|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»O‗zbekiston Respublikasining sport terma jamoalariUMK 3-kurs Nazariya 2022O‗zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari
— xalqaro sport musobaqalariga
tayyorgarlik ko‗rish hamda ularda O‗zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli
yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va
boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Havaskorlik sporti
— sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish
orqali odamlar sog‗lig‗ini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
Sportning harbiy-amaliy turlari
— asosi harbiy xizmatchilar hamda maxsus xizmatni
o‗tayotgan shaxslar tomonidan o‗z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‗liq maxsus
harakatlardan (shu jumladan usullardan) iborat bo‗lgan sport turlari.
Texnika qismlari.
U yoki bu harakatli faoliyatlarni tashkil etuvchi tarkib bir xilda emas,
shuning uchun texnika asosi va detalini bir-biridan farqlash qabul qilingan.
Texnika asosi.
Jismoniy mashqlarning texnika asosi harakatlarni tashkil etish, uni boshqa
harakatli faoliyatlardan farqlanuvchi belgilarini tasvirlaydi.
Texnika detali.
Faqat bir harakatga taalluqli bo'lmagan harakatlarni tashkil etadi.
Jismoniy mashqlar texnikasining biodinamik struktura ekanligi, harakatli faoliyatlarda
oraliq, vaqtincha dinamik xarakterga ajratiladi.
Oraliq.
Tashkil etuvchi unsurlar, tana holati va bo'g'inlar harakatini o'z ichiga oladi. Tana
holatlari: vertikal, gorizontal, chap va o'ng tomonlarga bukilishlarga boiinadi. Tana holatiga
kerishish, guruhlashuv ham kiradi.
Bo'g'in harakatlari
oddiy va murakkab harakat vazifalarini bajarishga qaratilgan. Bir
bo'g'inda ikki biozveno o'rnining o'zgarishi tushuniladi. Bo'shliqda tashkil bo'luvchi unsurlarni
o'lchashda o'rin o'zgarishi, trayektoriya terminlaridan foyda-lanamiz. Ular tananing boshlanish,
tugallanish harakatlarini va Lining qismlarini, siltashning yo'nalishlarini, harakat shaklini, tana
o'rnini aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|