O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

mash ’allar
deb ataladi. 
Mash’allar asosan Quyosh dog‘lari bilan birgalikda uchraydi.
Mash’allar faqat Quyosh diskining chekkalarida yaxshi ko‘ri
- nib, uning markaziy qismida 
ko‘rinmaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, mash’allarning yuqori qismi fotosferaga nisbatan 
ravshanroq bo‘lgan obyektlardir. Mash’allarning yuqori qismida kuzatiladigan ravs
hanlik undagi 


19 
temperatura fotosferanikiga nisbatan 100
—200 °C issiqroq ekanligidan darak beradi. Mash’allar 
nihoyatda ulkanligi bilan e’tiborni jalb etadi. Ayrim mash’allar egallagan maydon, 
ko‘ndalangiga, bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi, maydoni e
sa bir necha mln. kv. km ni 
tashkil etadi. 
Quyoshning foto-sferadan yuqori qatlami xromosfera deyilib (grekcha 
«xromos»

rang 
degani), balandligi 14000 km gacha boradi. Bu qatlamda uchraydigan ulkan obyektlardan biri 

protuberaneslardir. Quyoshdagi bu ob
yektlar tashqi ko‘rinishi bilan gulxan alan

gasining «tili»ni 
eslatadi. Alanga «til»larining spektri ularda gaz bosimi, temperaturasi va harakati kabi fizik 
kattaliklarini aniq- lashga imkon beradi. 
Ayniqsa, 1920- yilda fransuz olimi Y.Petit taklif qilgan 
va ayni paytda qo‘llaniladigan usul, 
xromosfera spektrining maxsus chiziqlarida ularni katta tezlik bilan kinoga olishga (sekundiga 
16 kadr) imkon berib, tez o‘zgaradigan protuberaneslarning evo

lutsiyasini o‘rganish uchun juda 
qo‘l keldi. Protuberanesla
r ham xromosferaning nurlanishi kabi kalsiyning ionlashgan chiziqlari 
о
(H va K) va vodorodning qizil (H
a

to‘lqin uzunligi 6562 A) chizig‘ida kuchli nurlanadi. 
Shuning uchun ham u ko‘plab observatoriyalarda (jumladan, Toshkent observatoriyasida ham) 
shu 
chiziqning to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri kelgan nurni o‘tkazuvchi monoxromatik filtrlar bilan 
qurollangan teleskoplarda o‘rganiladi.
Bu nurda (6562 A) olingan xromosferaning tasvirida protuberaneslar, Quyosh diskida 
proyeksiyalanib, cho‘zinchoq egilgan qora tolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Quyosh diametrini bilgan 
holda bu tola (protuberanes)larning o‘lchami aniqlanganda, ularning eni 6000—
10000 km, 
uzunligi esa bir necha yuz ming kilometrgacha borishi ma’lum bo‘ladi. Alanga tili ko‘rinishida 
Quyosh chetidan ko‘
tarilgan protuberaneslarning balandligi ham bir necha yuz ming kilometrdan 
kam bo‘lmasligi, Quyoshda ular naqadar ulkan jarayonlardan ekanligidan darak beradi.
Protuberaneslarning rivojlanishida magnit maydonining roli katta. Ularga tegishli magnit 
maydoni
ning kuchlanganligini o‘lchash bunday eksperimentning biroz bo‘lsa
-da murakkabligi 
tufayli faqat o‘tgan asrning 60

yillaridagina yo‘lga qo‘yildi.
Protuberaneslar, atrof xromosferaga nisbatan ancha zich plazma bulut (temperaturasi 5000

10000 °C, zichligi —
1 kub santimetrda 10
10

10
12
zarraga to‘g‘ri keladi) dan iborat bo‘lib, 
qariyb yuz marta issiqroq quyosh toji bilan o‘ralgan.
Quyosh to‘la tutilayotganda, ya’ni Oy gardishi uni bizdan butunlay to‘sganda, Quyosh 
atrofida osmonning qora fonida 1

3
Quyosh 
radiusi (ba’zan undan ortiq) masofasigacha cho‘zilgan xira kumushsimon yog‘du 
kuzatiladi (69- 
rasm). Quyosh toji deyiladigan bu hodisani kishilar juda qadimdan Quyosh to‘la 
tutilgan chog‘larida kuzatganlar. Qadimiy Misr obidalarida aks ettirilgan «qanotli Quyosh» 
rasmlari fikrimizning dalili bo‘la oladi. Biroq XIX asrga qadar Quyosh «toji» bevosita Quyosh 
atmo- sferasiga tegishli hodisa ekanligi haqidagi fikr shubha ostida olinib, bu hodisa 

Yer 
atmosferasining yoki Oy tog‘larining «ishi» deb, ba’zida esa 
Oy atmosferasida Quyosh 
nurlarining sochilishidan deb, noto‘g‘ri talqin qilib kelindi.
Tojning umumiy shakli Quyoshning aktivlik darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u dog‘lar 
sonining maksimumga erishgan davrida Quyosh atrofini, Quyoshning aktiv sohalarining 
joylashi- 
shiga ko‘ra, turli xil balandlikda o‘raydi, 
minimum davrida esa ku- 
mushrang shu’la 
ekvator tekisligidagina kattaroq balandlikka ko‘
- tariladi (69-a rasm). 
Tojdagi kuzatiladigan o‘zgarishlar, jumladan toj strukturasi
- ning xususiyatlari, Quyosh 
atmosferasining tojosti qatlamlarida kechadigan aktiv hodisalar bilan bog‘lanishda ekanligini 
ko‘rsa

tadi. Quyosh tojida kuzatiladigan eng yorug‘ va radius bo‘yicha cho‘zilgan oqimlari 
asosan, fotosferadagi dog‘li va mash’alli soha
- larning tepasida uchraydi. 
Tabiatning energiya uchun universal qonunidan ma’lumki, energiya saqlanish xususiyatiga 
ega: u bordan yo‘q bo‘lmaydi va aksincha, yo‘qdan vujudga ham kelmaydi. Modomiki, shunday 
ekan, tunda porlayotgan minglab yulduzlar va Quyoshimizning energiya manbayi nimada, degan 
tabiiy savol tug‘iladi. Quyoshning aniqlangan «yoshi» salkam 5 
milli
ard yilni ko‘rsatadi. 
Bunday katta davr davomida tinimsiz nurlanayotgan Quyosh, jumladan, yulduzlarning 
yo‘qotayotgan energiyasi qanday fizik jarayon hisobiga to‘latilib turilishi muammosini hal 
qilish, astronomlarning asriy orzularidan hisoblanardi. Bu to‘g‘rida turli fikrlar, o‘nlab ilmiy 
gipotezalar tug‘ildi. Biroq ulardan ko‘pi o‘zini oqlamadi. Va nihoyat 1938—
1939-yillarga kelib, 


20 
astrofiziklardan A.Edingt
on, K.Veyszekker va G.Byoteler yulduzlarning energiya manbayi bo‘la 
oladigan yadroviy reaksiyalarining nazariy hisob- kitobini ishlab chiqdilar. 
Ma’lumki, atom yadrosini tashkil qiluvchi proton va neytronlar o‘zaro juda katta tortishish kuchi 
(bu kuch yadr
oviy kuch deb yuritiladi) bilan bog‘langan bo‘ladi va shunga mos ravishda 
bog‘lanish energiyasi ham juda katta bo‘ladi. Bordi
-
yu, shunday bog‘lanishdagi atom yadrosiga 
tashqaridan yana bir proton yoki neytron kira olsa, u yangi yadro hosil qiladi va yadrodan 
sezilarli energiyaning ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Chunki yadro zarrachalariga qo‘shilgan 
yangi zarracha yadro kuchlari orqali ular bilan bog‘lanadi. Natijada paydo bo‘lgan ortiqcha 
energiya yadrodan proton yoki neytron bilan, yoxud elektron yoki pozitron bilan olib chiqib 
ketiladi. Bunday hodisa 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə