O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə6/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

Tayanch iboralar: suvneft va gazneft chegarasi, gaz shapkasi, neft hoshiyasi, migrasiya, diffuziya, birlamchi va ikkilamchi migrasiya, diagenez bosqichi, magnit og‘ishi, geotermik pag‘ona va gradiyent, litosfera, mantiya, yadro, tog‘ jinslari, tekstura, burma, antiklinal, sinklinal, kollektor, flyuid, g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik, rezervuar, massiv, rif, tutqichlar, uyum, neft va gaz koni.


2.1. Neft va gaz uyumlarining elementlari va ularning tasnifi

Neft va gaz uyumlarida bir nechta elementlar ajratiladi. Gaz va neft, neft va suv chegarasi yuzalari gazneft va suvneft chegarasi yuzasi deb yuritiladi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ustki yuzasining kesishish chizig‘i tashqi neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Agar chegara yuzasi gorizontal bo‘lsa, neftlilik (gazlilik) konturi rejada qatlamning ustki yuzasi izogipslar bilan parallel bo‘ladi (2.1-rasm). Neft – suv (gaz-neft) chegarasi qiya bo‘lganda esa neftlilik (gazlilik) konturi tuzilma xaritasida qatlamni ustki yuzasi izogipslarini kesib o‘tadi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ostki yuzasining kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq ichki neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Massiv tabiiy rezervuarlardagi uyumlarda ichki konturlar mavjud bo‘lmaydi. Uyum neft va gazdan iborat bo‘lib, undagi neftning egallagan hajmi gazga nisbatan ancha katta bo‘lsa bunday uyumlar gaz do‘ppili neft uyumi deb yuritiladi. Agar uyumda neft gazga nisbatan juda kam bo‘lsa, u holda neft hoshiyali gaz uyumi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda yer qa’rida suv bilan bevosita chegaralangan gaz uyumi yoki gaz to‘plami mavjud bo‘lmagan neft uyumlari uchraydi. Uyumning uzunligi, kengligi va maydoni uning ichki-tashqi neftlilik (gazlilik) konturlarining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasiga qarab aniqlanadi. Uyumning balandligi uning ostki yuzasi bilan eng yuqori nuqtasigacha bo‘lgan vertikal masofadan iborat.






Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə