O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

φ
- jugrofiy kenglik, grad; 
χ


χ
v
- binoni isitish va shamollatish tavsifi, kVt/(m
3
K); 
2.1.
QUYOSH ISITISH TIZIMI 
Isitish ta’minotida foydalaniladigan quyosh tizimlari quyosh energiyasini to‘plash, 
akkumulyasiyalash hamda to‘plangan issiqlikni isitish va maishiy
-xizmat talablari uchun zarur 
bo‘lgan rejimda o‘tkazib beradi. 
Issiqlik tashuvchiga qarab quyosh isitish tizimlari ikki xil 
bo‘ladi: suvli va havoli isitish tizimlari. Xar qanday quyosh issiqlik ta’minoti tizimi quyidagi 
qismlarga ega: 
1) quyosh kollektori, suv yoki havoni qizdirish uchun; 


137 
2) akkumulyator, issiqlikni to‘plash va saqlab turish uchun;
3) 
qo‘shimcha issiqlik manbai (isitish qozon qurilmasi) 

to‘plangan quyosh issiqligi etarli 
darajada bo‘lmagan vaqtda ishlatiladi;
4) nasos, taqsimlovchi quvurli o‘tkazgichlar hamda boshqarish uchun kompleks qurilmalar 
tizimi. 
Texnikaviy nuktai naza
rdan yillik issiqlikka bo‘lgan talabni to‘la qoplaydigan quyosh isitish 
tizimini qurish mumkin. Bu holda qo‘shimcha issiqlik manbaining zaruriyati bo‘lmaydi. Bunday 
isitish tizimi sovuq oylarda samarali ishlaydi, lekin yilning boshqa oylarida ancha ko‘p or
tikcha 
issiqlikni chiqarib turadi. Iktisodiy jihatdan bunday isitish tizimi nihoyatda qimmat va unumli 
bo‘lmaydi. SHunga asosan quyosh isitish tizimlarini shunday loyihalash kerakki, yillik issiqlik 
yuklamasining faqat ma’lum bir qismini ta’minlaydigan bo‘lsin, qolgan qismi esa qo‘shimcha 
issiqlik manbai qurilmasi yordamida qoplansin. 
Iqtisodiy jihatdan, an’anaviy isitish tizimlarini loyihalashga qaraganda, quyosh issiqlik 
ta’minoti tizimlarini loyihalash jarayoni aniq meteorologik va radiatsion ma’lu
motlarni talab 
etadi hamda murakkab bo‘ladi. CHunki bunday tizimlarda "sarf va daromad" degan 
kattaliklarning qarama qarshiligi yakkol ko‘rinadi. Masalan, 20 m
2
quyosh kollektori yordamida 
issiqlik yuklamasining 40% quyosh issiqligi bilan qoplanadi. Agar quyosh kollektorini yana 20 
m
2
ga kengaytirilsa yana 30% issiqlik yuklamasi ta’minlanadi. Lekin kollektor yanada 20 m
2
ga 
kengaytirilsa, faqat yana 15% issiqlik yuklamasi qoplanadi. Demak kichik yuzali kollektorga ega 
bo‘lgan quyosh isitish tizimlarida 1 m
2
kollektor yuzasidan issiqlik chiqarish unumdorligi 
yuqorirok bo‘ladi.
Quyosh kollektorlari qimmat baholi qurilmalar hisoblanadi. Loyihalash vaqtida quyosh 
kollektorlarini va boshqa qurilmalarni shunday tanlash kerakki, quyosh isitish tizimi va qo‘sh
imcha 
isitish qurilmasi bilan birga issiqlik yuklamasini to‘la ta’minlaydigan va iloji boricha arzon bo‘lishi 
kerak. 
rasmda eng keng tarqalgan bak-
akkumulyatorga ega bo‘lgan suvli isitish tizimi keltirilgan. 
Bunday tizimlar bir-
biriga bog‘lik bo‘lmagan ikk
ita konturlardan iborat: 1-chi kontur - quyosh 
kollektori (1) va issiqlik almashtirgich (2); 2-chi kontur - bak-akkumulyator (3) va uy-xonasi 
(5). Quyosh nurlanish energiyasi hisobidan kollektor (1) da qizdirilgan suv issiqlik almashtirgich 
(2) orqali issiqlik akkumulyatori (3) da suvni qizdiradi. SHu bilan bir vaqtda binodagi xona (5) 
ni isitish uchun (Z) akkumulyatordagi issiq suvdan foydalaniladi. Qo‘shimcha issiqlik manbai 
(4) ishlatilganda tutash qismi (6) qo‘shiladi. Natijada issiq suv bevosita binon
i isitish uchun 
utkaziladi, akkumulyatordagi suv esa qo‘shimcha issiqlik manbai hisobidan qizdirilmaydi. 
Qo‘shimcha issiqlik manbai sifatida gazsimon yoqilgida ishlaydigan qozon agregatlari 
ishlatiladi. 

8 10 9



138 
1 3 222 6 5 

11 8 8 7 8 9 8 7 8
2.1 rasm. Aktiv quyosh isitish tizimining sxemasi: 
1-quyosh kollektori-suv isitgich; 2-issiqlik almashtirgich; 
3 -suvli issiqlik akkumulyatori; 4-
qo‘shimcha issiqlik manbai;
5-uy-xonasi; 6-tutashtiruvchi qism; 7-nasos; 8-ventil; 9-uchlik 
ventil; 10-kengayish bak-havo chiqarish; 11-drenaj-suv chiqarish.
1 10
8 7 8
3 9 4
6 5 
2.1a rasm.
9 8 7 8 
Odatda 1-chi va 2-chi konturlarda eng keng tarqalgan va arzon issiqlik tashuvchi suyuqlik 
sifatida suv ishlatiladi. Lekin suv muhim kamchiliklarga ega: qishda past temperaturalarda (tungi 
soatlarda) kollektordagi suv muzlaydi hamda tizimning korroziyalanishi sodir b
o‘ladi. Past 
temperaturalarda quyosh kollektorda suv muzlamasligi uchun 1-chi konturdan suv drenaj (11) 
orqali chiqariladi. 
Ikkinchi usuli esa quyosh kollektor (1) bak-akkumulyator (3) dan baland joylashtiriladi (2.1a 
rasm) [44]. Bunday sxemalarda quyosh kollektor ishlamaganda kollektordagi suv bak-
akkumulyatorga tushadi. Lekin kollektordan suvni tez-tez drenaj qilish yoki bak-akkumulyatorga 
bushatish natijasida kollektor tizimining korroziyalanishi tezlashadi. Bunday kamchiliklarni 
bartaraf etish uch
un (2 yoki ko‘p konturli tizimlarda) birinchi konturda antifriz aralashmalari, 
keyingi konturlarda esa - suv ishlatiladi. 
2.1 jadval 
Antifriz suyuqliklar va aralashmalar 
Muzlash (kristallanish) 
temperaturasi, 
o

Etilenglikol (60%) - suv (40%) 
Dietilenglikol (60%) - suv (40%) 
Propilenglikol (60%) - suv (40%) 
Antifriz 40

Antifriz 65

Antifriz Tosol A40

-53 
-41,4 
-60 
-40 
-65 
-40 


139 
Antifriz Tosol A65

Antifriz Tosol A
*
(50%) - suv (50%) 
-65 
-35 
* - 
antikorroziyali (ingibitor) qo‘shimcha 
moddalarga ega 
2.2. ISITISH YUKLAMASI 
Gaz, neft yoki elektr energiyasidan foydalaniladigan oddiy isitish tizimlariga qaraganda
quyosh isitish tizimining samaradorligi va iqtisod issiqlik ta’minotidagi yuklamaning qancha 
kismi quyosh energiyasi hisob
idan bo‘lishiga bog‘lik.
Oddiy isitish qurilmasini tanlash uchun hisoblangan (mumkin bo‘lgan maksimal) isitish 
yuklamasini aniqlash etarlidir. Quyosh isitish tizimlarini loyihalashda har oy uchun ko‘p yillik 
o‘rtacha isitish yuklamasining ma’lumotlari zaru
r. 
Isitish yuklamasi ko‘p faktorlarga bog‘lik:
- binoning jugrofik sharoitiga
- binoning konstruksiyasiga va arxitektura xususiyatiga, 
- binoda yashovchilarning individual odatlariga. 
Isitish yuklamasini hisoblash usullari ko‘p: oddiy gradus
-soatlar usulidan boshlab, to soatlik 
meteorologik ma’lumotlarga asoslangan matematik modellashgacha. Lekin barcha usullar to‘la 
aniq va ishonchli emas. Isitish yuklamasini aniqlash jarayoni ancha murakkab va ko‘p 
hisoblashlarni talab etadi. SHu bilan birga, har qanday bino uchun bunday baholashlar bir marta 
o‘tkaziladi.
Gorizontga nisbatan ma’lum bir 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə