O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Baholash mezonlari 
Reyting ishlanmasi 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan 4-kurs talabalari bilimini 
nazorat qilish va baholash tizimini tashkil etish 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan talabalar bilimini baholash 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-
sonli ―Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlash haqida‖gi buyrug‘i va shu asosda Namangan davlat universitetida ishlab 
chiqilgan ―Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi 
bo‘yicha Yo‘riqnoma‖ hamda
2018-2019 o‘quv yili birinchi kurslari uchun talabalar bilimini 
nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha tayyorlangan ishlanma asosida amalga oshiriladi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan talabalar bilimini nazorat qilish 
oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar bilimini baholash 
5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazortlardan 5, 4 va 3 baholarga o‘zlashtirgan 
talabalar yakuniy nazorat turiga kirish huquqiga ega bo‘ladi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan Oraliq nazorat semestr davomida 
ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy 
ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida (amaliy mashg‘ulotlarda) 
yoki mashg‘ulotlardan keyin (ma‘ruza mashg‘ulotlarida) ham o‘tkaziladi. Bunda oraliq nazorat 
turi 2 marta o‘tkaziladi. Oraliq nazorat (ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha) 
umumlashtirilganda talaba 3 baholik natijaga erishmasa yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi va 
belgilangan muddatlarda topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi. Baholashda Talabaning 
mashg‘ulotlardagi ishtiroki va faolligi, talabalarning mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishlarini 
ham e‘tiborga olinadi. Amaliy mashg‘ulotlar semestr davomida 10 soatga, seminar 
mashg‘ulotlari 18 soatga tengligini xisobga olib har bir talaba amaliy va seminar mashg‘ulotlar 
yakuniga qadar kamida 4-5 martadan baholanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini 
baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan yoki 
markazlashgan holda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga 
oshirilishi mumkin. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə