O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə2/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

Yerning tashqi sferalari. Yerning tashqi geosferalariga atmosfera, gidrosfera va biosferalar kiradi.
Atmosfera yer yuzasidan 1300 km gacha balandlikda joylashgan, lekin uning izlari 100 km dan yuqorida o‘chib boradi. Atmosferani tashkil etuvchi asosiy komponentlar – azot, kislorod, argon, uglekislota va suv bug‘lari bo‘lib, boshqa turdagi gazlar unda doimiy ravishda kam miqdorni tashkil etadi.
Atmosfera bir nechta qatlamlardan tashkil topgan: troposfera – qutblarda 8 km, ekvatorda 17 km gacha balandlikda; stratosfera 55 km gacha balandlikda; ionosfera stratosferadan yuqorida joylashgan bo‘lib, u yerda havo quyoshning ultrabinafsha nurlari bilan ionlashgan va elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega.
Gidrosfera, ya’ni yerning suv qobig‘i dengizlar, okeanlar, daryolar, ko‘llar va botqoqliklar hamda muzliklarni o‘z ichiga oladi. Gidrosferaga quyi chegarasi sezilarli chuqurlikda joylashgan yer osti suvlari ham kiradi.
Biosfera atmosfera va litosfera chegarasidagi sohani tashkil etadi va gidrosferani ham o‘z ichiga oladi hamda unda organik hayot madjudligi bilan tavsiflanadi.
Yerning ichki sferalari. Ichki geosferalarga yer qobig‘i (litosfera), mantiya va yadro kiradi (1.1-pasm ).



1.1 - rasm. Yerning ichki tuzilishi (a) va yer qobig‘ining (b) sxemasi.
Yening eng yuqoridagi qobig‘i litosfera deb yuritiladi. Uning tuzilishi kontinentlar va okeanlarda bir-biridan farq qiladi. Kontinental yer qobig‘i katta qalinlikka ega bo‘lib, uchta qatlamdan tashkil topgan – cho‘kindi, granit-metamorfik va bazalt qatlami. Okean tubidagi yer qobig‘i nisbatan kichik qalinlikka ega bo‘lib, ikkita: cho‘kindi qatlam va bazalt qatlamlardan tashkil topgan. Bazalt qatlam butun yer sharining mantiya qismini qoplagan, granit qatlam esa faqat materiklar ostki qismida mavjud. Ularning har birining o‘rtacha qalinligi 15-20 km ni tashkil etadi.
Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra yer qobig‘ining qalinligi 5-10 km dan 70 km gacha yetadi. Yer qobig‘ining pastki qismida mantiya joylashgan. Mantiya qalinligi 2900 km ga yaqin va u o‘z navbatida yuqori mantiya (yer sirtidan 40-200 km chuqurlikda), oraliq yoki o‘rta mantiya (yer sirtidan 200-1000 km chuqurlikda) va quyi mantiya (yer sirtidan 1000-2900 km chuqurlikda)lardan tarkib topgan. Mantiyadan keyingi chuqurlikda radiusi 3400 km ga yaqin bo‘lgan yadro joylashgan, yadro ichida radiusi taxminan 1260 km atrofida bo‘lgan yadrocha, yoki yerning ichki yadrosi joylashgan.
Yer qobig‘ining yuza sohasi quruqlik tog‘ jinslarining suv bilan yuvilishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslardan iborat. Bu soha cho‘kindi qatlam deyiladi. Bu qatlamning qalinligi materiklarda 35 km gacha yetadi va okeanlarda esa 8 – 2 km gacha kamayadi.
Granitlar – yer qa’rida yonuvchan suyuq magmaning kristallanishidan hosil bo‘ladi, metamorfik hosilotlar har xil jinslarni katta chuqurlikdagi yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi. Uning qalinligi materiklarning ayrim joylarida 35 km dan ortiq, okeanlarda esa mutloqo mavjud emas.
Bazaltlar – vulqon otqindilarining mahsulotlari bo‘lib, lavaning qotishi natijasida hosil bo‘ladi. Bazalt qatlamining qalinligi materiklarda 40 km gacha yetadi. Okeanlarda cho‘kindi qatlamning ostidan 5 km dan oshmaydigan qalinlikda yotadi.
Litosferadan pastda 900 km gacha chuqurlikda yuqori mantiya, 2900 km gacha chuqurlikda quyi mantiya joylashgan. Undan quyida 6371 km gacha yerning tashqi va ichki yadrosi joylashgan.

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə