O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə156/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

15-Mavzu. XVI-XVII asrlada Xitoy.
Reja:
1. Min sulolasining zaiflashuvi.

  1. XVII asrning 30-40 yillarida Xitoydagi dehqonlar urushi.

3. Manchjuriya dinastiyasining hokimiyat tepasiga kelishi.
4. Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va TSin` dinastiyasining ularga qarshi kurashi.


Min sulolasining zaiflashuvi.
XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Min sulolasi to`la tushkunlikka yuz tutgan edi. Bu «dehqonlar» sulolasining dastlabki davrlarida sal-pal mavjud bo`lgan ba`zi demokratik tendentsiyalari endi allaqachonlar tugab ketgan edi. Min monarxiyasi aynib, o`zidan oldingi sulolalar singari oddiy byurokratik despotiyaga aylangan edi. XVI asr boshlaridan e`tiboran davlvatni idora qilish ishlari tepasida davlat xazinasini uyalmay-netmay talagan va shu tariqa juda katta boylik orttirgan imperator haramining xodimlari bo`lgan mahramlar turar edi. Haddan tashqari o`sib ketgan byurokratik davlat apparati, dabdabali imperator saroyining nihoyatda katta chiqimlari va Yaponiya bilan bo`layotgan urush yangidan-yangi soliq daromadlarini talab qilar edi. Birgina XVII asrning ikkinchi o`n yilligida barcha davlat soliqlarining hajmi shundan oldingi o`n yillardagiga nisbatan 50% ko`paydi. Davlat soliqlari va buning ustiga mahalliy feodallar, sudho`rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan har-xil oqir to`lovlar tufayli dehqonlar va shahar hunarmandlarining tinkasi qurigan edi.
Xalq ommasi tabiiy ofatdan: suv toshqinidan, takrorlanib turadishgan qahatchilikdan, ocharchilikdan, epidimiyadan azob chekar edi. XVII asrning birinchi yarmida Xitoy xalq ommasining hayoti doimo to`yib ovqat yemaslik, odamxo`rlikkacha borib yetgan ochlik, aholi o`limining avj olishi bilan xarakterlanar edi. SHu bilan birga XVII asr boshlarida Xitoyning xalqaro ahvoli juda yomonlashdi. SHimolda, Sungari daryosi havzasida yashovchi Man`chjur qabilalari taxminan 1606 yilda birlashdi. 1625 yilda Man`chjurlar Munkdenni va deyarli butun Lyaodun yarim orolini bosib olldilar. 30-yillarda Koreya Man`chjurlarga vassal qaram bo`lib qoldi. Man`chjurlarning Xitoydagi shimoliy viloyatlarga hujum qilishlari odat bo`lib qoldi. Min hukumati varvarlarga zarba berishga qodir emasligini ko`rsatdi. Bu esa xalq ommasining boshiga yangi kulfatlar keltirar va ularning hayotinin chidab bo`lmaydigan darajada juda tang qilib qo`ygan edi. Ommaning mavjud rejimdan noroziligi kuchaya borib, oqibat natijada dehqonlarning juda katta urushiga aylandi va bu urush Min sulolasini halokatga olib keldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə