O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan


- rasm. Litologik chegaralangan uyumlar



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə8/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

2.4 - rasm. Litologik chegaralangan uyumlar
a-qazilma daryo o‘zanlarining qumli hosilalariga joylashgan uyumlar; b-devorsimon to‘plangan qumtoshlarga joylashgan uyumlar; v-uyasimon yotqizilgan qumtoshlar kollektorlarida joylashgan uyumlar.

Stratigrafik turdagi uyumlar aksariyat kollektor qatlamlar tuzilmasining yuvilib ketishi va uning ustiga yosh tog‘ jinslarini stratigrafik normuvofiqlar bilan yotishi natijasida hosil bo‘ladi. Stratigrafik sinfdagi uyumlar antiklinal, gumbazsimon va monoklinal tuzilmalarda ham kuzatiladi.




2.2. Neft va gaz migrasiyasi


Migrasiya neft va gazning yer cho‘kindi qobig‘i bo‘ylab harakati bo‘lib, migrasiya yo‘llari sifatida tog‘ jinslaridagi g‘ovakliklar, darzliklar, tuzilmadagi buzilishlar va stratigrafik nomuvofiqliklar yuzalari xizmat qiladi. Xuddi shular orqali neft va gaz yerning yuza qismiga ham chiqishi mumkin.
Migrasiya jarayoni bir jinsli qatlamning o‘zida ham sodir bo‘lishi yoki uglevodorodlar bir qatlamdan ikkinchisiga o‘tishi ham mumkin. Ana shu nuqtai nazardan migrasiya o‘z navbatida qatlam ichi va qatlamlararo turlarga ajratiladi. Birinchisi, asosan qatlam ichki g‘ovaklik va darzliklarida, ikkinchisi esa qatlamlararo neft va gaz migrasiyasi tog‘ jinslari g‘ovakliklari bo‘ylab diffuziya jarayonlari orqali yuzaga keladi. V.P. Savchenko tadqiqotlariga ko‘ra neft va gazning siljishi qatlamlararo migrasiya natijasida o‘ziga xos «portlash quvurchasi» orqali gazlar to‘plamidagi juda katta bosim natijasida tog‘ jinslarida sodir bo‘ladi. Rezervuar ichi va rezervuararo migrasiya yonlama (loteral) qatlamning o‘z yo‘nalishida va bo‘ylama mutloq qatlamlanishi bo‘yicha bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan yonlama va bo‘ylama migrasiyalar bo‘ladi.
Harakatlanuvchi flyuidlarning fizik holatiga ko‘ra migrasiya molekulyar (diffuziya, suv bilan erigan holatda harakatlanishi) va fazoviy (erkin holatda) turlarga bo‘linadi. Keyingi holatda uglevodorod suyuq (neft) va gazsimon (gaz) holatda, shuningdek bug‘simon neftgazli eritma ko‘rinishida bo‘ladi. Neftgaz hosil bo‘luvchi qatlamlar turlariga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi migrasiyalar bo‘ladi. Uglevodorodlarni neftgaz yarata oluvchi jinslardan kollektorlarga o‘tish jarayoni birlamchi migrasiya deyiladi. Neftgazni neftgaz yarata oluvchi jinslardan tashqaridagi migrasiyasi ikkilamchi migrasiya deyiladi.
Neft va gaz migrasiyasi muammosi uchta asosiy masalani o‘z ichiga oladi: migrasiyani yuzaga keltiruvchi omillar; flyuidlarning siljish holati va migrasiya masshtablari (masofasi).
Migrasiya harakat masshtabi bo‘yicha regional, neft hosil bo‘lish va neft to‘planish mintaqalari oralig‘idagi masshtablarini nazorat qiladigan hamda lokal, alohida tuzilma va turli tuzilmalar bilan nazoratlangan turlarga bo‘linadi. Uglevodorodlarning migrasiyasi masofasi, yo‘nalishi va tezligi ularning holatidan va uyumlarning vujudga kelishidagi geologik vaziyatlarga bog‘liq.
Uzoq vaqtlar neft hosil bo‘lishidagi organik nazariyaning nozik tomoni birlamchi migrasiya emigrasiya omili haqidagi savol edi. Noorganik nazariya tarafdorlari neft yarata oluvchi jinslardan neftgaz birlamchi migrasiyasini barcha imkoniyatlarini rad etadilar.
Birlamchi migrasiya omillari va migrasiyalanuvchi uglevodorodlar holati to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar quyidagilardan iborat:
-diagenez bosqichida paydo bo‘lgan neftli uglevorod («yosh neftchi») cho‘kindilarning zichlashuvi natijasida suv bilan birga siqilib chiqadi. Jinslarning cho‘kishi bilan ularning harorati oshib ko‘proq qiziydi. Harorat oshishi bilan neft va gazning hajmi ko‘payadi va shu bilan ularning siljishiga imkoniyat yaratiladi. Uglevorodlarning harakati yangi turdagi moddalarning hajmi kattalashishi natijasida bosimning oshishi hisobiga ham faollashishi mumkin. Tog‘ jinslari katta chuqurlikka tushganda gazlarning generasiyasi kuchayadi va birlamchi neftgazli eritma ko‘rinishida neftgaz yarata oluvchi jinsdan chiqadi. Neftli uglevodorodlarning birlamchi migrasiyasi gazli eritmalar ko‘rinishida bo‘lishi eksperimental yo‘l bilan isbotlangan.
Diffuziya hodisasi ham, gaz va gazli eritmalarni neftli uglevodorodlarning birlamchi migrasiyasiga real ta’sir ko‘rsatishi mumkin. L.M. Zorkin tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, taxminan 65-70% gaz gil qatlamlaridan diffuziya yo‘li bilan suvli kollektorga migrasiyalanadi.
Neft va gazning ikkilamchi migrasiyasi gravitasion, gidravlik va boshqa omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi migrasiyada neft va gaz suvga to‘yingan kollektorga tushib uning eng yuqori qismini egallashga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda yuqoriga qarab vertikil siljiydi.
Flyuidlarning kollektor qatlam bo‘ylab sezilarli masshtabda migrasiyasi qatlam qiyaligi va bosim o‘zgarishidagi imkoniyatlari bilan o‘zgaradi. A.L. Kazakov fikricha qatlamning qiyaligi 1-2 m/km bo‘lganda gravitasion kuch ta’sirida neft va gaz siljishi uchun yetarli imkoniyat yaratiladi. Gidravlik omilning mohiyati shundan iboratki, kollektor qatlamdagi suv o‘z harakati davomida gaz pufakchalari va neft tomchilarini ergashtirib ketadi. Harakatlanish jarayonida suv, neft va gaz mustaqil fazoni hosil qilishi mumkin. Keyingi joylashishda suvdan ajralgan neft va gaz gravitasion omil hisobiga devorsimon ko‘tarilmalar bo‘ylab oqim ko‘rinishida harakatlanadi. Neft va gazning bunday migrasiya omillari yaxshi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kollektorlar bilan bog‘liq.
Yomon o‘tkazuvchan jinslarda (alevrolit va gillarda) migrasiyaning asosiy omili gazlarning diffuziyasini yuzaga keltiruvchi gaz bilan to‘yingan quyi qatlamlardagi ortiqcha bosim hisoblanadi. Turli geologik sharoitlarda ikkilamchi migrasiya turli uslublarda sodir bo‘ladi.
Neft va gazning migrasiyalanish va to‘planish jarayonlari o‘zgaruvchan geologik sharoitlarda bo‘lib o‘tadi. Bir xil xolatdagi tarqoq joylashgan uglevodorodlardan birlamchi uyumlar hosil bo‘ladi, boshqa hollarda birlamchi uyumlarning tarqalishi hisobiga ikkilamchi uyumlar hosil bo‘ladi.
Katta qalinlikdagi litologik yotqiziqlarda neft va gazning migrasiyalanish va to‘planish jarayonida tarqalish tavsifi asosan gilli va boshqa qoplamalarning mavjudligi, ularning qalinligi, maydon bo‘ylab tarqalishi, ekranlash qobiliyati, tutgan o‘rni, kollektor qatlamlar bilan nisbati hamda turli tutqichlarning rivojlanganligi, ularni qabul qilish imkoniyati, gidrogeologik sharoiti, uzilmali siljishlar va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Agar neftgaz yaratuvchi formasiyalar linzalarga ega bo‘lsa yoki o‘tkazmas qatlamlar bilan o‘ralgan o‘zaro aloqada bo‘lmagan kollektor qatlamlarda bo‘lsa bunday hollarda uyumlar «joyida» hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan neft va gaz izolyasiyalangan kollektorga tushadi va shu yerning o‘zida saqlanadi.
Neft va gaz uyumlarining joylashishidagi qiziqarli xususiyat Buxora regional neftgaz to‘planish zonasida kuzatiladi. Bu yerda yura davriga mansub qatlamlarda asosan neft uyumlari joylashgan, bur davri yotqiziqlarida esa gaz joylashgan.
Uyumlarning hosil bo‘lishi neft va gazning faqatgina rezervuar ichi migrasiyasida yuzaga kelmaydi. Uglevodorodlarning to‘planishi vertikal (rezervuararo) migrasiyada ham bo‘ladi. Loteral va vertikal yo‘nalishlarda uglevodorodlar tarqoq holdagi ko‘rinishda migrasiyalanishi mumkin.
Migrasiya va to‘planish natijasida hosil bo‘lgan neft va gaz uyumlari keyinchalik tektonik, biokimyoviy, kimyoviy va fizikaviy jarayonlar ta’siri ostida qisman yoki butunlay parchalanishi mumkin.
Tektonik harakatlar tutqichlarning egilishi natijasida yoki uzilmali buzilishlar hosil bo‘lishi natijasida uyumlarning yuqolishiga olib keladi, bunda neft va gaz undan boshqa uyumga migrasiyalanadi yoki yer yuzasiga chiqib ketadi. Agar uzoq vaqt mobaynida yirik maydonlarda ko‘tarilish harakati bo‘lib o‘tsa, neftgazli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolishi mumkin va uglevodorodlar atmosferaga tarqalib ketadi.
Neft va gaz uyumlarining hosil bo‘lishi va parchalanishini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki uning natijasida neft va gazni izlash–qidirish ishlarining maqsadli yo‘nalishlarda olib borilishi, ularni izlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish kabilarga imkon yaratiladi.



Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə