O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

Taqrizchi:
 
 
 
_________________________ 


13
 
Mundarija 
 
№ 
 
bet 
 
Kirish…………………………………………………………………….

Asosiy qism………………………………………………………………
I.1 Tuproqqa mineral o’g’itlar solishning zaruriyati…….………………
I.2 O’g’itlar klassifikatsiyasi……………………………………………….
I.3 Ayirim og’itlar haqida ma’lumoylar……………..……………………
I.4 Yurtimizda o`g`it ishlab chiqarish.........................................................
I.5 Mineral o’g’itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari.................
 
Xulosa........................................................................................................
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati........................................................
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14
Kirish 
O’rta Osiyo mintaqasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy muammo 
mineral o’g’itlar yetishmasligidir. Mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar: 
O’zbekistonda yettita, Qozoqistonda uchta, Turkmanistonda uchta, Tojikiston va 
Qirg’izistonda esa yo’q. Ishlab turgan zavodlar azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar 
ishlab chiqarmoqda. Mintaqada kaliyli ma’danlar zaxirasiga boy bo’lib, Qashqadaryo 
viloyatida “Dexqonobod Kaliyli o’g’itlar zavodi” 200 ming t/yil, Turkmanistonda 
Tyubegatan koni asosida 1000 ming t/yil kaliyli o’g’it ishlab chiqarilmoqda. 
O’zbekistonda azot, fosfor va kaliyli o’g’itlarga bo’lgan 2005 yildagi talab 
quyidagicha: 100% li azot 761,82 ming. T. 100% li R
2
O
5
– 518,27 ming.t. va 100% li 
K
2
O – 278,12 ming.t. 2004 yilda O’zbekistonda 100% li ozuqa elementlariga 
hisoblaganda 736,754 ming.t. azotli va 137,414 ming.t. fosforli o’g’itlar ishlab 
chiqarildi. 250 ming.t kaliyli o’g’it (K
2
O bo’yicha) Rossiyadan sotib olingan. 
O’zbekiston qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy maxsuloti paxta va dondir. 
Paxta xosildorligi 3 mln.t bug’doy esa 5 mln.t. dan ortiqroq. 
Ma’lumki, xar bir tonna paxta xar yili yerdan 45 kg azot, 15 kg R
2
O

va 45 kg 
K
2
O xar bir tonna bug’doy esa 35 kg azot, 10 kg R
2
O
5
, 24 kg R
2
O
5
o’zlashtiradi.
Faqat ikkita qishloq xo’jalik maxsuloti (paxta va don) keltirilgan xosildorlikda 
xar yili yerdan 310 ming.t azot, 115 ming.t fosfor va 255 ming. t kaliy o’zlashtiradi. 
Boshqa maxsulotlar xam yerdan o’zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib 
chiqadi. O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ko’rsatishicha, o’g’itsiz paxta 
xosildorligi 12 s/ga, xar gektarga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda 
va to’g’ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda xosildorlik 30-35 s/ga yetishi 
tasdiqlangan. xozir o’rtacha paxta xosildorligi 24 s/ga teng. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq 
axolining 40%i qishloq xo’jaligi ishlari bilan band. Paxta va boshoqli don 
yetishtiridigan asosiy ekinlardir. O’zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 30 
milliondan ortiqroq axolini turli xil qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan ta’minlashga 
katta e’tibor berilmoqda. Ekinlar xosildorligini oshirish va ularning sifatini 
yaxshilashda turli o’g’itlardan foydalanish asosiy omil xisoblanadi. 


15
Qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral o’g’itlar 
asosiy o’rinda turadi chunki yetishtiriladigan xosildorlikning deyarli 50% mineral 
o’g’itdan foydalanish xisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o’g’itlar ishlab 
chiqarish muntazam o’sib boradi. Masalan, dunyo bo’yicha mineral o’g’itlarni 
qishloq xo’jaligida ishlatish 1994-1995 yillarda 121,8 mln. tonnani tashkil qilgan 
1997-1998 yillarda esa 134,1 mln. tonnaga yetdi . Xozirgi kunda birgina Xitoy 
davlatida 40 mln. tonna mineral o’g’it ishlab ishlab chiqarilmoqda. 1994 – 2000 
yillarda ushbu mamlakatda 17 ta azotli va 11 ta fosforli o’g’itlar ishlab chiqaruvchi 
zavodlar qurildi. Fosfor xom ashyo zaxiralariga ega bo’lgan va o’g’it ishlab chiqarish 
sanoati rivojlangan mamlakatlarda qatoriga Rossiya, Qozog’iston, Ukraina, 
Belorusiya, Markaziy Osiyoda esa O’zbekiston Respublikasi kiradi. 
Mendeleyev 
davriy 
jadvalidagi 40 
dan ortiq kimyoviy 
elementlar 
o’simliklarning normal xolatida o’sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan, 
azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt va magniy o’simlikning asosiy oziq moddalari 
xisoblandi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan qishloq xo’jalik 
ekinlarining xosildorligini ko’tarishda qo’llaniladigan barcha mineral o’g’itlar ichida 
fosforlisi yetakchi rol o’ynaydi. Fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabni qoplash fosfor 
xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida 
bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib juda qisqa 
muddatda maxalliy xom ashyo manbalarini qayta ishlab o’g’it olish muxim 
axamiyatga ega.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə