O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan


Neft va gaz hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə3/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

1.3. Neft va gaz hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar

Neft va gazning kelib chiqishini uyg‘unlashtirish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Neft geologiyasining asoschisi M.M. Gubkin o‘zining «Ucheniye o nefti» kitobida neftning hosil bo‘lishi muammolarining amaliy ahamiyatiga shunday baho beradi: «Tabiatda neftning hosil bo‘lishini to‘g‘ri topish biz uchun faqatgina ilmiy-nazariy qiziqish bo‘lib qolmay, balki birinchi darajali amaliy ahamiyatga ega. Qachonki biz natijada neft hosil bo‘ladigan jarayonlarni to‘g‘ri tasavvur qila olsak, shundagina yer qobig‘ida uning uyumlari qanday hosil bo‘lishini bilamiz, neft to‘planishi uchun qulay qatlamlarning barcha tuzilma shakllari va litologik xususiyatlari bilan tanishamiz hamda shu ma’lumotlar majmuasida neftni qanday joylarda izlash va uni qay yo‘sinda maqsadga muvofiq qidirishni tashkillashtirishimiz hakida ko‘rsatmalarga ega bo‘lamiz».


Neft va gazning kelib chiqishi haqiqatdan ham ularni izlov-qidiruv ishlarini amalga oshirishning ilmiy asosi hisoblanadi.
Bu muammolarni yechishga XX asrning 90 yillarigacha ikkita prinsipial yo‘nalishda yondoshish mavjud bo‘lgan. Birinchi yo‘nalish uglevodorodlar uyumlarining hosil bo‘lishi uchun boshlang‘ich material biosferaning organik moddalari xizmat qiladi deb hisoblasa, ikkinchi yo‘nalish noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lishini ta’kidlaydi. Neft va gazning genezisi to‘g‘risidagi ko‘p savollarga hozirgacha to‘liq javob berilmagan.


1.3.1 Neft va gaz hosil bo‘lishining noorganik gipotezalari

1877 yilda D.I. Mendelev uglevodorodlarning noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lishi birinchi gipotezasi - karbid gipotezasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra uglevodorodlar quyidagicha hosil bo‘ladi: planetamizning metall yadrosiga darzliklar bo‘ylab suv sizib o‘tadi va u yerda metall karbidlari bilan reaksiyaga kirishib ularning oksidlarini hamda uglevodorodlarni hosil qiladi, masalan:




(1.1)

Uglevodorodlar gaz holatda yerning yuqori sovuq qismlariga ko‘tariladi va darzliklar, bo‘shliqlar va g‘ovaklarda to‘planib uyumlarni hosil qiladi.


Neftning noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi boshqa bir gipoteza - kosmik gipoteza 1892 yilda V.D.Sokolov tomonidan oldinga surildi. Bu gipoteza bo‘yicha uglevodorodlar o‘tmishda yer yonuvchan – suyuq holatda bo‘lgan paytda uning gaz qobig‘ida mavjud bo‘lgan. Ular yerning qotish jarayonida qotuvchi substraklarga yutilgan va yer qobig‘ining yuqoridagi (ko‘proq) yaxshiroq qotgan qatlamlarida joylashgan.
Bu ikkita asosiy gipoteza asosan XIX asrning oxirida tuzilgan bo‘lib, keyingi yillarda ular rus geologlari N.A. Kudryavsev, P.A. Kropotkin, V.B. Porfireva va boshqalar tomonidan qayta o‘zgartirildi va ahamiyatga molik darajada yangilandi.
N.A.Kudryavsev kiritgan taklif bo‘yicha (1966-1967 y), protoplaneta materiallari bilan birga qotuvchi barcha organik birikmalar magmada uglerod va vodorodga aylanadi, keyinchalik SN, SN2, SN3 radikallarni hosil qiladi va yer qobig‘ida (magmadan chiqib) polimerlanish va sintez jarayonlari ta’sirida uglevodorodlarning neftli qatorini hosil qiladi.
P.N.Kropotkinning fikricha, (1955, 1976 y.) uglevodorodlar azon va geliy singari yer qobig‘ining chuqur zonalarida bo‘lib o‘tadigan differensiasiyalarning yuqori zonalariga ko‘tarilib neft hosil bo‘ladi.
Neftning noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lish gipotezalarida qotayotgan magmada metanning mavjud bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi holatgina diqqatga sazovor holos, lekin metanga nisbatan uglevodorodlarni yonuvchan–suyuq moddaning termodinamik sharoitlarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday noorganik gipotezalar tomonidan nima uchun har xil uyumlardagi neft to‘plamlari bir-biridan kimyoviy tarkibi bilan farq qilishi, bir stratigrafik komplekslardagi har xil konlardan olinganlari esa o‘zaro to‘g‘ri kelishini tushuntirib bo‘lmaydi. Bu faktlarni faqat neft hosil bo‘lishing organik gipotezasi bilangina tushuntirish mumkin.



Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə