O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə153/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

2.Frantsiyadagi Uyg`onish
3. GUGYeNOTLAR URUSHI.

XVI asrda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI asrda Fransiya G`arbiy Yevropada markazlashgan eng yirik davlat edi. U iqtisodiy taraqqiyotida aicha katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Frantsiya iqtisodiy jihatdan Ispaniyaga, ichki Germaniya, Janubiy Italiya va Skandnnaviya mamlakatlariga qaraganda ko`proq rivoj tolgan mamlakat edi. Frantsuz sanoatining ba’zi tarmoqlari eidi tsex hunari ramkasidan chiqib, markazlashtirilgan hamda tarqoq manufakturalar formasida rivojlana boshlagan edi. Ayniqsa Puatu viloyati va Pikardiyadagi .movut ishlab chiqarish, Bretan, Men va Normapdiyada-gi kalamenka va polotno ishlab chiqarish, Tur, Liop, Orleanza boshqa joylardagi shoyi to`qish — manufakturaning ana shunday formalari rivojlanib borayotgai sanoat tarmoqlari edi. Usha vaqtlardayoq Parijning attorlik (parfumeriya) va zargarlik mollarining dong`i hamma yoqqa tarqalgan edi. Ita-liyadan o`rganib olib o`zlashtirilgan gilam (gobelen) to`qish, ko`zgusozlik, oynasozlik, chinni ishlash manufakturalari kabi yangi manufakturalar ham iuvaffahiyat bilan rivojlanib bormoqda edi.


Frantsuz bosmaxonalarida (Eten firmasi va boshqalarda) bosilgan kitoblar Fransiyaning o`zidagina emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlariga ham garqalar edi. Frantso`zlar yasagan zambaraklar XV asrdayoq butun Yevropadagi eng Yaxshi to`plar deb hisoblanar edi.
Fransiya ilgarigidek Urta dengiz orqali qizg`in savdo-sotiq ishlari olib borardi. Marsel mamlakatning eng katta po`rti bo`lib qolgan edi. Ammo shu bilan birga Atlantika okeani bilan bog`langan G`arbiy va shimoliy portlarning ham ahamiyati oshib bormoqda edi. Bordo, Laroshel, Nant, Gavr, Depp shaharlari ham katta portlarga aylanib bormoqda edi. Lion shahrida olib boriladigan savdo -sotiq ishlari xalqaro ahamiyatga ega bo`lish bilan birga, bu shahar g`oyat katta pul bozori ham edi. Lion birjasi Antverpen bilan raqobat qilardi.
Ammo shunday bo`lsa ham, Frantsiya iqtisodiy jihatdan Angliya bilan Niderlandiyaga qaraganda sekinroq rivojlanmoqda edi. Frantsiyaning manufakturalari .mazkur ikki mamlakat manufakturalari kabi keig (milliy) tus olmagan edi. Aholining ko`pchiligi qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanar edi. SHu bilan birga fransuz qishloqlari o`zining tipik feodal qiyofasini saqlab kelmoqda edi. Fransiyada XVI asrda ham ishlab chiqarishdagi feodal usulning traditsion munosabatlarida buzilish hali boshlanmagan edi desa bo`ladi, holbuki Angliyada bunday munosab-atlarning buzilib borayotganligini yuqorida ko`rib o`tgan edik.
XVI asrdagi "frantsuz qishlog`ining tuzumi. XVI asr Fransiyada servaj formasidagi shaxsiy-krepostnoylik munosabatlari kamdan-kam uchraydigan bo`lib qolgan edi. Dehqonlarning juda ko`pchiligi chinsheviklardan, ya’ni meros yerlarga egalik qiluvchilardan iborat edi, ular umuman olganda odat huquqiga muvofiq, yerga egalik qiluvchi ingliz dehqonlariga (kopigoo-derlarga). o`.xshardi. Dehqonlar to`laydigan tsenz, ya’ni pul rentasi doim bir tarzda, bir me’yorda bo`lar edi. Franduz dvoryanlari ingliz dvorchnlaridan shu bilan farq qilardiki, l dehqonlar qo`lidagi yerlarnya tortib olishlari uchun biron muhim bahona yo`q edi, chunki Fransiyada yirik-tovar kishloq xo`jaligini tashkil etishni taqozo qiluvchi ichki ham, tashqi ham sabablar yo`q edi. Shunday qilib, fransuz dehqoni yersiz qolish xavfi ostyda emas edi. Bu jihatdan fransuz dehqonning ahvoli birodari ingliz dehqonining ahvolida XVI asrdagi Fransnyaning iqtisodiy kartesi durstroq edi. Ammo fransuz dehqonining boshqa mushkulliklari bor edi.
Avvalo, Frantsiyada qishloq xo`jaligi texnikasining umumiy darajasi juda past edi. Mayda dehqonlar yerni ishlash usullarini takomillashtirishda hech qanday yangilik kirgizolmas edilar. Ekinlarnnng hosili avvalgidek juda past edi. Am'mo feodallar dehqonlardan juda ko`p soliqlar olardi. Odatda, Fransiyadagi chiqish (tsenz) Angliyaning «odat»dagi rentasidan ko`p bo`lardi. Fransuz dehqoni o`z senorlariga chinshdan tashqari yana qo`shimcha har xil katta va kichik to`-ovlar berishga majbur edi. So`ngra, fransuz dehqoni davlatga ham katta-katta soliqlar to`lardi. Dehqonlardan olinadigan soliqlar markazlashgan Fransiyaning juda tez o`sib ketgan davlat idoralarini ta’minlab turuvchi asosiy manba edi. Korol sarotf, byurokratiya, armiya va cherkov g`oyat ko`p mablag` talab etardi.Davlat soliqlarning bir qis.mi keyinchalik har xil pensiyalar, hadyalar va hokazolar tarzida yana o`sha dvoryanlarga kelib tushardi. Fransuz dehqoni pomeshchiklarga feodal rentasini aslda ikki marta to`lardi: bir marta chinsh tariqasida va u bilan bog`liq bo`lgan har xil to`lozlar shaklida o`zining mahalliy yer egasi senoriga to`lar, ikkinchi marta esa davlat soliqlari tariqasida umuman butun feodallar sinfiga (o`ziga xos markazlashtan feodal rentasi qilib) to`lar edi. Katolik cherkovi foydasiga ushur (desyatiia) ham saqlanib qolgan edi. Biroq fransuz dehqoni bo’lardan boshqa yana bir «tsenz» to`lashga majbur edi. Fransuz dehqoi-larining juda ko`pchiligi sudxo`rlardan qarzdor bo`lib qolgan edi. O`rta asrlar Fransiyasida dehqonlar katta to`lov berib ozod bo`lgan edilar, ana shu shart bilan ozod bo`lish o`sha vaqtdayoq dehqonlarni qarzga botirib qo`ygan edi. Keyinchalik yuz yillik urush davridagi xonavayronlik natijasida dehqonlarning sudxo`rlarga karamligi yana kuchayib ketdi. Nihoyat, bu qaramlik davlat soliqlarining tinmay oshib borganligi tufayli yanada kuchayib, mustahkamlanib ketdi. Bunday sharoitda frantsuz dehqonining qarzdan qutulishiga hech qanday imkoniyat yo`q edi. Oqibat natijada sudxo`r o`ziga tegishli protsentlarni dehqongashg yeri ustiga qo`yib, uni abadiy qarzdor qilar edi. SHunday qilib, dehqon yer uchun aslda yana bir renta to`lashga majbur edi, bu renta esa sudxo`rga to`lanar edi. Bu rentaping tsenzdan tashqari to`lov yoki qonunlashtiriltan- renta degan maxsus nomi bor edi.
Frantsuz absolyutizmi va uning sotsial tabiati. Ishlab chi-qarishning feodal usuli va imtiyozli feodal-dvoryanlar soslo-viesi asosan hukmronlik qiluvchi, ammo shuningdek ancha darajada sanoat rivojlanishiga erishilgan va keng milliy bozor vujudga keltirilayotgan, siyosiy markazlashtirish qadi-miy va mustahkam traditsiyaga ega bo`lgan agrar mamlakat fransiyada siyosiy tuzum XVI—XVII asrlarda eng rivojlangan klassik absolyutizm formasini oldi. Mamlakatda yuqori imtiyozli soslovie bo`lgan feodal dvoryanlar sinfi fransuz samoderjavieining asosiy sosial bazasi edi. Ilk vaqtlardan buyon korol hokimiyati bilats mahkam bog`lanib turgan katolik cherkovi fransuz korollariga katta yordam ko`rsatardi. Tashkil topayotgan burjuaziya ham, yuqorida ko`rganimizdek, o`z zamonida korol hokimiyatining ishonchli ittifoqchisi bo`lib kelgan edi. O`rta asrlardagi fransuz kommunalarining tarixi bunga yaqqol dalildir. Lekin keyiproq ham burjuaziya korol hokimiyatiga muhtoj edi. Burjuaziyaning markazlashgan feodal davlat bilan bog`lanishining yangi muhim formasi davlatiing moliyaviy ishlaridan burjuaziyaning manfaatdorligi edi. Davlat harajatlari (ayniqsa urushlar munosabati bilan) ortib borgan sari davlat burjuaziyadan qarz olardi. Burjuaziya bilai davlat xo`jaligi o`rtasidagi aloqaning yana bir formasi otkup (ijaraxo`rlik) sistemasi edi. Deyarli hamma bilvosita soliqlarni to`plash moliyachi- kapitalistlarga topshirilardi, ular esa aholidan soliq pullarini o`z agentlarining yordami bilan o`zlari yig`ib olar va buida davlatga ijaraxo`rlarning odatda «oldi» to`lagan pullari summasidan ancha ko`proq qilib yig`ib olar edilar. Fransiyada otkup sistemasi dastlabki kapital jamg`arilishining o`ziga xos formasi edi. Buning ustiga burjuaziya feodallar davlati agtparatidan yana o`ziga xos bir tarzda ham foydalanardi. O`rta asrlar oxiridan boshlab, Fransiyada davlat manbalarini pulga sotish va sotib olish tartibi mahkam o`rnashib q olgan edi. Burjuaziya bunga foyda keltiruvchi savdo muomalarining bir xili deb qarardi. Mansabni sotib olish uchun sarf qilingan kapital keyinchalik, burjua amaldorlarga yumushi tushib turadigan xalq ommasidan keladigan daromad hisobiga ortig`i bilan mansab egasiga qaytib kelishi shart edi. Sudlardagi har xil mansablar ayniqsa ko`p daromad keltirardi.
Yirik fransuz burjuaziyasining ko`pchiligi o`z manfaatlari jihatidan absolyutizm bilan chambarchas bog`langan edi va xonavayron bo`lgan dvoryanlarning mol-mulklarigina emas, balki ularning titullari va unvonlarini ham egallab olib, sekin-asta dvoryanlashmoqda edi. Mayda burjuaziyaga kelganda, uning o`zi davlatining og`ir moliyaviy zulmi dastidan azoblanmoqda edi. Dehqonlar bilan birga shahar mayda burjua-ziyasining ham davlat soliqlari tufayli tinkasi qurimoqda edi. Moliyachi boylar va ularning bir to`da agentlari bo`lgan soliq to`plovchilarga shaharlardagi mehnatkashlar ommasi ham, xuddi qishloq mehnatkashlar ommasi singari juda nafrat bilan qarardi. Soliq to`plash munosabati bilan ko`tarilib turgan qo`zg`olonlar XVI va XVII asrlardagi fransuz shahar-lari va frantsuz viloyatlari tarixida eng muhim ijtimoiy-- siyosiy hodisalardan biridir.
Frantsisk I davrida absolyutizmning muvaffaqiyatlari. Korol Frashisk I davrida (1515—1547) korol hokimiyatn g`oyat zo`r qudratga ega bo`lgan edi. Frantsisk I (Fransua I) dastav-"val cherkovni tamomila o`ziga bo`ysundirdi. Papa Lev X bilan Polonda tuzilgan konkordatga ko`ra, frantsuz koroli barcha frantsuz yepiskoplarini vazifalarga o`zi tayiilaydigan bo`ldy, SHu bilan birta papa frantsuz cherkovidan keladigan daromad-larning ko`pchilik qismini korolning o`zi olishi uchun huquq berdi.
So`ngra, Frantsisk I Bosh shtatlarni mutlaqo chaqirmay qo`ydi. Garchi u uzoq vaqt korollik qilgan va uning davrchda doim urushlar bo`lib, odatda bunday vaziyatda frantsuz korol-lari shtatlarni chakirishga Majbur bo`lgan bo`lsalar h,am, Frantsisk I davrida Bosh shtatlar bir marta ham chaqirilmadi. Frantsisk \k.onun chiqaruvchi hokimiyat tanho o`z qo`limda bo`lishi lozim, Deb__bilar va bu hokimiyatni vakillar yig`ink bilan o`rtoqlashishni sira istamas edi. Uning yuristlari ha-loyiq oldida ochiqdan-ochiq; korol hokimiyatini hech kim va hech iarsa cheklab qo`yolmaydi, deb e’lon qilardilar. 1527 yilda Larij parlamentining prezidenti majlisda hozir bo`lgan korolga murojaat qilib: «Siz qonundan yuqori turasiz, sizni qonunlar va ordonanslar hech narsaga majbur etolmaydi va umuman sizni biron-bir narsaga majbur qila oladigan hokimiyatning o`zi yo`q» degan edi.
Durust, Bosh Parij shtatlari bo`lmaganligidan, parlament korol edikt (farmon)larini ro`yxatga olish huquqiga asosla-nib, korol hokimiyatini cheklovchi organ bo`lib ol-ishga urinib ko`rgan edi. Ammo u bunga muyassar bo`lolmadi. Frantsisk 1 fatsat oliy sud palatasi sifatida parlamentga taalluqli bo`lgan sud ishlaridan tashqari, davlatning boshqa ishlariga unnng aralashishini man qildi.
Korolk davlat boshqarmasining mayda-chuydalariga ham-shaxsan o`zi aralashardi.Butun markaziy boshqarma ishi korol kengashi qo`lida edi. Bu kengash turli nomdagi bo`limlarga: Katta va Kichik kengashlar (Kichik kengash odatda korol ish-tirokida bo`lardi), Moliya kengashi, Xat aloqalari kengashi, Siesiy yoki Davlat kengashi (bu kengash tashqi ishlar bilai shug`ullanardi) va boshqalarga bo`lingan edi. Bu bo`limlar umuman markaziy organlar bo`lib, keyinchalik paydo bo`lgan bosh ministrliklar: ichki ishlar, moliya, yustitsiyadashqi ishlar va hokazo ministrliklarga mos kelardi.
Italyan urushlari. Uzining o`tmishdoshlari korol Qarl VIII va Lyudovik XII ga o`xshab, Frantsisk I ham italyan urushlarn-ni davom ettirdi. U Karl V Gabsburg bilan to`rt marta: 1521 — 1525, 1527—1529, 1536—1538 va 1542—1544 yillarda urush qildi, Frantsisk I urushlarda ayrim muvaffaqiyatlarga erishgan va dishyumatiya sohasida katta iste’dod egasi bo`lib, Gabs-burglarga qarshi kurashda o`zita juda ko`p (shu jumladan turk sultonini ham) ittifoqchi qilib olgan bo`lsa-da, Italiyadagi urushlar frantsuz feodallari uchun muvaffaqiyatsiz tugagan edi. 1525 yilda Pa.viya yonidagi jangda mag`lubiyatga uchraganida Frantsisk I hatto o`zining qudratli dushmani qo`liga asir bo`lib ham tushib qolgan edi. So`nggi urush vaqtida Qarl V Frantsiya territoriyasiga bostirib kirib, Parijga hujum boshladi. Ammo aholi ommasi, xususan dehqonlar bosqinchilarga juda qattiq qarshilik ko`rsatdilar. German protestans knyazlarining im-peratorga qarshi qo`zg`olon ko`tarishiga tayyorlanayotganliklaridan xabardor bo`lib qolgan Karl V Frantsiyada urush hara-katlarini davom ettirishdan voz kechishga majbur bo`ldi. U Frantsisk I bilan sulh tuzdi; 1544 yilgi (Krepi shahrida tuzilgan) shartnomaga binoan har ikkala tomon urushib olgaj yerlaridan voz kechdi.
Frantsisk I o`lgandan keyin uning vorisi Genrix II davrida (1547—1559) italyan. urushlari yana boshlanib ketdi. Bu uruslar 1559 yilda Kato-Qambrezi shahrida tuzilgan, sulh bilap tugadi. Bu sulh bitimiga muvofiq Genrix II Italiyadan tamo-mila voz kechdi. Am.mo Filipp II Yspanskiy ham o`z tomonidan muhim bir masalada yon berdi: Frantsiya Mets, Tul va Verden shaharlari bilan birlikda Lotaringiyaga (yuqori Lotaringich deb atalgan yerlarga) ega bo`lib qoldi. Bu bilap Frantsiya davlati o`zining hamma yerlarini tamomila birlashtirib, deyarli hozirgi chegaralarigacha bo`lgan yerlarga ega bo`ldi.
Frantsiyadagi Uyg`onish. Italiyaga qilingan yurishlarning oqibatlaridan biri shu bo`ldiki, frantsuz jamiyati o`sha zamoi Yevropasida eng go`zal va nafis madaniyat bo`lgan italyan mada-niyatini o`zlashtirib oldi. Italiyaga borib kelgan frantsuz dvoryanlari italyanlarning rasm-odatlari, odob-qoidalari va kiyimlarini o`zlashtirib oldilar. Frantsiyada juda ko`p kishi-lar italyan ilm-fani, san’ati va adabiyotini sevib, unga taqlid qila boshladilar. Qorol saroyi Uyg`onish davr yangi madaniyatining asosiy markazi bo`lib qoldi. Korolning Parijdagi g`oyat go`zal Luvr saroyi italyan arxitekturasi uslubida qurildi, xuddi shu uslubda shahar tashqarisida bir qancha qasrlar ham solindi. Korolning singlisi malika M a r g ar i t a Navarrskaya iste’dodli shoira bo`lib, bir qancha gumanist adiblar, shoirlar va rassomlarni o`z atrofiga to`plagan edi. Germaniyadagi singari, Fransiyada ham antik ahvolarlarning ijodlarini zo`r berib o`rgana boshladilar. Atoqli filolog Giyom Byude (1460—1540) qadimgi grek tilink g`oyat Yaxshi bilishi bilan mashhur edi. Uni mashhur nemis gu-manist filologiga o`xshatib «frantsuzlarning Reyxlini» deb atardilar. Jak Lefevr d' Etapl (1455—1537) atoqli gumanist, faylasuf, geograf va adatematik bo`lib, uning nomi ham frantsuzlar reformatsiyasining boshlanishi bilan bog`liqdir. Sholastik traditsiyalarga mahkam yopishib olgan eski Pa-rij universiteti (Sorbonna) ga qarama-qarshi o`laroq, yangp tashkil topgan Frantsuz kolledji gumanizmning markazi bo`lib qolgan edi,bu kolledj o`ziga xos gumanistik akademiya edi. Jahonga dong`i ketgan Fransua Rable (1494--1553) frantsuz g`umanizmipiig eng katta namoyandasi edi. Buyuk fransuz satirigi Rable yozgan «Gargaptyua va Paptagryuel» degan romli feodallar jamiyatining sharmandasini chiqargan, o`tkir fikrlar va achchiq kinoyalarga to`lib-toshgan g`oyat zo`r va kuchli satirik asardir. Rable bu asarida xalq yaratgan sodda romanlar formasidan foydalanib, feodallarning beso`naqay,Kato-Kambrsziy shartiomasida bu shartnoma tuzilishdan avval Fransiya bilan urush holatida bo`lgan Angliya ham ishtirok etgan edi. Frantsiya 1559 yilgi shartnomaga binoan Qale shahrini qaytarib olishga erishdi. Bu shahar yuz yillik urush vaqtidan (1347 yildai beri) inglizlar qo`lida edi.
Eb to`ymas, ichkilikboz, janjalkash kishilar qilib, oliy va farosatli motivlardan mutlaqo 'mahrum hayvonlardek haet kechiradigan kishilar qilib ko`rsatadi.
SHu bilan birga, Rable o`z romanida, gumanistik ilm-ma’rifat va tarbiya uchun kurashchi, tabiat va kishini o`rganadigan yangi fanni joriy qiluvchi tashabbuskor, sholastikaning dush-mann snfatida maydonga chiqdi, u sholastikani insoniyatdan yorug`likni vaqtipcha to`sib turuvchn «gotik va varvarlar tumani» deb atagan edi.
Frantsiyada reformatsiya. 'Frantsiyada reformatsiya ham guma-nistlar doirasida boshlandi. Lefevr d' Etapl 1512 yshgdayoq «Apostol Pavelning maktublari» haqida degan kitobi bilap maydonga chi^kan edi. U o`zining bu kitobida Lyuterga o`xshab, «najot yo`li — dindir» degan g`oyani ilgari surgan edi. Lefevr 20-yillarda tavrot (bibliya)ni frantsuz tiliga tarjima qila boshlagan edi. Ammo Lefevr reformatsiyani tayyorlab bergap bo`lsada, protestant bo`lmagan edi. U hayotining oxirigacha rasman katolik bo`lib qolaverdi. Lefevrning shogirdi va Mo sha-harchasining spiskopi Brisone ustozidan apcha o`tib ketib, shahrida Fransiyadagi birinchi protestantlar jamoasini tuzdi, lekin bu jamoa keng yoyila olmadi. Frantsiyaga Lyuterning ko`pgina izdoshlari ko`chib kelishi munosabati bilan1 bu mamlakatga Lyuter g`oyalariping kiritilishi lrotestantizmnipg yoyilishiga ko`prok ta’sir ko`rsatdi. Avval boshda Kalvinning o`zi ham Lyuternitg izdoshi edi, u faqat keyin, 30-yillarga kelib, bu ta’lyuyutni chuqurlashtirdi va radikallashtirdi. Ammo Frantsiyada yangi protestantlik dininiig sotsial pegizi keng emas edi. Mamlakatning yashmolidagi shu jumladan, Pa-rijning yirik burjuaziyasi ham katolik diniga mahkam yopishib olgan edi, chunki korol singari katolitsnzm ham Frantsiyadagi milliy birlikning simvoli edi. Fraitsiyada katolik cherkovi Germaniyadagi singari papaga tobe emas edi. Bu cherkov tamomila korolga bo`ysunardi. Frantsiyada dexdonlar kato-litsizmga juda berilgan edi. Bunga sabab frantsuz agrar munosabatlari konservativ xarakterda bo`lganligi va bu vaqtlarda Frantsiya qishloqlarida ijtimoiy ziddiyatlar Germaniya bilai Angliyadagi singari juda keskip tuoga kirmaganligidir. Nihoyat, fraitsuz dvoryanlari ham avval boshda reformatsiya bilan u qadar qiziqmagan edilar. Frantsuz dvoryanlariniig eng aktiv qismi Italiyadagi urushlar bilan band edi.
Frantsysk I bir oz vaqt mamlakatda reformatsion g`oyalar-ning yoyilishiga chidab, indamay keldi, chunki u Karl V ga qarshi olib borayotgan kurashida german protestant knyazlari-dan madad olib turar edi". Ammo 30- yil o`rtalarida korol hukumati «eretiklar»ni juda qattiq ta’qib qila boshladi. 1535 yilda lyuteranlardan 35 kishi o`tda kuydirildi va 300 kn-shi qamoqqa olindi. 1540 yilda Frantsiyada inkvizitsiya jornn qilindi. Yeyilib borayotgan kalvinizm ma’murlarni ayniqsa katta tashvishga solnb qo`ydi. Goirix II davrida, yapgi korol-ning mamlakatni idora qila boshlagan birinchi yildaeq kalvinistlarnn nzazolash uchun favqulodda tribunal tuzildp. YAp~ gi sud dabdabali nom bilan «Utli palata» deb ataldi.
1547 yildan to 1550 yilgacha o`tgan uch yil mobaynida «O`tli palata» 500 tacha hukm chiqardi, bundan 60 tasi o`lim jazosi to`g`risidagi hukm edi.
Lekin shunga qaramasdan Frantsiyada reformatsiya rivojlana bordi. Garchi dehqonlar «eres»ga beparvo munosabatda bo`-lib, burjuaziyaning yuqori qatlami va saroyga yaqin dvoryanlar eski katolik cherkovini bor kuchlari bilan himoya qilgan bo`lsalarda, shaharlarda kalvinizmga tarafdor bo`lganlar anchagina topilar edi. Janubiy va g`arbi-janubiy shaharlar, sobiq albegoychilar harakatining markazlari kalvinizmga ayniqsa moyil edilar. Kalvinistlar, yoki Frantsiyada ularni ataganlaricha — gugenotlar1 Frantsnyaning janubida 30- va 40-yillarda ayniqsa ko`payib ketishdi. Ayni zamonda janubiy frantsuz dvoryanlari ham zo`r berib kalvinizmga qo`shila boshladilar. Bo’larning ko`pchiligi Frantsiyaning janubi va janubi-g`arbiy qnsmidagi o`rta va mayda dvoryanlar ednlar. Mahalliy shaharlar bylan bog`liq bo`lgan, tor provintsial kayfiyatdagi va qisman hali patriarxal sharoitdan chiqmagan shu dvoryanlar kalvinizmni o`zlarining «sof dini» deb 0ilar, mar-kazlashgan katolitsizm ideologiyasiga qarama-qarshi o`larok, ideologik jihatdan o`zlarining 'mahalliy partikulyarizmini aks ettiruvchi dyan deb bilardi, chunkn ular kyatolnk drnini korol va Parij dini deb, XVI asrda ham janubliklar uchun yot bo`lib qola bergaya SHimoliy Frantsiya dinn deb bilardilar.
Ammo vaqt o`tishi bilai siyosiy mulohazalarga ko`ra, janub-dagina emas, balki Frantsiyanipg boshqa oblastlaridagi yirik feodal aristokratlar ham gugenotlarga qo`shnldilar. Chunki gugenotlarning cherkov tashkiloti hamda gugenot dvoryanlar bilan shaharliklar ommasi korol hokimiyatiga qarshi kurashda protestantlar uchun kuchli dastak bo`lishi mumkin edi.
GUGYeNOTLAR URUSHI.
XVI asr o`rtalarida frantsuz monarxiyasining krizisi. 50-60-yillarda frantsuz monarxiyasi og`ir krizisni boshidan ke-chirmoqda edi. Italyan urushlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Frantsuz feodallarining harbiy o`ljalar olamiz, Italiyada yer va mansablarga ega bo`lamiz deb kutgan umidlari puchga chiqdi. Dvoryanlar, shu jumladan ularning yuqori qat-lami bo`lgan aristokratiya ham, bu muvaffaqiyatsizliklarga uchrashdi.
«Gugenotlar »degan so`z — Jenevada reformatsiya tarafdorlarini bil-diradigan nemis so`zi (Ye1d§epozzep yoki Ye1Ydepo$1)ning buzib aytilganidnr. G`azabga kelib, buning uchun korol bilan saroyni aybladi. Urushdan keyin aristokrat dvoryanlarning iqtisodiy ahvoli juda yomonlashib, xonavayronlikka yaqinlashib qoldi. Aristo kratiyaning harajati doim ko`paya borganligidan, ularning yeridan keladigan daromadi bu harajatlarni qoplay olmaydigan bo`lib qoldi. Boshlanib ketgan narxlar revolutsiyasi umuman frantsuz dvoryanlari ahvoliga og`ir ta’sir ko`rsatdi. Bu dvoryanlar dehqonlardan traditsion belgilangan shaklda pul to`lovlari olardilar. CHerkov yerlarini sekulyarizatsiya hilish masalasi endilikda dvoryanlar uchun aktual masala bo`lib qoldi. Dvoryaplar siyosiy sohada ham markaziy hokimiyatning yon berishiga erishmoas uchun gugenotlarning tashkilotlari va gugenotlar harakatidan darhol foydalanish payiga tushdilar. Genrix II vorislarining zaif bo`lganligi feodallar oppozi-tsnyasining ularga qarshi chiqishini osonlashtirdi.
Frantsiyadashu tarzda uzoq davom etgano`zaro urushboshlanib ketdi. Gugenotlar urushi (Frantsiyadati kalvinistlar nomidan (yoki grajdanlar urushi (ez Oi1ggez Ssh1eb)» degan nom bilai mashhur bo`lgan bu urush hammasi bo`lib o`ttiz yildan ko`proq davom etib, Frantsiyaning shundan keyingi tari-xiga g`oyat katta ta’sir ko`rsatdi.
Keyingi Valualar. 60- yillar boshida gugenotlar va katolik-lar. Genrix II dan keyin ketma-ket uning uch o`g`li: Frantsisk II (1559—1560), Karl IX (1560—1574) va Genrix III (1574—1589) korollik qildi. Ular kam qobiliyatli hukmronlar edi, ba’zi hollarda esa, hatto balog`atga yetmasdanoq mamlakatni idora qila boshlab, saroydagi har xil feodal guruhlarining fitna-nayranglari uchun osongina tsurol bo`lib qolardil"ar. Frantsisk II davrida saroyda lotaringiyalik feodal Gizlar oilasi yetak- chilik qildi. 10 yoshda korollik qila boshlagan Karl IX vats-tida esa uning onasi — kelib chiqishi jihatidan italyan bo`lgan Yekaterina Medichi korollnkda regentlik hilgan edi. U o`z favoritlari bilan birlikda hokimiyatni boshqarib turdi. 60- yillar boshida eng yirik feodallar nkkita diniy-siyosiy gruppaga ayniqsa keskin bo`linib ketdilar. Feodallarning bir qismi Gizlar boshchiligidagi katolitsizm tomonida edi. Yekaterina Medichi ularning haddan tashqari mansabparastligidan cho`chisa ham, ularga qo`shilgan edi. Boshqa bir oppozitsion kalvinchi gugenotlar partiyasiga Burbonlar bilan Kolinilar boshchilik qildilar.
Burbonlar xonadonining boshlig`i Antuan Burbon kichkina-gina vassal davlat bo`lgan frantsuz Navarrasining koroli edi. Burbonlar ayniqsa Frantsiyaning janubida mashhur edilar.. Kolini admiral edi va uning (Urta Frantsiyadagi) aristokratik shatilonlar familiyasidan qarindoshlari juda ko`p edi. Saroyda «siyosatchilarning» mo`’tadil partiyasi ham bo`lib, bu partiya har ikki chekkadagi partiyani yarashtirishga urinardi. Bu partiyaning namoyandasi gugenotlarga bir qadar dimny huquqlar berilishining tarafdori bo`lgan kantsler Lopital edi. Uning tashabbusi bilan 1560 yilda Orleanda bitishuvga kelish maqsadida Bosh shtatlar chaqirilgan edi (Bosh shtatlar 1484 yildan buyon chaqirilmay turgan edi). SHtatda Burbonlarning tarafdorlari ko`p bo`lib chiqdi, ular Frantsiyada sekulyarizatsiya o`tkazishni yoqlab chiqdilar. Umuman esa, soslovielar o`rtasida yakdillik bo`lmadi. Qisqagina sessiyadan so`ng shtatlar tarqa-tib yuborildi. SHunday bo`lsada, 1562 yilda hukumat edikt chiqardi (yanvar edikti), bu ediktda kalvinistlarga ko`pdan-ko`p cheklashlar bilan o`z kultlarini ado etishga ruxsat beril-di. Bu edikt gugenotlarii ham? katoliklarni ham qanoatlantirmadi. Joylarda har ikkala dinin partiya tarafdorlari o`rtasida qurolli to`qnashuvlar bo`lib turdi. Katoliklar ham, gugenotlar ham zo`r berib grajdanlar urushiga tayyorlana boshladnlar.
Gugenotlar urushlarining boshlanishi. Gugenotlarning urushi 36 yil davom etdi (1562—1598). Bu urush 1562 yil I martda Vassi shahridagi uryiqitlar bilan boshlanib ketdi. SHahar gugenotlarining yig`ini ibodat qilayotgan vaqtda gertsog Gnz o`zining qurollapgan odamlari bilan ularga hujum qildi. Gutenotlarning qurollangan bir qismi hujum qilganlarga zarba berdi. Ikki dushman guruhining dastlabki qurolli to`q-iashuvi ana shu tarzda ro`y berdi. SHundan keyin ko`p o`tmay, har ikki tomon feodallarining qurolli kuchlari chinakam urush harakatlarini boshlab yubordilar. Ahyon-ahyonda urush harakat-lari to`xtatnlib, yarash sulh^i tuzilardi. Dastlabki o`n yil mobaynida uch marta ana shunday urush bo`ldi. Har ikki la-gerga rahbarlik qiluvchi xonadonlarning katta namoyandalari bu urushlar davomida yo`q bo`lib ketdi: katoliklarping rahba-ri Fransua Giz bila]1 gugenotlar rahbari Antuai Burboi o`ldirildi.
1572 yilda saroyda bir plan payd,o bo`ldi, bu planda tashhi siyosat vositasi orqali katoliklarni gugeiotlar bilan yarash-tirish mo`ljallangan edk. Kolin’i Niderlandiyag`a yordai baho-nasi bilan Ispaniyaga qarshi urush loyihasini ishlab chiqdi, Niderlaidiyani Ispaniya qo`lidap ozod qilish byalanoq fraitsuz yerlariga qo`shish ko`zda tutilgan edi. Partiyalarni yarashti-rish dinastiya nikohi bilan mustahkamlanishi lozim edi. Qarl IX ning sipglisi Margarita Valua o`lib ketgan Antuan Burbonning o`g`li Genrix Navarrskiyga erga tegayotgan edi, Gen-rix Navarrskiy esa, bu vaqtda gugenotlarninG1 bosh rahbari bo`lib qolgan edi. Ammo bu bitishuv Gizlar hamda Yekaterina Myodichi tomonidan buzildi. Parijga nikoh to`yiga kelgan gug`enotlar 1572 yil 24 avgustga o`tar kechasi xoinona qirib-tashlandi. Bu Varfolomey kechasi deb atalmish voqea fa^at Parijdagina yuz berib qolmadi. Ana shu tarzda oldindan tuzilgan planga muvafiq Frantsiyaning boshqa shaharlarida ham gugenotlar qiri.b tashlandi. Parijda 2 mingdan ortiq Rasida admiral Koliniga qaraganda ancha shavqatsiz edi.: Bu Frantsiyaning janubi va butunlai ajralib ketgan.
Davlat hokimiyatining «ijtimony shartnoma» yo`li bilan kelib chiishi haqidagi nazariyaii rivojlantirap. edilar. Dastlabki korollarni xalq saylab qo`yardi, deb yozgan edilar (gugenot, publitsistlari. «Xal^ ularni, ya’ni {korol-larni) saylar ekan, ular bilan shartpoma tuzardiki, bu shart-nomaga binoan korollar xalq manfaatdariga rioya qilishlari kerak. Korol unvoni ~ shavkat emas, balki mehnat, zo`ravon-lik emas, balki jamoatchilik uchun xizmatdir», korol hokimi-yati xalq oldida javobgar bo`lishi kerak. Uz hokimiyatini sui-iste’mol tsilgan korollar zolimlardir va xalq ularni haydab yuborishga haqlidir.
Biroq, gugeiot monarxomaxlarining1 nazariyalarida res-publikachilik, zolimlarga qarshi kurash ohaiglari aristo-kratlarga mehr qo`yyash bilan chambarchas chatishib ketgan edi. Ular «xalq deb xalqning eng Yaxshi qismini, ya’ni aristokrat-larni ko`zda tutardilar. «Bie xalh degaida,— deb yozdi motsar-xomaxlardan YUber Lange,— biz butun xalqni emas, balki uning namoyandalari bo`lgan gerdoglar, shahzodalar, zodagon-larmi ko`zda" tutamiz... Avom xalqnipg hokimlik qilishidan yokn dvoryanlarni yo`q qilishga intiluvchi o`ta demokratlardan satslaningiz» degan edi. 1577 yilda «Zolimlarga qarshi da’-vo»2 degan dabdabali sarlavha ostida pamflet yozgan yana bir respublikachi gugenot D yu Plessi Morne (1549—1623) bunday' degan edi: «Xalq ko`p boshli bahaybat mahluqdir, u-davlat ishlaryni hal qilishga ^odir emas».
Uz umrnni yashab bo`lgan eski tartiblarga qaytish ishtiyoqp* dagi gugenotlar aristokratiyasi siyosiy pragrammasining .reak-tsion xarakterini uchinchi publitsist Fransua O t m an (1524—1589) o`zinnng «Franko-Galliya» (1573 yil) pamfletida ochiq-ravshan namoyon qildi. Bu asarida u quyidagilarpi yozgagg )esh- «Merovinglar /va Karolikglarning eski .tartiblariga qaytish kerak, u paytda butun aholi o`z-o`zini boshqarishda ishtirok etar va korollaryai saylar edi». Otmanping idealn boshqarishning tarqoq formasi bo`lib, upda Frantsiyani tashkil qiluvchi oblast-davlatlar koifederatsiyasini korolliknsht eag Yaxshi va eng e’tiborli kishilari boshqarishlari kerak edi. Barvaqt o`lib ketgap publitsist Eten Laboesi (1530--1563) monarxomaxlar orasida eng radikal-demokratik pozi-tsiyada turardi. U 1562—1563 yillarda yozilgan, ammo keyin-roq— 1574 va 1576 yillarda bosilib chiqqan «Ixtisriy qullik haqida mulohazalar» kitobiking avtori edi. Gugenot yozuvchi Agripp d' Ob.ine (1552—1630) o`z dostonlari va .memuar
Monarxomaxlar — grekcha so`z bo`lib, «monarx.tar bnlan shuvchi» yoki «zolimlar bilan kurashuvchi» deb tarjima qiladiyaar.
Palfl anonim edi; aztor uida o`z pomi o`rniga mashhur qadimiy Rim respublikachisi YUniy Brut nomini qo`ygan edi.
larida monarxomaxlik, zulmga qarshi kurash motivlari yaq-kol aks etgan. Bu yozuvchi Varfolomey kechasidagi dahshatlar uchun Yekaternna Mednchi va Karl IX dan o`ch olishga chaqirgan edi.
Katolik lngasining tashkil topnshi. 70- yillarning o`rtala-larida katoliklar shimolda Katoliklar ligasi nomi ostida o`zlarining siyosiy ittifoqiii tashkil etdilar. Bu ligaga o`lib ketgan Fransua Gizning o`g`li Genrix Giz rahbarlik qilgan, u katoliklar partiyasining hammaga ma’qul rahbari bo`lib ol-gan edi. Bu liga Parijdagi korol hukumatshsh nazorat qilib turardi. 1576 yilda Blua shahrida to`plangan yangi Bosh shtat-larda ham liga a’zolari ko`p edi. Qatoliklar ligasi korol Genrix III ning gugenotlar bilan yarash bitimi tuzish va ular-ga diniy erkinlik berish to`g`risidagi urinishlariga qat’iy qarshilik ko`rsatdi. 1584—1585 yillarda Parijda . yana bir siyosiy tashkilot — Parij ligasi tashkil etildi. Bu liga o`z sostavi jihatidan katoliklar ligasiga qaraganda ancha demo kratik xarakterda edi. Bu ligaga kirgan Parijning ko`p sonli mayda burjuaziyasi korolni gugenotlarga yon bergani uchun, saroy ahllarini zsa, ularning zebi-ziynat ichidagi dabdabali hayoti uchun, korol amaldorlari va sudyalarini tama’girliklari va lo`ttibozligi uchun tor-mor hilib tashlashga tayyor edi. Eng jangovar katolik ordenlarining monaxlari. rahbarlik qnlayotgan bu Parij ligasinnng a’zolari fanatik kayfiyatda bo`lish bilap birga, ayni paytda eng ashaddiy katolik reaktsiya-sini ham qo`llab-quvvatlar zdrglar.
Uch Genrixning urushi. Gug`enotlarning katoliklar bilai kurashlari uchinchi davrda — 80- yillarning yarmidan boshlab juda keskinlashib ketdi. Bu vaqtda gugenotlarning sakkizinchi urushi (1585—1589) davom etmoqda edi, bu urushda ayni bir paytda Genrix Giz, Genrix Valua (korol Genrix III) va Genrix Burbon (uning korol Navarrskiy degan nomi ham bor edi) ishtirok etgani tufayli, unga «uch Genrixning urushi» deb n.om bergan edilar.
Katoliklar lagerida Genrix Giz tobora aduhim o`rip ola boshladi. Uning tarafdorlari ochiqdan-ochiq Gizler taxtga Valuadan ko`ra ko`proq haqlidirlar, deya boshladilar,. chunki ular (Gizlar) bevosita Qarl Buyukning avlodi emishlar. Ge rix III ning vorisi bo`lmagani tufayli liga a’zolari koroldan Genrix Gizni rasman taxt vorisi deb e’lonchdilishni talab etdilar. Genrix SH avval boshdanots Gizlarning vasnyligini malol ko`rar edi. 1588 yilda u qo`shinlarni Parijga tomon sura boshladn va Gizni hamda liganing boshqa rahbarlarshsh qamoqqa olishga tayyorlandi. Bundan liga doirasidagilar xa-bardor bo`lib qolganlaridan so`ng, ligachilar loytaxtda o`z agi-tatsiyalarini kuchaytirdilar va Parijda korolga qarshi qo`zg`o-lon ko`tarildi. 1588 yil may oyining 12- va 13-kunlarida Parij ko`chalarida shahar tarixida birinchi marta barrikadalar1 laydo bo`ldi. Hunarmandlar, mayda savdogarlar, xalnfa-lar, ishchilar, mardikorlar faqat barrikadalar quribgina qolmay, balki korol qo`shillari bilal jang boshlashga ham tayer edilar.
Genrix III Parijdan SHartr shahriga qochib ketdi, u yerdan poytaxtga qaytib kelib, g`alayonchilardan o`ch olishga umid bog`-lagan edi, Korol Gizlarga qarshi harbiy kuchlar to`pladi, Ammo bu kuchlar bilan Parijga tomon kirishga jur’atqilol-madi. Genrix III dastavval Giznipg o`zidan qutulishga qaror berdi. SHu maqsadda Giz yarashish bahonasi bilan korol huzu-riga taklif etildi. Qorol qabo’lxonasida soqchi soldatlar liga rahbariga xapjar sanchdilar (1588 nil 22 dekabr). Bunga javoban Parij Valuaga bo`ysunishdan bosh tortdi. Haqiqat-da shahar o`z hokimiyat boshqarmalariga ega bo`lgan mustaqil respublikaga aylandi. Hoki.miyat boshqarmalari orasida de-mokratik «16 lar komiteti» katta ahamiyatga ega bo`ldi, bu «.komitet» poytaxt rayoplaridagi saylab qo`yiladkgan tashkn-lotlarining vakillaridan iborat edi. Parijdan o`rnak olpb, boshqa shaharlar ham mustaqil shahar-respublikalarga aylan-dilar.
Mamlakatning janubigina emas, shimoli hai mayda parcha-larga bo`linib ketdi. Genrix III o`zining ahvolini Yaxshilash uchun Genrix Navarrskiy bilan ittifoq tuzmoqchi bo`ldi va uni o`zining vorisi deb e’loi hildi. 1589 yil bahorida bitim tuzilib, har ikkala korol Parijga-tomon yurish boshladi. Ammo Geprix SH Parijga qaytnb kelmadi. 1589 yil 1 avgustda Dominikan ordenining monaxi Jak Kleman korolning Sen-Qlu qarsrgohiga pistirib kiryb, uni xanjar sanchi-b o`ldirdi, shu tariqa Genrix Gizning o`limi uchun undan o`ch oldi. Genrix III ping o`lishi bilan Valualar dinastiyasi tamom bo`ldi. 5gz tarafdorlari tomonidan Frantsiya koroli qilib e’lon etil-gan Geirix Burbon Genrix IV nomi bilan yangi Burbonlar dinastiyasini boshlab berdi.
Gug.enotlar urushlarining tugashi. Nant edikti. YAngi korol-ning a^voli dastavval ancha mushkul edi. Parij «eretik» ko-rolni tan-olgisi kelmadi. Uldirilgan Genrix Gizning ukasi gertsog Karl Mayenskiy yangi tso`shinlar to`plab, gugenotlarxa. qarshi urushni yangidan boshlab yubordi. Filipp II Ispanskiy katoliklarga yordam berish uchun Frantsiyaga o`z qushinla^ini yubordi. U Parijga korol qilib o`z odamini o`tqazishni mo`l-jallagan edi.
Genrix IV liga qo`shinlarshsh Arka va Ivra yaqinida — 1589 va 1590 yillarda ikkn marta tor-mor keltirdi. Ammo u hali kat’iy g`alabani qo`lga kiritmagan. edi. Turli viloyat-
«Barrikada» nomn Kagpsade — «bochka» so`zidan kelib chiqqan, chunki ^o`zg`olonchilar ko`chalarnch vinodan bo`shagan bochkalar bilan to`sib, bu bilan otliq askarlarning o`tnshini qiyinlashtirar edilar
larda dehqonlarning hokim sinflarga qarshi kepg harakati ko`proq azob chekkan g`arbiy viloyatlarda (Puatu, Sentoij, Li-muzen, Marsh va Perigor viloyatlarida) ayniqsa kuchayib ketdi,. Qo`zg`olon ko`targan dehqonlar krokanlar1 deb nom oldilar, chunki ular dvoryanlarga, soliq yig`uvchilarga va soldatlarga qarshi hujum kilgailarida ana shunday da’vat bilan tashla-nardilar. Perigorda qo`zg`olon ko`targan dehqonlarning soni. 40 ming kishiga yetdi.
Genrix IV ga dehqon qo`zg`olonlarini bostirish uchun ko`gt kuch sarf etishga to`g`ri keldi. Lekin gertsog Mayanskiy ham. gugenotlarga qarshi- kurashishdap ko`ra, ko`proq katoliklar ora-sidagi demokratik elementlar^a qarshi kurash olib borishga-majbur bo`ldi. Parijdagi «16 lar komiteti» gertsogga qarshi. qattiq janjal ko`tardi. SHu tufayli 1591 yilda gertsog va uning ittifoqchilari komitetii tugatdilar. Gertsog hokimiyatnn o`z qo`lida saqlab qolishdan umidini uzib, Genrix IV bilan yashirin !muzoqaralar boshladi, -u ma’lum mukofot evaziga Genrixga ko`maklashishta va’da berdi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə