko`p qismi modda almashinuvi va 
hujayraning bo`linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh 
novdalarida bo`ladi. Kaliy o`simlikning changdonida ham ko`p bo`ladi. 
Makkajo`xorining changdonida 35,5% gacha bo`ladi. Kaliy o`simliklarning tovar 
bo`lmagan qismida ko`p bo`ladi. Kaliy o`simliklarda fotosintez jarayonini normal 
o`tishini taminlaydi. Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini 
tezlashtiradi. Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. 


25
Kaliyning tasirida o`simliklar suvni o`zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. qisqa 
muddatli qurqoqchilikka chidamliligini kuchaytiradi. Kaliy bilan oziqlanish yaxshi 
bo`lgan sharoitda o`simliklarda uglevodlarning tez to`planishi natijasida meva va 
sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig`ir va boshqa tolali ekinlada 
tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X ujayra shirasining osmotik bosimi 
va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. O`simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa, 
oqsil ko`p hosil bo`ladi,azotni yaxshi o`zlashriradi. Ko`pgina qishloqxo`jaligi 
ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo`ladi. Lekin hamma o`simliklar va 
mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko`p istemol qiladi. Kaliy yetishmaganda 
o`simlik barglarining qirralari qizil-qo`ng`ir tusga kiradi.Ularning rivojlanishi va 
xosilning etilishi kechikadi. 
O`simliklar o`zlarining har xil o`suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul 
qilmaydilar. Masalan, zig’ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, 
to`la gullaganda 98,7% qabul qiladi. Qishloq xo`jaligi ekinlari kaliyni birday talab 
qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko`p talab qiladigan qishloqxo`jalik ekinlariga qand 
lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli 
ekinlar va makkajo`xori kiradi.Arpa, tariq, bug`doy, javdarlarning donida kaliyni 
miqdori kam bo`ladi. Kaliy azot va fosfordan farq qilib o`simliklarning vegetatsiya 
qismida ko`p bo`ladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə