O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 491,73 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü491,73 Kb.
#109801
  1   2   3
Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
,, IQTISODIYOT ‘’ FAKULTETI
,, EKONOMETRIKA VA MODELLASHTIRISH ’’ KAFEDRASI

KURS ISHI
Mavzu: ISH HAQQINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Bajardi: Ekonometrika Yo’nalishi
EU-20 II-kurs talabasi Yuldashev Saidmalikjon
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Qabul qildi: katta o’qit, Djalilov Dostonbek

BAHO: ________________________


Toshkent-2022
Kirish
Kurs ishinig dolzarbligi: Iqtisodiy nuqtai nazardan, ish haqi mehnat ta'minoti darajasini baholashga yordam beradigan vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Davlatning iqtisodiy ahvolini aholining daromadlariga qarab qarab baholash mumkin. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan umumiy daromadlarning shakllanishi aynan bozor tizimining qay darajada tartibga solinganligiga chambarchas bogʻliqdir.Ish haqi ham aynan aholi daromadlarining mabaini tashkil etuvchi sifatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shu asnoda biz Minserning ish haqi tenglamasi yordamida Rossiya Federatsiyasida 2013-yilda olib borilgan statistik ma’lumotlar yordamida ish haqi loyihasini ko’rib chiqamiz.
Kurs ishining maqsadi. Rossiya federatsiyasida 2013-yilda shaxslar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma tahlili orqali inson kapitali rivojlanishining mehnat bozorida ish haqi bilan bo’g’liqligini o’rganish. Bu ishni amalga oshirishda Empirik ekonometrik modellar bilan ishlashda dunyo amaliyotida keng qo’llanilib kelinayotgan Minserning isha haqi tenglamasidan foydalanish.
Kurs ishining obyekti. Rossiya Federatsiyasida ish haqi o’zgarishini o’rganish va tavsiflab berish.
Aholining mablag’larini ularning ta’lim yili va bir qancha boshqa omillar ta’siri orqali hisoblanib chiqish.
Kurs ishining vazifasi. O’zbekiston Respublikasida ham keyinchalik mana shunday kuzatuvlar olib borishga zamin yaratish. Kelajakdagi akademik tahlillarni amalga oshirish uchun dasturiy ahamiyat kasb etishi va ularni bajarish.
Birinchi navbatta qilinayotgan ish nazariyada o’rgangan va olingan ma’lumotlarni amaliyotda qo’llab ko’rish va ma’lumotlar bilan ishlash, ularni to’g’riligini tekshirish kabi vazifalarni yaxshi o’zlashtirib olish va mustahkamlash.
Bundan tashqari, empirik mehnat iqtisodiyotida Minserning tenglamasi qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish ya’ni ish haqi va unga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog’liqlikni tekshirish, bu uchun ish haqi va unga ta’sir etuvchi omillar yarim parametrik regressiya modeli orqali taxmin qilinadi.
Kurs ishi bo’yicha oxirgi tadqiqotlarni o’rganish. Ish haqi bo’yicha tadqiqotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining  ixtisoslashgan muassasasi Xalqaro Mehnat Tashkiloti (International Labour Organization) tomonidan amalga oshirilgan. Oxirgi martta tadqiqotlar 2020-2021 –yilda yuzaga kelgan pandemiyada ish haqi ozgarishlariga bag’ishlangan. Unga ko’ra 2020-yilning birinchi yarmida COVID-19 inqirozi natijasida soʻnggi maʼlumotlar mavjud boʻlgan mamlakatlarning uchdan ikki qismida oʻrtacha ish haqi darajasi yoki oʻsish surʼatiga pasayish bosimi kuzatildi; boshqa mamlakatlarda o'rtacha ish haqi, asosan, sun'iy ravishda, kam haq to'lanadigan ishchilar o'rtasida sezilarli ish yo'qotishlarining aksi sifatida oshdi(AQSH, Fransiya, Braziliya). Bu davlatlarda o'rtacha ish haqi sezilarli darajada oshib bormoqda. chunki ish o'rinlarining yo'qolishi, asosan, ish haqi shkalasining pastki qismida bo'lganlarga ta'sir qiladi. Farqli o'laroq,Yaponiya, Koreya Respublikasi va Buyuk Britaniyada o'rtacha ish haqining pasayish bosimi kuzatildi. Bandlikni saqlab qolish uchun kuchli ish joylarini saqlab qolish choralari kiritilgan yoki kengaytirilgan mamlakatlarda ishsizlikning o'sishi mo'tadillashtirildi, shuning uchun inqirozning ta'siri katta ish o'rinlarini yo'qotishdan ko'ra ish haqining pasayishi orqali ko'proq namoyon bo'lishi mumkin.

Yüklə 491,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə