O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix06.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishlarini bajarish

 
MUNDARIJA 
Mundarija 2 sahifada joylashadi. Mundarija sarlavhalari matndagi sarlavhalami 
aynan takrorlashi shart. Ularni qisqartirish, boshqa ko’rinishda yoki matndan 
boshqacha tartibda berish mumkin emas. Barcha sarlavhalar oxirida nuqta 
qo’ymasdan bosh harfdan boshlanadi. Har bir sarlavhaning so’nggi harfi o’ziga mos 
sahifa raqamiga mos mundarijaning o’ng qismidagi sahifa raqamiga tutashadi. 
Mundarijaga titul varag’i kiritilmaydi. 
SAHIFALARNI RASMIYLASHTIRISH “KIRISH”, “ASOSIY QISM”, 
“AMALIY QISM”, “XULOSA”, “FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
RO’YXATI”, “ILOVALAR” kabi tuzilmali elementlar nomlari kurs ishi tuzilmali 
elementlar 
sarlavhalari 
hisoblanadi. 
Sarlavhada 
“bob” so’zi yozilmaydi. 
Sarlavhalarda imkoniyat darajasida qisqartmalar, tor ixtisoslik atamalari, 
qisqartmalar, abbreviatura va matematik formulalarni ishlatmaslik kerak. Sarlavhalar 
sahifa o’rtasida yoki chap tarafida bo’lishi mumkin. 
Bo’lim va mavzular sarlavhalari yangi xatboshidan yozilishi kerak. Sarlavhalar 
bosh harfda, sarlavha osti birinchi harfi bosh harfda, qolganlari kichik harfda 
yoziladi. Oxirida nuqta qo’yilmaydi va ostiga chizilmaydi. Agar sarlavha bir necha 
gapdan iborat bo’lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha va sarlavha ostida bo’g’in 
ko’chirish ishlatilmaydi. Boblarni yangi sahifadan boshlash kerak. 
Kichik bo’lim, mavzu va kichik mavzular sarlavhalari sahifa oxirida bo’lmasligi 
kerak. Ular davomida kamida uch qator matn bo’lishi kerak. Bob, bo’lim, kichik 
bo’lim, mavzu va kichik mavzular arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bob (bo’lim) 
ishning asosiy qismi doirasida arab raqamlari bilan (1, 2, 3 va h.k.) raqamlanadi. 


6
Mavzular har bir bob (bo’lim) va kichik bo’lim doirasida raqamlanadi. Mavzu raqami 
bob (bo’lim) raqami, podradel yoki kichik mavzu tartib raqami, ajratuvchi raqamdan 
iborat bo’ladi (masalan 1.1, 1,2 yoki 1.1.1, 1.1.2 va hakozo). Agar bob (bo’lim) 
birgina mavzudan iborat bo’lsa ham xuddi shunday raqamlanadi. Agar matn faqat 
mavzulardan iborat bo’lsa, u ish doirasida tartib raqamlari bilan raqamlanadi. 
Bob (bo’lim), mavzu, kichik mavzu raqami so’nggida nuqta qo’yilmaydi. Oxirgi 
raqam va birinchi harf orasida bitta bo’sh joy (probel) qoldiriladi. 
Tuzilmali elementlar sarlavhalari va asosiy qism boblari, birinchi mavzu 
sarlavhasi orasida ikki interval qoldiriladi. 
Matnning asosiy qism mavzu va kichik mavzui abzatsdan yoziladi. 
Sarlavha va matn orasida ikkita 1,5 smlik bo’sh joy bo’lishi kerak. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə