O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Quyosh doimiysi. Quyosh nurlanishi spektral zichligi. Mutloq qora jism



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

2.4.Quyosh doimiysi. Quyosh nurlanishi spektral zichligi. Mutloq qora jism. 
Atmosferadan tashqaridagi istalgan nuqtada quyosh radiatsiyasining intensivligi bir xil bo‘ladi. 
Shuning uchun atmosferadan tashqarida quyosh radiatsiyasining intensivligini 
quyosh doimiysi
deb yuritiladi.
Optik, ya'ni yorug`lik nurlarida Quyosh spektri qora chiziqlar bilan kesilgan
rang-barang tasma sahn (tutash yoki uzluksiz nurlanish) dan iborat. Odatda, spektr
deganda ko`z oldimizga keladigan bu rang-barang nurlar ketma-ketligida har xil rangli
(qizil, sariq, yashil, havorang, ko`k binafsha) nurlar biridan ikkinchisiga o’tishi asta
-sekin 
ro`y beradi ikki xil rang nurlar orasida ularning aralashmasidan iborat rangli nurlar joylashadi . 
Masalan, qizil va sariq rangli nurlar orasida qir
mizi va sarg`ish qizil nurlar o’rin egallagan,
ya'ni har xil rangli nurlar orasida keskin uzilish yo`q va shuning uchun bunday rangli
nurlar ketma-ketligi uzluksiz yoki 8 tutash spektr deb ataladi. Mazkur kursning birinchi 
qismida bi
z tutash spektrmng hosil bo`lish mexanizmlari (issiqlik va noissiqlik)ga to’xtalgan 
edik. Fizik nuqtayi nazardan har xil rangli nurlar bir-biridan ularni tashkil etgan fotonlarning 
har xil energiya (kvant)ga ega ekanligi bilan farq qiladi va bu energiya nurlanish chastotasi
(v) ga bogliqdir. Binafsha rangli foton (kvant)lar qizil ranglilarga qaraganda yuqori 
energiyaga ega. Shunday qilib, tabiatan biz tutash spektrda har xil rang nurlanishlar ketma-
ketligi bilan birgalikda har xil energiyali kvantlar ketma-ketligini ko`ramiz. Quyoshning
optik spektri to`lqin uzunliklari bo`yicha 3900 A dan 7600 A (bir A = 10
10
m)gacha bo`lgan 
oraliqda bo`ladi. Bu oraliqdagi kvantlar energiyasi 3.0 elektronvolt (eV) dan to 1.6 eV gacha 
bo`lgan diapazonga to`g`ri keladi (1.2-rasm). 
Quyosh energiyasining 99 % u optik diapazondagi tutash spektrda sochiladi.
Bu energiya Quyoshning ichki qatlamlaridan uni yuza qatlamiga chiqadi va undan
fazoga tarqaladi. Tutash spektr sahnida b iz har xil qoralik va kenglik
(intensivlik)dagi ko`plab (20 000 dan ortiq) chiziqlani ko`ramiz. Quyosh spektrida
qora chiziqlarni birinchi bor 1814 yilda nemis optik olimi Fraungofer kuzatgan va
shuning uchun bu chiziqlar fraungofer chiziqlari deb ataladi. Fraungofer chiziqlari
fizik laboratoriyada kuzatiladigan qizdirilgan gazlarning emission chiziqlariga mos
kelishini 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof va Bunzenlar kashf etishgan. Hozirgi
kunda Quyosh spektrida 72 kimyoviy elementning chiziqlari borligi aniqlangan.
Bu chiziqlar orasida qoraligi va kengligi bo`yicha eng intensivi kalsiy ioni (Ca II) ga tegishli
bir juft chiziqlardir. Ular optik spektrni qisqa to’lqinli chegarasi yaqinicla joylashgan 
(
λ
1=3968 A va 
λ
2=3933 A). Bu chiziqlarni Fraungofer N va K chiziqlar deb belgilagan.
Intensivligi bo`yicha keyingi o’rinlami vodorodning balmer seriyasiga kiruvchi chiziqlar (N 
α
, N 
β
, N
γ
...) va ulardan keyin neytral metallar: natriy (Na), magniy (Mg), temir (Fe) atomlari 
chiziqlari egallaydilar. 
Fraungofer chiziqlari yutilish (absorbsion) chiziqlaridir. Ular Quyoshning


22 
ichki qatlamlaridan chiqib kelayotgan tutash spektrga ega bo`lgan nurlanishni
atmosfera qatlamidagi ionlar (Ca II) va atomlar (N, Na, Mg, Fe...) tomonidan yutilishi 
natijasida hosil bo`ladi. Atmosferadagi har bir ion yoki atom o’ziga xos va 9 mos chastota
(to`lqin uzunlik)larda tutasli spektrda sochilayotgan nurlanishni yutadi va spektrning shu
qismida intensivlik pasayadi, ya'ni yorug` tutash spektr sahnida qora chiziq hosil bo`ladi.
Bunday murakkab spektr fizik laborotoriya sharoitida kuzatilmaydi va uni tushuntirish
uchun Quyosh nisbatan past temperaturali siyrak gaz atmosferaga ega bo’lsa kerak, degan 
xulosaga kelinadi. Bunday atmosferada balandlik bo`yicha temperatura, zichlik va gaz
bosimi kamayib borishi kerak. Quyosh va yulduzlarning bunday atmosfera qatlami 
fotosfera, ya'ni yorug`lik sferasi deb ataladi. Fotosfera Quyosh va yulduzlarda yagona 
qatlam emas, fotosfera ustida atmosferaning yuqori qatlamlari joylashgan.. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə