O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

6.Atmosferaning tiniqlik koef
fitsienti (aerozol, suv bug‘i, chang va boshqalar).
 
Quruklik va suv yuzidagi doimiy bugʻlanish tufayli Atmosferada suv bugʻi ham boʻladi. 
Bugʻning quyuklashuvi bulut va yogʻinlarni hosil qiladi. Havoda doimo har xil kattalikda chang 
zarrachalari mavjud. Ul
arning manbai Yer va kosmik fazodir. Atmosfera tarkibiga koʻra, asosan 
gomosfera va geterosfera qatlamlariga boʻlinadi. Yer sirtidan 90

95 km balandlikkacha 
boʻlgan havo qatlamida yuqorida qayd etilgan asosiy gazlar (azot va kislorod)ning nisbiy tarkibi 
oʻzgarmaydi, buni gomosfera (bir jinsli) qatlam deb ataladi, bu qatlamdan yuqorida esa azot va 
kislorod molekulalari zaryadli atomlarga ajraladi va atom ogʻirligi boʻyicha taqsimlanadi. Buni 
geterosfera qatlami deb yuritiladi. Shu belgiga asosan ozonosfera (20 

55 km) va ionosfera 
(90 km dan yuqori) qatlamlarini ham ajratish mumkin. Ozonosfera qatlami tufayli yer yuzida 
hayot mavjud, chunki Quyoshdan kelayotgan va hayot uchun zararli boʻlgan har xil nurlarning 
asosiy qismi shu qatlamda yutiladi. Ionosfera 
ionlar konsentratsiyasi taqsimlanishi boʻyicha 
60 km balandlikda D, PO

140 km balandlikda YE, 220 km dan yuqorida Fqatlamlarini hosil 
qiladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasining maʼlum qismini yutadi va sochadi. Atmosferada 
issiklik koʻproq turbulent (uyurm
a) harakat, radiatsiya jarayonlari va suvning fazoviy 
oʻzgarishlari orqali tarqaladi, natijada Atmosfera temperatura taqsimlanishi boʻyicha 5 asosiy 
qatlamga ajratiladi (jadval). Atmosfera troposfera qatlamining yer sirtidan balandligi qutb 
kengliklarida 10 

11 km, tropik rayonlarda 14

17 km. Troposfera qatlamida har 100 m 
balandlikda temperatura 0,6° ga pasayib boradi. Troposferaning yuqori chegarasida havoning 
oʻrtacha temperaturasi oʻrta kenglik ustida

55°

60°, ekvatorial sohalar ustida

70° gacha.
Bu 
qatlamda yer sirtining fizik xossalari har xil boʻladi.
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi va Girdoblari, antitsiklon va siklonlar harakati natijasida 
turli kengliklardagi havo massalarining almashinishi yuzaga keladi. Shuningdek, Atmosferada 
havo ve
rtikal va gorizontal yoʻnalishlarda aralashib turadi. Troposferada suv bugʻlari va changlar 
koʻp boʻlgani uchun tuman, bulut hosil boʻladi, yogʻin yogʻadi, momaqaldiroq va turli
-tuman ob-
havo hodisalari roʻy beradi. Shamol tezligi har kilometr balandlikda 
2 m/s orta boradi va 
yoʻnalishi oʻngga burila boshlaydi. Tropopauza ostida shamolning eng yuqori tezligi sekundiga 
15 

20 m ga, baʼzan soatiga 500

600 km gacha yetadi. Troposferada A yer sirti bilan 
ishqalanadigan qatlamning qalinligi 1,0 

1,5 km. Bu qatlamda meteorologik elementlar sutka 
davomida koʻp oʻzgaradi. Qatlamning 50

100 m balandlikkacha boʻlgan pastki qismida 
issiqlikning turbulent oqimlari, suv bugʻi va turbulent ishqalanish kuchlari oʻzgarmas deb 
hisoblanadi. Chegara qatlamning yuqorisida 
turbulent ishqalanish kuchlari juda kichik boʻlib, 
shu ba-
landlikdan erkin Atmosfera boshlanadi. Troposferadan stratosfera qatlamiga oʻtishdagi 
oraliq qatlam tropopauza deb ataladi. Tropopauza balandligi 17 km dan (ekvator ustida) 9 km 
gacha (qutb ustida) 
oʻzgaradi. Tropopauzadan yuqorida deyarli doimo bulutsiz va nisbatan tinch 
boʻlgan stratosfera qatlami boʻlib, baʼzi vaqtlarda 20

22 km balandlikda muz kristallaridan 
tarkib topgan. 
800 km dan yuqori tropopauza stropopauza mezopauza termopauza topgan sadafsimon 
bulutlar kuzatiladi. Stratosferaning pastki qatlamlarida temperatura balandlik boʻyicha 
oʻzgarmaydi, 30
km balandlikdan boshlab havo temperaturasi orta boradi va 50 

60 km 
balandlikda 290°K gacha yetadi. Oʻrta va yuqori kengliklarda temperaturani
ng balandlik 


26 
boʻyicha oʻzgarishiga qarab, stratosfera: 1) temperaturasi oʻzgarmaydigan izosfera; 2) 
temperaturasi ortib boradigan inversiyaizopauza qatlamlariga boʻlinadi. Quyi va ekvatorial 
kengliklarda stratosfera odatda inversiyadan boshlanadi. Meridian 
boʻyicha havo koʻchishining 
kuchayishi (stratosferaning muhim xossasi) Yer yarim sharlari orasidagi havo almashinuviga 
yordam beradi. taxminan 80 

90 
km balandlikda temperatura 190°K gacha pasaya boradi. 50

90 
km balandlik oraligʻidagi Atmosfera qatlami
mezosfera deb yuritiladi. Mezosferaning 82 

85 km balandligida yoz vaqtlarda kumushsimon bulutlar kuzatiladi. Mezosferada havo tarkibi 
troposfera va stratosfera qatlamlaridagi kabi aralash gazlardan iborat. Mezosferada fotokimyoviy 
jarayonlar katta rol o
ʻynaydi. Quyoshning qisqa toʻlqinli radiatsiyasi taʼsirida faol harakatchan 
atom va molekulalar hosil boʻladi. 90
km dan yuqorida termosfera qatlami boshlanib, 
temperatura tez koʻtarila boradi. temperaturaning koʻtarilish darajasi qisqa toʻlqinli Quyosh 
ra
diatsiyasining yutilish jadalligiga bogʻliq. Mezopauzadan yuqorida toʻlqin uzunligi 1750 A 
dan qisqa boʻlgan ultrabinafsha rentgen va korpuskulyar nurlari taʼsirida dissotsiyalanish va 
rekombinatsiyalanish tufayli zarrachalarning kimyoviy oʻzga
-rishi, shun
ingdek, ionlashish roʻy 
beradi. Kislorod molekulasi 80 

90 km dan 200 

250 km gacha, azot esa 250 km dan yuqori 
balandliklarda dissotsiyalanadi, yaʼni atomlarga ajraladi. 400 –
500 km balandlikdan yuqorida 
Atmosfera asosan kislorod va azot atomlaridan tashkil topgan. Bu qatlamlarda neytral geliy 
boʻlib, uning miqdori balandlik ortgan sari ortib boradi. Havo tarkibining balandlik boʻyicha 
oʻzgarishiga gazlar diffuziyasi ham kuchli taʼsir qiladi. Termosferaning pastki 
qismidakonveksiya, yuqori qismida esa is
siqlik oʻtkazuvchanlik bilan issiqlik almashinadi. 100

900 
km balandlikdagi qatlamda qutb yogʻdusi va ionosfera toʻlqinlari kuzatiladi, 900
km dan 
yuqorida ekzosfera qatlami boshlanib, temperatura oʻzgarmay qoladi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari 
(YESY)ning uchi
shiga Atmosferaning taʼsiri oʻrganilgan va oʻrganilmoqda. Atmosferaning 
yerdan 150 
km gacha boʻlgan qatlamini zich qatlam va undan yuqoridagi qatlamini Yer 
atrofidagi kosmik boʻshliq deb ajratiladi. Yer sirtiga yaqin Atmosfera qatlamlarining zichligi 
katta 
boʻlganligi sababli, kosmik tezlikdagi raketa va sunʼiy yoʻldoshlar bu qatlamlarda ucha ol
-
maydi, yonib ketadi. Shuning uchun ham sayyoralararo fazodan yer Atmosferasining zich 
qatlamiga kirib kelgan meteorlar 120 km balandlikda qiziy boshlaydi va, nihoyat, 60 km 
balandlikda yonib ketadi. Bu hodisani xalq tilida „yulduz uchdi“ deb yuritiladi. Raketa va sunʼiy 
yoʻldoshlar 150
km dan boshlab Yer atrofida aylanishi mumkin. Atmosfera elektr 
oʻtkazuvchanlik xossasiga ega. Atmosferadagi elastik toʻlqinlar tovush
chiqaradi. Yorugʻlik 
Adan oʻtayetgan vaqgda tuman tomchilari va kristallardan qaytishi, sochilishi va sinishi 
natijasida har xil optik hodisalar roʻy beradi. Atmosferada maʼlum miqdorda radioaktiv 
moddalar boʻladi. Ular tabiiy va sunʼiy radioaktivlik natijasida hosil boʻladi. Atmosfera 
radioaktivligida asosiy rolni radon izotop oʻynaydi. U yer qatlamida uran, toriy va aktiniylarning 
radioaktiv parchalanishi natijasida hosil boʻladi va Atmosferaga tuproq havosi orqali oʻtadi. Har 
bir kv.m yerdan Aga oʻrtach
a 10-
17 kyuri/l radon ajraladi. Baʼzan, uran va plutoniy atom 
yadrolaridagi uzluksiz reaksiyalar natijasida AtmosferaNING tuzilishi va fizik xossalari bevosita 
va bilvosita usullar yordamida oʻrganiladi. Bevosita tekshirish vositalari qatoriga radiozond, 
aerostat, uchar shar, samolyot, raketa, YESY va kosmik kemalar kiradi. Bularning ichida Aning 
20 

25 km (ayrim hollarda 35 

40 km gacha) balandlikdagi qatlamlarini tekshirish uchun 
radiozondlar qoʻllaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, is
-talgan balandlikdagi havoning 
temperaturasi, bosimi, namligi va shamolning yoʻnalishi, tezligi haqidagi maʼlumotlar zudlik 
bilan radio orqali olinadi. Bilvosita kuzatishlar qatoriga projektor nuri, tovushning anomal 
tarqalishi, meteor izlarining harakati, elektromagni
t toʻlqinlarning tarqalishi, shuningdek 
ultrabinafsha nur radiatsiyasi, osmonning tunda yoritilishi va qutb yogʻdusi nurlarining spektral 
tarkibini tekshirishlar kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə