O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

yadroviy reaksiya
deyiladi. Biroq yangi proton yoki neytronning 
yadroga kirishi osonlikcha bo‘lmaydi. Buning uchun kelib qo‘shiladigan zarracha atom 
yadrosiga yadro kuchlari ta’siriga beriladigan darajada 
yaqin masofaga kelishi (proton uchun esa 
yadroning itarish kuchini ham yenggan holda) zarur bo‘ladi. Demak, qo‘shiluvchi proton yoki 
neytron yadro tomon juda katta tezlik bilan (ya’ni energiya bilan) yaqinlashishi lozim bo‘ladi. 
Nazariy hisoblashlar, yulduzlar (jumladan, Quyosh) markazidagi bir necha million gradusli 
temperatura protonlarga xuddi shunday tezlikni bera olishini, u yerda 
termoyadro reaksiyasi 
uchun qulay sharoit mavjudligini ma’lum qildi. Neytronlar esa bunday yuqori temperaturada 
turg‘unligini yo‘qotib, yarim soatga yetar
-yetmas proton, elektron va neytrinoga parchalanib 
ketishi va yadroviy reaksiyalarda deyarli ishtirok etmasligini ko‘rsatdi.
2.3.
Quyosh sariq yulduz. Quyoshning koinotdagi o‘rni, yillik harakati, siljishi. O‘rtacha 
astronomik birlik. Vaqt tenglamasi grafigi. Foton energiyasi. 
Quyoshning yulduzlar oralab g‘arbdan sharqqa tomon ko‘
- rinma (haqiqiy emas!) siljishi, 
eslatilganidek, juda qadimdan se- 
zilgan. Bu siljish har sutkada salkam 1° bo‘lib, Quyosh bir 
yilda osmon sferasinin
g zodiak yulduz turkumlari orqali Yer atrofida bir marta to‘la aylanib 
chiqadi. Quyoshning yillik 
ko‘rinma
bu yo‘li katta aylana bo‘lib, u 
ekliptika
deb yuritiladi. Yil 
davomida, sistemali ravishda, tush paytida, Quyoshning zenitdan uzoqligini ma’lum bir j
oydan 
turib o‘lchash, uning osmon ekvatoridan og‘i

shi +23°26D dan D23°26D ga qadar o‘zgarishini 
ko‘rsatadi. 
Bun- 
dan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligi □= 23°26Dga teng 
ekanligi ma’lum bo‘ladi (11

rasm). Ekliptikaning xarakterli to‘rtta asosiy nuqtasi bo‘lib, 
bulardan ikkitasi uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtalarini, qolgan ikkitasi esa osmon 
ekva
toridan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan nuqtalarini xarakterlaydi. Uning ekvator bilan 
kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh osmonining janubiy yarim sharidan shimoliy yarim shariga 
kesib o‘tayotganda hosil bo‘lgani) 
bahorgi tengkunlik
nuqtasi (^) deyilib, Quyosh unda 21- 
mart kuni bo‘ladi. Ikkinchisi esa 
kuzgi tengkunlik
nuqtasi (d) deyilib, Quyosh u nuqtada 23- 
sentabr kuni bo‘ladi. Ekliptikaning, osmonning shimoliy yarim sharida, eng katta og‘ishga 
(+23°26[) ega bo‘lgan nuqtasi (1) 
yozgi quyoshturishi
deyilib, bu nuqtada Quyosh 22- iyun- da 
bo‘ladi. Janubiy yarim shar

da ekliptikaning eng katta og‘ishga (Q23°26[) ega bo‘l
- gan nuqtasi 
esa, 
qishki quyoshturishi (1
[) nuqtasi deyilib, unda Quyosh har doim 22- de- 
kabrda bo‘ladi.
Ekliptika tekisligiga tik qilib o‘tkazilgan osmon sferasining diametri ППП

ekliptika 
o‘qi
deyiladi. Ekliptika o‘qining osmon sferasi sirti bilan kesishgan nuqtalari ekliptikaning 
shimoliy 
П
 
(shimoliy yarim shardagisi) va 
janubiy 
ПО
(janubiy yarim shar- dagisi) 
qutblari
deb ataladi. Ekliptika qutblari orqali o‘tuvchi katta aylanalar yoritgichni
ng 
kenglik 
aylanalari
deyiladi. 
Quyoshning yillik 
ko‘rinma harakat yo‘li bo‘ylab joylashgan yulduz turkumlarining 
sohasi, eslatilganidek (I bob, 4- 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə