O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə154/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

14-Mavzu:O`rta asrlarda Turkiya.
Reja:

  1. XV asr oxiri XVI asrda Usmoniylar imperiyasini o`sishi.

  2. Sulaymon I davrida Turkiya urushlari.

  3. Sulaymon I ning ichki siyosati.

4. Usmoniylar imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi.


XV asr oxiri XVI asrda Usmoniylar imperiyasini o`sishi.
Turkiya imperiyasi 1453 yilda Konstantinopol egallagandan keyin yana kengaya boshladi. Muhammad II 50-60 yillarda Bolkon yarim orolida Serbiyani, Bosniya, Gertsogovina, Albaniyani istilo qildi. (Turklar Albanini 2 marta dastlab 1440 yili boshida, 2 marta 1468 yili egallagan. Ikkinchi yurish o`rtasida Albanlar mustaqillik uchun tinmay kurashganlar. 1443 yili Albanlar yo`l boshchisi Georg Kastriot (Iskandarbeg) turklarga qarshi kurashni Kruya shahrida boshlab, 25 yilcha Albaniya mustaqilligini saqlab turdi, uning vafotidan keyin (1468 yili) 1478-1479 yillarda boshlangan o`zaro janjal, nizolar natijasidagi Turklar Albaniyani tamomila egalladilar).
Muhammad II ning nabirasi Salim I zamonida (1512-1520) Turklarning yurishi yana boshlandi. Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning bir qismi, Dog`iston va Kurdiston egallandi. So`ngra Salim Suriya va Misrni bosib olib (1517 yil) butun islom dunyosi boshlig`i sifatida xalifa unvonini oldi. Krit, Kipr va O`rta dengizdagi boshqa yerlarini o`z qo`lida saqlab qolishi uchun Vizantiya Turkiyaga har yili katta soliq to`lab turardi.
Sulaymon I davrida Turkiya urushlari.
Sulton Sulaymon I Qonuniy davrida (1520-1566) Usmoniylar imperiyasi g`oyat katta qudratga erishdi. Dastlab Rodos va Belgrad olindi. 1526 yili Moxach yonida chex va vengirlarning birlashgan armiyasi majaqlandi. Valaxiya va Moldaviya vassal knyazliklarga aylantirildi. Ular Portaga xiroj to`lar mustaqil siyosatdan mahrum edilar. (XVI asrdayoq Yevropadagi rasmiy diplomatik xujjatlarda Turkiya xukumati Porta deb atalardi. Bu nom lotincha “porta”-darvoza, turkcha :kanu”-qopini bostir degani. Turkiya Minstrlar Soveti majlisi binosi «kanu» deyilardi. Sovet binosi Sulton qabo’l marosimi o`tkazadigan taxtli zal eshigi yaqinida joylashgan edi).
1529 yili Sulaymon Venani qamal qilib, ololmadi Eronga qarshi boshlangan urushda Bog`dod bilan birga Mesopotamiya egallandi. SHimoliy Afrika bo`ylab siljib borib Tripoli (Liviya) va Jazoir ishg`ol qilindi. Sulaymon zamonida butun Arabiston turklar qo`liga o`tdi. XVI asrda 3 qit`ada joylashgan Usmoniylar imperiyasi ilgarigi Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi egallangan yerlarni birlashtirdi. O`rta dengizning bir qismi, Qizil dengiz, Fors kultigi ular qo`lida bo`lib,YU Sulton Xindlarning portugallarga qarshi kurashida yordam berardi. Sulaymon davrida Turkiya Yevropa siyosatida katta rol` o`ynadi. Frantsuz koroli Frantsisk I Gabsburoglarga qarshi Sulaymon bilan rasmiy ravishda ittifoq tuzdi. 1529 yilgi Venaga yurishi katta urushlarning xalqasi edi.
Frantsisk I Karl V tomonidan asr olingan. Frantsiskning onasi Sulaymonga xat yozgan. Sulaymon chet ellik savdogarlarga imtiyozli savdo yorliqlari (kapitulyattsiyalar) bera boshlagan birinchi sulton edi. 1535 yili u Frantsuz savdogarlariga Turkiyaning hamma portlarida ozgina (5%) boj to`lash sharti bilan savdo qilish huquqini berdi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə