O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə155/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Sulaymon I ning ichki siyosati.
«Qonunomon Sulaymoniy»ga 1566 yil sanasi qo`yilgan. Turkiya egallab turgan xududlar ma`muriy tuzilishi Sulaymon vaqtida bir xil shaklga solindi. Butun imperiya 21 viloyatga, viloyatlar 250 sanjaq (rayon)ga bo`lindi. Viloyat hukmdorini vali Sanjaq boshlig`i Sanjarbek deb atalardi. Sulaymon turk qo`shinlarini yancharlar deb atalgan imtiyozli qismini tartibga solgan. Maxsus reglament tuzdi ularnging soni 40 mingga yetkazildi. YAncharlar muntazam suratda katta maosh olib turardilar. Ularga urushdan bo`sh paytlarida savdo va hunar bilan mashg`ul bo`lish uchun turli imtiyozlar berildi.
Turkiyaning asosiy harbiy kuchini feodallar lashkarlari tashkil etgan 250 mingga qadar. Turk dehqonlari davlatga soliq to`lash bilan biga o`z feodallariga yer, suv, imorat, chorva, tegirmon xaqi ets to`lashlari lozim edi. Feodal o`z yeridan qochib ketgan dehqonni ma`lum muddat ichida qidirishga xaqli edi.
Serblar, Greklar, Balgarlar, Valaxlar, (rumin) ets musulmonlarga nisbatan davlatga ikki baravar ko`proq soliq to`lashlari kerak edi. Ularni mol-mulki daxlsizligi tamin etilmagan. Diniy rasm odatlarini bajarish uchun olingan ruxsat xaqi ham to`lardilar. XVI-XVII asrlar mobaynida bu xalqlar usmoniylardan ozod bo`lish uchun kurashdilar. Partizanlar – bolgar va serblarda gayduklar, greklarda-kleftlar, Dalmatsiyada-uskaklar deb atalardi. Partizanlar harakati tarqoq va parokanda edi. Partizanlar Bolkon yarimorolidagi Turklar hokimiyatini o`z kuchlari bilan to`gata olmasdilar. Bundan tashqari muvaffaqiyatsiz tugagan o`nlab fitna va qo`zg`olonlar uyushtirildi. Ularga Slavyan davlati, kuchayib borayotgan Rossiya o`z manfaatlarini ko`zlagan holda yordam berishi mumkin edi. «Dyado Ivan`».
Usmoniylar imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi.
Turli millat va davlatlarni ishg`ol etgan turkiyaning siyosi tuzumi, idora qilish sistemasining o`zida ham ziddiyatlar va zaifliklar mavjud edi. Sulaymonning vorislari davrida fitnalar avj oldi. Fitnalarda YAncharlar ham ishtirok etardilar. Soliqlar oshib borar, lekin ishlab-chiqarish kuchlari sekin rivojlanardi. Turkiyadagi savdo. sanoat ishlarida asosiy o`rinni frantsuz, Ingliz, Grek, Arman, Suriyaliklar egallagan edilar. Agressiv tashqi siyosat ichki siyosatga vaqt ajratishga deyarli yo`l bermasdi.
Turklar XV-XVI asrning birinchi yarmidagi katta g`alabalardan so`ng XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida imperiya teritoriyasi ancha torayib qoldi. Turklar birinchi marta 1571 yilda Aspanta yonida Yevropaliklarga katta mag`lub bo`ldilar. Ispniya, Venetsiya va Papaning birlashgan floti (boshlig`i Filip II ning ukasi Don Xuan Avstriyskiy) turlarni yengdi. Keyinroq Turkiya Kiprni tortib oldi. SHunga qaramay mag`lubiyat ularning ichki ahvoliga yomon ta`sir qildi. XVI asrni 70-90 yillarida keskin ijtimoiy-siyosiy tanazzul oqibatida bir necha qo`zg`olonlar ko`tarildi. 1591 yili ko`pchilik viloyatlar Sulton Murod 3 ga (1574-1595) qarshi bosh ko`tardilar. Muhammad 3 podsholigi davrida (1595-1603) sipoxiylar va YAncharlar g`alayonlari yuz berdi. Saroy to`ntarishi oqibatida sulton o`ldirildi.
XVII asr boshlarida Eron shoxi Abbos 1 Ozarbayjon. Armaniston, SHarqiy Gruziya, Gurjiston, Mosul va Bog`dod shaharlari bilan Mesopotamiyani bosib oldi. Bu yerlarning 1 qismi 1639 yili qaytarib olindi. Sabab Turkiyaning kuchayganligi emas, ko`proq Eronning zaiflashgani.
Rossiya va Turkiya o`rtasidagi birinchi to`qnashuv XVI asrning ikkinchi yarmida yuz berdi. Azovni egallagan turklar Astraxanni ololmay chekindilar. Ikkinchi to`qnashuv XVII asrning 30-40 yillarda bo`ldi. Zaparoje kazaklari Azovni bosib olib (1637 yil) bir necha yil egallab turdilar. "Azovda o`tirish" Kazaklar Moskvadan yordam so`radilar. Rossiyada moliyaviy qiyinchilik va Polsha bilan urish Podshox M. Fedorovich Kazaklarga Azovni bo`shatishni buyurdi (1643yil). Rossiya tayyor emas urushga. 30 yillik urush davri (1618-1648) Turkiya bilan Frantsiya. XVII asr ikkinchi yarmida Turkiya, Avstriya, Venetsiya va Rossiyaga qarshi urushlarda mag`lubiyatga uchradi. Yevropa davlatlarining Turkiya bilan Separat sulx tuzishga intilardilar. (Turkiya teritoriyasi katta qulay geografik vaziyat). Angliya Frantsiya uchun Turkiya imperiyasi zaiflashgan bo`lsada kerak edi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə