O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan


Anomal yuqori qatlam bosimi (AYUQB)



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə57/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

Anomal yuqori qatlam bosimi (AYUQB)qatlamdagi suyuqlik bosimi, gidrostatik bosimdan yuqori. Qatlam yotqiziqlarida AYUQB ni mavjudligi burg‘ilash jarayonida qiyinchiliklarni tug‘diradi.

  • Suyuqlikning yutilish bosimi – suyuqlik bosimi qatlam bosimini yengib qatlamga singib ketadigan bosim. Bu bosim suyuqlik ustuni bosimi va quduq ustidagi ortiqcha bosimlar hisobiga paydo bo‘ladi. Yutilish bosimi qo‘yidagi ifodadan topiladi: .

    ∆R - bosimning qiymati katta rol o‘ynaydi, bu bosimning qiymatini bilish orqali yutilishning oldini olish mumkinligi hamda quduqdan suyuqlikning ochiq otilishi oldi olinadi.

    1. Ortiqcha bosim –fizik kattalik bo‘lib, suyuqlik yoki gazni bosimi R va atrof-muhit bosimi lar orasidagi farq.

    2. To‘yinish bosimi (neftning gaz bilan) – gaz bosimi bo‘lib, qatlam nefti bilan termodinamik muvozanatda joylashgan. Bu bosimning kattaligi erigan gazning miqdoriga, neftni va gazni tarkibiga, haroratiga bog‘liq. Neftning tarkibidan erigan (yo‘ldosh) gazni bug‘lanish bosimidan bosimni pasayib ketganida yoki harorat oshib ketganda sodir bo‘ladi.

    3. Egallash koeffitsiyenti - ishlangan qatlam qismining uyum umumiy hajmiga nisbati.

    4. O‘tkazuvchanlik – bu tog‘ jinsining o‘zi orqali neft, suv va gazni o‘tkazish xossasidir. Xalqaro (SI) tizimida birlik o‘tkazuvchanlik (1m2)shunday muhitni o‘tkazuvchanligi qo‘llaniladiki, ko‘ndalang kesimini yuzasi 1m2 va uzunligi 1m bo‘lgan, bosimlar farqi 1Pa, qovushqoqligi 1Pa bo‘lgan, suyuqlik sarfi 1m3/s ga teng bo‘lgan g‘ovaklik muhiti tushuniladi.

    O‘tkazuvchanlik kerni namunalarini laboratoriya sharoitida tekshirib, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

    bu yerda: Q-suyuqlikni hajmiy sarfi; µ-suyuqlikni qovushqoqligi; L-namuna uzunligi; F-namuna ko‘ndalang kesim yuzasi; ∆P-bosimlar farqi;
    O‘tkazuvchanligi gidrodinamik va kongeofizik usullarda aniqlanishi mumkin. O‘tkazuvchanlik absalyut, fazali va nisbiy fazaliga ajratiladi.

    Yüklə 6,29 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə