O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

Т
ем
ператур
а
Соат
1
2
3
4
-5
0
5
10
15
20
25
30
35
40
1
7
Т
ем
пе
ра
ту
ра
Ой
1
2
3


132 
borilmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar energetik va ekologik masalalarni echishda alternativli 
energiya sifatida 60-70-chi yillarda juda keng rivojlana boshlagan. 
Hozirgi vaqtda uy-
joy, jamoat va sanoat binolarini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun 
quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahon amaliyotida katta tajriba to‘plangan hamda 
asosiy nazariy, texnikaviy va me’morchilik muammolari echilgan. "Quyosh uylari"dan 
dunyoning ko‘p mamlakatlarida foydalaniladi. Quyosh isitish ta’minoti tizimiga ega bo‘lgan eng 
ko‘p ob’ektlar AQSH, Fransiya, Germaniy
a, Isroil, YAponiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda 
ishlatiladi. Respublikamizda ham bu sohada samarali loyihalar ishlab chiqilgan va ishlatilmoqda.
Issiqlik ta’minotida quyosh energiyasidan amalda foydalanish samaradorligi quyidagi 
prinsiplarga asoslangan [1,15]: 
1)
Muayyan ob’ektga bog‘lanishi, ya’ni uning vazifasi hamda konstruktiv, qurilish va 
me’morchilik xususiyatlarini hisobga olgan holda.
2)
Issiqlik yuklamasining o‘ziga xos xususiyati, radiatsiyali
-iklim va jugrofik sharoitlari. 
3)
Iqtisodiy va texnikaviy imkoniyatlari, boshqa energiya manbalarining mavjudligi. 
4)
Uyg‘unlashtirilgan, o‘rinbosa oladigan issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish 
imkoniyatlari. 
5)
Sotsial-
maishiy sharoitlar, milliy va maxaliy an’analar.
Quyosh isitish tizimlarining 
turlari ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni ikki, ya’ni passiv va 
aktiv guruxlarga ajratish mumkin [1,14,15,20].
PASSIV QUYOSH ISITISH TIZIMLARI 
Passiv quyosh isitish tizimlarining ishlash prinsipi quyidagi jarayonlarga, ya’ni shaffof 
qoplama b
ilan himoyalangan va qoraytirilgan sirtlarga quyosh nurlanish energiyasini to‘plashga 
va ularni qizdirishga, issiqlik o‘tkazuvchanlik va erkin konveksiya orqali issiqlikni isitiladigan 
honaga uzatishga asoslangan. Passiv tizimlar binoning konstruksiya elementlaridan va issiqlik 
yo‘qotishlarni kamaytirish chora
-tadbirlaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi 
[1,7,14,16,20,29]. Passiv tizimlarda issiqlik tashuvchi sifatida havo xizmat qiladi.
1.5 rasmda passiv quyosh isitish tizimlarining asosiy turlari keltirilgan. Isitiladigan xonaga 
issiqlikni uzatish usuliga qarab passiv isitish tizimlarini uch turga bo‘lish mumkin: 1) to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri (1.5, A rasm); 2) bilvosita (1.5, B, V, G rasm); 3) izolyasiyalangan (ajratilgan, 1.5, D 
rasm) usullar bilan issiqlikni qabul qilish va uzatish.
Passiv quyosh isitish tizimlarini keng qo‘llash, ya’ni quyosh radiatsiyasi o‘tishini rostlash va 
issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish uchun binoning konstruksiya elementlaridan foydalanish, turli 
xil qaytargich, ekran, parda, jalyuz va xk. larni ishla
tish "quyosh me’morchiligi"ning 
rivojlanishiga olib keldi (1.5, G rasm).
A B 2 V 
2 2 
1 1 1
3
G 5 D

6


133 
1.5 rasm. Passiv quyosh isitish tizimlari: 
A - F.Xatchinson tizimi (AQSH); B - Tromb-Mishel tizimi (Fransiya);
V - M.Vagner tizimi (Angliya); G - S.Baer tizimi (AQSH); 
D - "Zoumuorks korporeyshin" firmasining tizimi (AQSH); 
1 - 
yorug‘lik shaffof to‘siq, 2 
- issiqlik qabul qilgich - devor,
3 - issiqlik qabul qilgich - pol, 4 - qaytargich - ekran, 5 - issiqlik qabul qilgich - suvli idish, 6 - 
issiqlik akkumulyator.
O‘zbekiston sharoitida passiv quyosh isitish tizimlaridan foydalanish tajribalari va tahlilidan 
quyidagi hulosalarni chiqarish mumkin [1]: 
1)
To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi utish tizimlarining
samaradorligi past. Qish paytida 
qo‘shimcha issiqlik manbai talab etiladi, yozgi vaqtda esa xonalar qizib ketadi.
2)
Katta massali issiqlik akkumulyatorlariga ega bo‘lgan bilvosita yoki izolyasiyalangan 
(ajratilgan) isitish o‘sullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq.
3)
Qaytarish va ekranlash tizimlaridan foydalanilganda samaradorligi yanada oshadi, ya’ni ular 
yozda quyosh radiatsisini binoga o‘tishini kamaytiradi, qish faslida kunduzgi vaqtda quyosh 
radiatsiyasi o‘tishini ko‘paytiradi, tunda esa 

issiqlik yo‘q
otishlarini kamaytiradi. 
4)
O‘zbekiston sharoitida passiv tizimlar isitish uchun kerakli issiqlik yuklamasining 30...60% 
ni quyosh energiyasi hisobidan ta’minlashi mumkin. 
AKTIV QUYOSH ISITISH TIZIMLARI 
Aktiv quyosh isitish tizimlarining quyosh kollektorlari (havo- yoki suv isitgichlari), issiqlik 
tashuvchini sirkulyasiyalash elementlari (havo o‘tzazgichlar, ventilyatorlar, quvurli 
o‘tkazgichlar, nasoslar, issiqlik almashtirigichlar) va issiqlik akkumulyatorlari asosiy tashkil 
etuvchi qismlari bo‘lib h
isoblanadi.
Aktiv tizimlarni quyidagi alomatlar bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin [1,7,14,15]:
1)
issiq suv ta’minoti, isitish va uyg‘unlashtirilgan tizimlarning bajaradigan vazifasi bo‘yicha;
2)
mavsumiy, yillik ishlash davri bo‘yicha;
3)
individual (yakk
a), guruhli, markazlashgan iste’molchilar bo‘yicha;
4)
1, 2 va ko‘p konturli, konturlar soni bo‘yicha;
5)
o‘rinbosa oladigan issiqlik manbaining bor bo‘lishligi va uning turi bo‘yicha.
Issiqlik ta’minotida talab etiladigan umumiy issiqlik miqdorining 50...
70% issiq suv 
ta’minotiga sarflanadi. Issiq suv ta’minotida isitish ta’minotiga qaraganda qattiq talablar 
qo‘yilmaydi. SHuning uchun quyosh issiqlik ta’minotida issiq suv ta’minotidan foydalanish 
afzalroq hisoblanadi. 
Quyosh issiq suv ta’minoti tizim
lari tabiiy (termosifonli) yoki majburiy sirkulyasiyali 1, 2 va 
ko‘p konturli bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy elementlari quyosh kollektori
-suv 
isitgich va bak-
akkumulyator bo‘lib hisoblanadi (1.6 rasm). 
A B V
4
1 2 1 2 1 3 2
4 5 4
5 5 
1.6 rasm. Tabiiy sirkulyasiyali quyosh issiq suv ta’minoti 
tizimlarini sxemasi:


134 
A-bir konturli oquvchi; B va V-ikki konturli; 1-quyosh kollektori;
2-bak akkumulyator; 3-issiqlik almashtirgich; 4-issiq va 5-sovuq suv 
Bak-
akkumulyator quyosh kollektoridan balandroq o‘rnatiladi va zichliklar gradienti 
hisobidan suv tabiiy konveksiya ta’sirida sirkulyasiyalanadi. Ikki konturli tabiiy
-konveksiyali 
tizimlarning (1.6,B,V rasm) kamchiligi - suvning sirkulsiy
alanish tezligi kichik bo‘lganligidan 
ularning samaradorligi past. Samaradorligini oshirish uchun esa majburiy sirkulyasiyadan 
foydalaniladi. 
Aktiv quyosh isitish tizimlarida quyosh kollektoridagi issiqlik avall issiqlik akkumulyatoriga 
so‘ngra xonag
a uzatiladi va shu davrda quyosh issiqligining yutilishini, akkumulyasiyalanishini 
va taksimlanishini rostlash talab etiladi.
Suvli isitish tizimlarining bak-
akkumulyatoriga ega bo‘lgan ikki konturli tizimlari eng keng 
tarqalgan (1.7, A rasm). Bunday tizimlarda tizimning ayrim qismlarini mustaqil rostlanishi 
ta’minlanadi va akkumulyatorning baypas chizig‘i 4 yordamida qo‘shimcha issiqlik manbai 6 
hisobidan akkumulyatorni qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Uyg‘unlashtirilgan aktiv tizimlar istishni ham va issiq suv ta’minotini ham ta’minlaydi (1.7, 
B rasm). Sarflanadigan suvni isitish uchun qo‘shimcha issiqlik almashtirgichlardan 
foydalaniladi. 
Aktiv quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari qurilmasin
ing ishlash rejimini avtomatik boshqarish 
tizimlari bilan ta’minlash zarur.
5 6 13 
A 8 B 11 12
1 8
2 4 1 3 2 6
7 5 7 9 7 9
7 10 7 
1.7 rasm. Aktiv quyosh issi
qlik ta’minoti tizimlarini sxemalari:
A-ikki konturli isitish tizimi; B-
uch konturli uyg‘unlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi; 1
-
quyosh kollektori; 2-bak-akkumulyator;
3-issiqlik almashtirgich; 4-
akkumulyatorning baypas chizig‘i; 5
-
uch yo‘lli jo‘mrak;
6-
qo‘shimcha issiqlik manbai; 7
-nasos; 8-xonaga;
9-xonadan; 10-sovuq suv; 11-issiq suvli bak-akkumulyator;
12-
qo‘shimcha suv isitgich; 13
-issiq suv. 
Issiqlik tashuvchi sifatida suv ishlatilganda, tashqi havoning temperaturasi manfiy bo‘lganda, 
quyosh kollektoridagi suvni muzlab qolish extimoli va tizim elementlarining korroziyalanishi 
kabi o‘ziga xos kamchiliklarga ega. SHuning uchun birlamchi issiqlik tashuvchi sifatida antifriz 
eritmalari ishlatiladi. 
Issiqlik ta’minoti uchun issiqlik yuklamasi quyidagi yig‘indi bilan aniqlanadi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə