O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

yadroviy reaksiya
deyiladi. Biroq yangi proton yoki neytronning 


23 
yadroga kirishi osonlikcha bo‘lmaydi. Buning uchun kelib qo‘shiladigan zarracha atom 
yadrosiga yadro kuchlari ta’siriga beriladigan darajada yaqin masofaga kelishi (proton uchun esa 
yadroning itarish kuchini ham yenggan holda) zarur bo‘ladi. Demak, qo‘shil
uvchi proton yoki 
neytron yadro tomon juda katta tezlik bilan (ya’ni energiya bilan) yaqinlashishi lozim bo‘ladi. 
Nazariy hisoblashlar, yulduzlar (jumladan, Quyosh) markazidagi bir necha million gradusli 
temperatura protonlarga xuddi shunday tezlikni bera olishini, u yerda 
termoyadro reaksiyasi 
uchun qulay sharoit mavjudligini ma’lum qildi. Neytronlar esa bunday yuqori temperaturada 
turg‘unligini yo‘qotib, yarim soatga yetar
-yetmas proton, elektron va neytrinoga parchalanib 
ketishi va yadroviy reaksiyalarda 
deyarli ishtirok etmasligini ko‘rsatdi.
 
2.Er atmosferasining tarkibi. 
Atmosfera
(yunoncha atmos

bugʻ va sfera)

yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga 
aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15
-
YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977
-1021 
t)ni
ng taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va 
zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, 
uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun 
masalan-sasining taxminan. 50 % yer sirtidan 5 
km balandlikkacha boʻlgan qatlamda, qolgan 
50 % esa 30 

35 
km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning 
zichligi YU-
3 g/sm³ boʻlsa, taxminan. 700
km balandlikda 10-1
6 g/sm³. Atmosfera yuqori 
qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning 
uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta
-
sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi. 
Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadiga
n radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik 
olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera 
yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan vaqtga qaraganda 
kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial 
rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon 
(0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda 
geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda 
metan, azot, oksid, uglerod (I)-
oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori 
oʻzgarib turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə