O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Bahorgi va kuzgi teng kunlik. Anolemma. Kuper formulasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

 
4.Bahorgi va kuzgi teng kunlik. Anolemma. Kuper formulasi. 
Ekliptikaning xarakterli to‘rtta asosiy nuqtasi bo‘lib, bulardan ikkitasi uning osmon ekva
tori 
bilan kesishgan nuqtalarini, qolgan ikkitasi esa osmon ekva
toridan eng katta og‘ishga ega 
bo‘lgan nuqtalarini xarakterlaydi. Uning ekvator 
bilan kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh 
osmonining janubiy yarim sharidan shim
oliy yarim shariga kesib o‘tayotganda hosil bo‘lgani) 
bahorgi tengkunlik
nuqtasi (^) deyilib, Quyosh unda 21- 
mart kuni bo‘ladi. Ikkinchisi esa 
kuzgi tengkunlik
nuqtasi (d)
deyilib, Quyosh u nuqtada 23- 
sentabr kuni bo‘ladi. Ekliptikaning, osmonning shimoliy yarim 
sharida, eng katta og‘ishga (+23°26[) ega bo‘lgan nuqtasi (1) 
yozgi quyoshturishi
deyilib, bu 
nuqtada Quyosh 22- iyun- 
da bo‘ladi. Janubiy yarim shar
da ekliptikanin
g eng katta og‘
ishga 
(Q23°26[) ega bo‘l
gan nuqtasi esa, 
qishki quyoshturishi (1
[) nuqtasi deyilib, unda Quyosh har 
doim 22- de- 
kabrda bo‘ladi.
 
 
5.Har xil Quyosh balandliklarida Er atmosferasida quyosh nurining yul uzunligi.
Yer atmosferasidan tashqarida, Quyoshdan bir astronomik birlik uzoqlikda, uning 
nurlariga tik o’rnatilgan bir m
2
yuzani Quyosh 1366 vatt quvvat bilan yoritib va isitib turadi. Bu 
to’la quvvat yillar sari Quyosh aktivligiga hamohang biroz (o’rtacha 1.5 vattga ya'ni 0.1 % ga) 
ko’payib v
a kamayib turadi. Aktivlik kuchayishi bilan, ayniqsa, chaqnashlar paytida
Quyoshning rentgen va uzoq ultrabinafsha nurlanishi quvvati bir necha o’n marta kuchayadi. 
Quyosh nurlanishining bu qisqa 
(k <
290 nm) to’lqinli qismi Yer atmosferasining asosan yuq
ori 
(12 km dan baland) qatlamlarida azot va kislorod molekulalari tomonidan yutiladi va Yer yuziga 
yetib kelmaydi.Quyosh energiyasi bizga nuriy energiya sifatida yetib keladi va u Yer yuziga 
tushgach yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi. Yer yuzidagi joyning isitilish darajasi shu 
joyning yorug’likni yutish qobiliyatiga bog’liq: oq sirtlar (qor) kam, qora sirt (suv) ko’p yutadi. 
Oq bulut unga tushayotgan oq nurni, asosan, qaytaradi va sochadi. Sochilgan oq nur kuchsiz va 
Yer sirtini isita olmaydi. 
Yer 
yuzidagi har xil joylar (ekinzorlar,ormonlar, kulrang va qora tuproq, toshli tog’lar, 
suv havzalari) turlicha isiydi. Qizigan Yer yuzi unga tegib turgan atmosfera qatlamini isitadi va 
unda konvektiv oqimlar hosil qiladi va atmosferada shamollar boshlanadi. Shuning uchun 
atmosferada temperatura Yer yuzi yaqinida eng yuqori bo’ladi va balandlik bo’yicha pasayib 
borib, 12 km balandlikda 220 K (-53 
0
C) gacha tushadi. 
Suvning yorug’lik yutishi kuchli, shuning uchun dengiz va okeanlar ustida katta havo 
uyurmalari hosil bo’ladi va ular nisbatan past bosimdagi quruqliklar tomon harakatlanadi, dengiz 
bilan quruqliklar orasida global atmosfera aylanishi ro’y beradi. Shunday qilib, sirtning isishi 
unga tushayotgan nurlanish quvvatiga va uning yutish koeffitsi
yentiga bog’liq. Sirtga 
tushayotgan quvvat u bilan Quyosh orasidagi atmosferaning tiniqligiga bog’liq. Osmonni chang 
yoki tutun qoplaganda tushayotgan quvvat kamayadi. 
Qadimda Yer sharida global sovib ketishlar ro’y bergan, buning sababi vulqonlar otilib 
a
tmosferani chang qoplaganidir. Yerda bir necha marta muzlanish davrlari ro’y berganini 
Quyosh energiyasining quvvati o’zgarishi bilan bog’lashadi. Oxirgi 27 yil ichida Yer 
yo’ldoshlariga o’rnatilgan radiometrlar yordamida bajarilgan o’lchashlar Quyosh ener
giyasi 


25 
uning aktivligi o’zgarishi bilan birga ko’payib kamayib turishini ko’rsatdi. Quyosh dog’larini 
kuzatish 400 yil oldin boshlangan va 1610

2006 uchun aktivlik ma'lum. Melodning 1000 
yilidan 1600 yiligacha Quyosh aktivligi to’g’risida ma'lumotlarni arx
eologik qazilmalar (daraxt 
qoldiqlarida yillik halqalar, muzliklarda yillik qatlamlar) radio-uglerod usuli bilan yoshini 
aniqlab bilishgan. Oxirgi 1000 yil uchun Quyosh aktivligining o’zgarish egri chizig’i topilgan. 
Bu egri chiziqda Quyosh aktivligi juda pasayib ketgan davrlar (Maunder, Shperer minimumlari) 
bo’lganini ko’rish mumkin. Bu vaqtda temperatura pasayib havoning sovishi ro’y bergan. Bu 
to’g’rida tarixiy dalillar bor.
Yerda oxirgi 30 yil davomida temperaturaning ko’tarilishini (global isishni) Yer
yuzida 
olib borilayotgan texnogen jarayonlar natijasida ajralib chiqayotgan is gazi (CO
2
) miqdorining 
yil sayin ko’payib borishi bilan bog’lashmoqda. Atmosferaga ko’tarilayotgan is gazi Yerda 
parnik effektini kuchaytirmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə