O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə1/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI


NEFT VA GAZ FAKULTETI
NEFT VA GAZ ISHI ASOSLARI FANIDAN
MA’RUZA MATNI
QARSHI – 2016 YIL



Mundarija






KIRISH







1-BOB. Neft va gazning hosil bo‘lishi




1.1.

Umumiy tushunchalar

5

1.2.

Yerning tuzilishi va xossalari

6

1.3.

Neft va gaz hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar

10

1.3.1

Neft va gaz hosil bo‘lishining noorganik gipotezalari

11


1.3.2

Neft va gaz hosil bo‘lishining organik nazariyasi

13




2-BOB. Neft va gazning geologik tavsifi




2.1.

Neft va gaz uyumlarining elementlari va ularning tasnifi

18


2.2.

Neft va gaz migrasiyasi

22

2.3.

Neft va gaz tabiiy rezervuarlari

26

2.4.

Neft va gaz uyumlari va konlari

30




3-BOB. Tog‘ jinslari va ularning fizikaviy xossalari




3.1.

Tog‘ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari

37


3.2.

Tog‘ jinslari g‘ovakligi va o‘tkazuvchanligi

47

3.3.

Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari

55

3.4.

Neft va gaz konlari

57

3.5.

Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi

57


3.6.

Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari

60


3.7.

Yer qobig‘ining bosimi va harorati

61




4-BOB. Neft va gazning tarkibi va xossalari




4.1.

Neftning elementar tarkibi

67

4.2.

Gazning tarkibi

67

4.3.

Neftning fraksion tarkibi va undagi qo‘shimchalar

80

4.4.

Neftning asosiy xossalari

85

4.5.

Tabiiy gazning asosiy xossalari

95




5-BOB. Neftni suv va gaz bilan siqish asoslari




5.1.

Neft va gaz uyumlariga ta’sir etuvchi qatlam energiyasi va kuchlari

99


5.2.

Neft va gaz uyumlarining ishlash rejimlari

101

5.3.

Quduqqa suyuqlik va gaz oqimining kirib borishi

108




6-BOB. Neft va gaz konlarini izlash va qidirish




6.1.

Neft va gaz konlarini izlash va qidirish

115

6.2.

Neft va gaz konlarini qidirish ishlari

123




7-BOB. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari




7.1.

Quduqlarni burg‘ilashni tarixiy yo‘li va istikboli

132

7.2.

Quduqlar tasnifi

137

7.3.

Burg‘ilash usullari

138

7.4.

Jins yemiruvchi asboblar

142

7.5.

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari va qurilmalari

155


7.6.

Quduqlarni qurish bosqichi

177




8-bob. Gorizontal quduqlarini va yon gorizontal stvollarini burg‘ilash, qatlamni ochish va o‘zlashtirish




8.1.

Gorizontal quduqlarni burg‘ilash

185

8.2.

Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi
asosiy parametrlarini asoslash

193


8.3.

Gorizontal quduqlarnining profili

195

8.4.

Turbinali burg‘ilash

198

8.5.

Gorizontal quduqlarni burg‘ilashda ekologik muhofaza masalalari

201


8.6.

Gorizontal quduqlarni debitini aniqlash

202

8.7.

Quduqlarda mahsuldor qatlamlarni ochish va o‘zlashtirish.

205

8.8.

Quduq tubini konstruksiyasi va jihozlari

209

8.9.

Quduqni o‘zlashtirish va foydalanishga tushirish

210

8.10.

O‘qli perforatorlar va o‘qli teshgichlarning qo‘llanilishini asoslash

211


8.11.

Quduq tubini teshish.

213

8.12.

Na’muna o‘lchamli perforatorlarni tanlash.

214

8.13.

Quduq mahsuldor qatlamini ochish va suyuqlik oqimini chaqirish

215


8.14.

Quduqda suyuqlikni almashtirish.

216

8.15.

Qatlamni depressiyada va repressiyada teshish.

216

8.16.

Quduqlarni teshish uchun maxsus eritmalar.

222

8.17.

Kompressor usulida o‘zlashtirish.

225

8.18.

Porshenlash.

226




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

229




Ilovalar.

231



I BOB. Neft va gazning hosil bo‘lishi
Reja:

    1. Umumiy tushunchalar.

    2. Yerning tuzilishi va xossalari.

    3. Neft va gazning hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar.



Tayanch iboralar: organik birikmalar, noorganik gipoteza, geokimyo, miksgenetik, mikroneft, diagenez, migrasiya, diffuziya, birlamchi va ikkilamchi migrasiya, diagenez bosqichi, magnit og‘ishi, geotermik pag‘ona va gradiyent, litosfera, mantiya, yadro, tog‘ jinslari, tekstura, burma, antiklinal, sinklinal, kollektor, flyuid, g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik.

    1. Umumiy tushunchalar

Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan sohalardan biridir.


Keyingi yillarda O‘zbekistonning neft va gaz sanoati juda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda, neft va gaz qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Respublika hududidagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan talablarini qondirish bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Neft va gaz qazib chiqarishning o‘sishi yangi neft va gaz uyumlari va konlarini ochish va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish hamda zahiralardan foydalanish darajasini ko‘paytirishning yangi usullarini qo‘llash kabilar evaziga erishilmoqda. Bunday murakkab masalalarni yechishda neft va gaz geologiyasi va qidiriv ishlari muhim o‘rin tutmoqda.
Neft va gaz uyumlarini geologik tadqiq qilish usullari so‘nggi yillarda jadal mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi kunda to‘liq kon geologiyasi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda yangi neft va gaz konlarini aniqlashda quduqlar kesimini mufassal taqqoslash yo‘li bilan yer osti qatlamlarini xaritalash ishlari kon geologiyasi tadqiqotlaridan foydalanilgan holda olib borilmoqda.
Geologiya - bu litosferaning tarkibi va tuzilishi, ichki va va tashqi yuzalarida sodir bo‘ladigan jarayonlar, bu jarayonlarning sabablari, sodir bo‘lish qonuniyatlari va rivojlanish bosqichlari hamda yerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan soha. Geologiya yer bag‘ridagi barcha turdagi foydali qazilmalar konlarini, shu jumladan neft va gaz konlarini, izlash va qidirish hamda ularni ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi.


1.2. Yerning tuzilishi va xossalari

Qadimgi filosoflar kemalarning yaqinlashishi va uzoqlashishini kuzatish asosida Yer to‘g‘ri shar shakliga ega degan xulosaga kelishgan. XVII asrning oxirlarida fransuz olimlari tomonidan soat millari Janubiy Amerikaning ekvator oldi qismida Parijdagiga nisbatan kuniga 2,5 minut sekin yurishi aniqlangan va mayatnikka yer tortishish kuchining ta’siri Parijda va ekvatorda turlicha bo‘ladi degan xulosaga kelgan. Mashhur olim Isaak Nyuton bu holatni Yer qutblarda siqilganligi va ellipsoid shaklida ekanligi bilan tushuntirdi.


Yerning shakli va o‘lchamlari rus olimlari F.A. Krasovskiy va bashqalar tomonidan aniqlandi. Ularning o‘lchashlariga muvofiq Yer ellipsoid shaklida bo‘lib, aylanish uzunligi ekvatorial radiusda 6378,245 km va qutb radiusda 6356,863 km ni tashkil etadi. Aylanish o‘ki sifatida kichik qutb o‘qi xizmat qiladi. Yuzasining maydoni 510100934 km2, hajmi esa 1083819780000 km3 ga teng. Lekin F.A. Krasovskiy taklif etgan ellipsoid tasvir Yer yuzasining nazariy shaklini beradi holos. Uning topografik yuzasi baland tog‘lar va chuqur okeanlar bilan ellipsoid yuzasidan sezilarli darajada farq qiladi. Yer yuzasining topografik yuzasiga jahon okeani sirtini materiklar osti bo‘ylab fikran davom ettirib hosil qilingan yuzali shakl ko‘prok yaqin keladi. Bunday yuzali shakl faqatgina biz yashab turgan Yer uchungina xos va u geoid deb yuritiladi. Geoidning yuzasi barcha nuqtalarda og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lib, buning natijasida og‘irlik kuchi tezlanishi qiymatlari bu nuqtalarda bir xil miqdorlarga ega.
Yerning fizik xossalari. Yerning og‘irligini bilish quyosh va quyosh tizimidagi boshqa planetalarning og‘irligini aniqlash imkonini beradi. Yerning og‘irligi nisbiy aniq o‘lchamlar bilan aniqlanganda 5,98´1027 grammga teng. Yerning o‘rtacha zichligini aniqlash uchun uning og‘irligini hajmiga bo‘lish yetarli bo‘ladi. Yerning o‘rtacha zichligi 5,517 g/sm3 ga teng, yer sirti yuqori qatlamida yotgan va burg‘ilash bilan erishilgan chuqurliklarda tog‘ jinslarining zichligi 3-3,3 g/sm3 dan oshmaydi, katta chuqurliklarda moddalarning zichligi 12 g/sm3 gacha yetadi.
Yer sharining fizik xususiyatlaridan biri qadimdan odamlarga ma’lum bo‘lgan magnitlilik xususiyatidir. Odamlar kompasni ixtiro qilganlaridan so‘ng yerning magnitlilik xususiyatini yaxshiroq tekshiradigan bo‘ldilar. Kompas Yevropada XII asrdan boshlab ishlatila boshlangangan. Yer magnitizmini tekshirish ishlari asosan XVIII asrdan boshlangan. Yer shari magnitizmida ikki xil: magnit chetlanishi va magnit og‘ishi xususiyatlari mavjud.
Magnit strelkasining ma’lum joydagi geografik meridiandan chetga burilishiga magnit chetlanishi deb ataladi. Magnit meridiani geografik meridiandan bir oz farq qiladi, u yo sharq, yoki g‘arb tomonga ma’lum burchakda chetlanadi va bu burchak magnit chetlanish burchagi deyiladi. Bir xildagi magnit chetlanish burchaklarini birlashtirgan chiziqqa izogon chizig‘i deyiladi.
Magnit ekvatori bilan magnit qutbi orlig‘idagi masofada magnit strelkasining og‘ish hosil qilgan burchagiga magnit og‘ishi deb ataladi. U magnit kutbida 900, ekvatorda esa 00 bo‘ladi. Yer sharida bir xilda magnit og‘ish burchaklarini tutashtirgan chiziq izoklin deb ataladi. Og‘ish burchagi ekvatordan qutblarga tomon kattalashib boradi va magnit qutbida 900 ga yetadi.
Magnit maydonining o‘zgarib turishiga magnit bo‘roni deyiladi. Magnit bo‘roni yer sharining ichkarisidan va koinotdan keluvchi kuchlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha magnit bo‘ronlari quyosh va undagi portlashlar natijasida hamda boshqa osmon jismlaridan keluvchi elektromagnit to‘lkinlari bilan uzviy bog‘langan.
Yer sharining havo va suv qatlamidagi issiqlik asosan quyoshdan keladigan issiqlikning yer shari bo‘ylab har xil tarqalishidan paydo bo‘ladi. Yer shari past–baland shaklda bo‘lganligi va doimo o‘z o‘qi hamda quyosh atrofida aylanishi tufayli uning sirtini quyosh nurlari bir tekisda isitmaydi. Ko‘p yillik kuzatishlar quyoshdan keladigan issiqlik yerning qattiq qobig‘iga bir tekis o‘tib bormasligini ko‘rsatadi. Yer qobig‘ida chuqurlik oshgan sari haroratning o‘zgarishini tavsiflash uchun geotermik pag‘ona va geotermik gradiyent kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Geotermik pag‘ona deb chuqurlik oshgan sari tog‘ jinslarining harorati 10S ga oshadigan masofaga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
G = (H - h) / (T - t);
bu yerda: G - geotermik pag‘ona, m/0S;
N - harorat o‘lchangan joyning chuqurligi, m;
h –doimiy haroratli qatlamning yotish chuqurligi, m;
T –H chuqurlikdagi harorat, 0S;
t –havoning o‘rtacha yillik harorati, 0S.
Geotermik gradiyent deb, har 100 metr chuqurlikda haroratning o‘sishiga aytiladi, geotermik pag‘ona va geotermik gradiyent orasidagi bog‘liqlik G = 100/ G munosabat bilan ifodalanadi.

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə