O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

KO`RA
TARKIBIGA 
TARKIBIGA 
KO`RA
KO`RA
OZUQA ELEMENTI
OZUQA ELEMENTI
TURIGA KO`RA
TURIGA KO`RA
ORGANIK 
ORGANIK 
O`G`ITLA
O`G`ITLA
ANORGANIK 
ANORGANIK 
O`G`ITLAR
O`G`ITLAR
SUYUQ O`G`ITLAR
SUYUQ O`G`ITLAR
QATTIQ O`G`ITLAR
QATTIQ O`G`ITLAR
ODDIY O`G`ITLAR
ODDIY O`G`ITLAR
MIKRO O`G`ITLAR
MIKRO O`G`ITLAR
KOMPLEKS O`G`ITLAR
KOMPLEKS O`G`ITLAR
AZOTLI
AZOTLI
FOSFORLI
FOSFORLI
KALIYLI
KALIYLI


21
mineral o’g’itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo’ladi; bunday o’g’itlar torf, 
ko’mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta 
ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go’ng yoki torfni fosforli o’g’itlar bilan 
aralashtirish yo’li bilan xam olinadi. Bakterial o’g’itlar - tuproqdagi va o’g’itlardagi 
xavo 
azoti 
yoki 
minerallashgan 
organik 
moddalar 
bilan 
oziqlanuvchi 
mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o’g’itlar qatoriga azotobakterin, 
tuproq nitragini kiradi. Mineral o’g’itlar agrokimyoviy ta’siri bo’yicha to’g’ridan - 
to’g’ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o’simliklar o’sishini boshqaruvchi 
preparatlar turlariga bo’linadi. To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar 
o’simliklarning bevosita oziqlanishiga mo’ljallangan. Ular tarkibida o’simliklar 
xayoti uchun muxim bo’lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, 
temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt) tutadi. 
To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar, uz navbatida, oddiy ( bir yoqlama ) va 
kompleks ( ko’p yoqlama ) o’g’itlarga bo’linadi. Oddiy o’g’itlar tarkibida o’simliklar 
oziqlanuvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan bittasi 
bo’ladi. Ular xam o’z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o’g’itlar 
turlariga bo’linadi. Mikroo’g’itlar — kam me’yorda ( gektariga gramm va 
kilogrammlarda ) qo’llaniladigan o’g’itlar xisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar 
tutgan — borat kislota, mis( P ) - sulfat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar 
ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli quyqum ( shlam ), cho’ktirilgan magniy 
borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan 
xolatga qayta ishlanadi yoki to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatiladi. qishloq 
xo’jaligida suvda eriydigan xam, suvda erimaydigan xam mikroo’g’itlar ishlatiladi. 
Murakkab o’g’itlar — tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o’g’itlar 
xisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o’g’itlar ( masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, 
fosfor-kaliyli ) va uchlamchi kompleks o’g’itlar ( masalan, azot-fosfor-kaliyli ) 
turlarga bo’linadi. Murakkab o’g’itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, 
pestitsid va o’stiruvchi moddalar qo’shimchalari xam bo’lishi mumkin. Murakkab 
o’g’itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko’ra guruxlanadi: 
- aralash o’g’itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o’g’itlarni 


22
mexanik usulda aralashtirish yuli bilan olinadi; 
- murakkab-aralash donadorlangan o’g’itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon 
tayyor o’g’itlarni suyuq reagentlar ( ammiakli suv, fosfat yoki sulfat kislota va 
boshqalar ) qo’shish bilan aralashtirilish orqali olinadi; 
- murakkab o’g’itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash 
orqali olinadi. 
Bilvosita foydalaniladigan o’g’itlar — o’g’itlardan foydalanish sharoitini 
yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun 
o’g’itlanadi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, 
dolomit yoki so’ndirilgan oxak qo’llaniladi; sho’rxok tuproqlar melioratsiyasi uchun 
gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kaltsiy manbai xisoblanadi; tuproq 
kislotaliligini (fosforli o’g’it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini 
oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi. O’g’itlar fiziologik 
xususiyatlariga ko’ra: kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga 
bo’linadi. 
Fiziologik 
kislotali 
o’g’itlarga 
o’simliklar 
asosan 
kationlarni 
o’zlashtiradigan o’g’itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, 
masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. 
Fiziologik kislotali o’g’itlarga ammoniyli azotli o’g’itlar, shuningdek karbamid xam 
kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha 
oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə