O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə14/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

K – o‘tkazuvchanlik koeffisiyenti;
µ - suyuqlikning dinamik qovushqoqligi, Pa∙C;
P – suyuqlikning harakat yo‘nalishi bo‘yicha ∆L masofada
bosimlar farqi, Pa;
∆L - namunada olingan ikki nuqta oralig‘ida masofa, m.
Chiziqli sizilish tezligi ekanligini hisobga olib uni (3.6) formulaga qo‘yilsa, u holda o‘tkazuvchanlik koeffisiyentini quyidagicha ifodalanadi:
; [m2] (3.7)
bu yerda: Q - tog‘ jinsi orqali o‘tadigan suyuqlik hajmiy sarfi, m3/cek;
F - namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2.
O‘tkazuvchanlik koeffisiyenti laboratoriya sharoitlarida (3.7) formuladan foydalanilgan holda aniqlanadi.
Sizilish koeffisenti o‘lchov birligi fizik ma’nosi sizilish jarayonida o‘tkazuvchan g‘ovak muhit kanallarining ko‘ndalang kesim yuzasi o‘lchamlarini tavsiflaydi. Neftlilik kollektorlarining o‘tkazuvchanligi katta oraliq qiymatlarda o‘zgaradi. Ko‘pgina neft konlarida tog‘ jinslarining o‘tkazuvchanligi 0,1-2 mkm2 ga teng.
Bitta kollektorning o‘tkazuvchanligi har xil qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslariga loylar va loysimon tog‘ jinslari kiradi. Tog‘ jinslarida o‘tkazuvchanlik qiymat uning ko‘ndalang kesimiga nisbatan yotiqligi bo‘yicha katta, yo‘nalishi bo‘yicha esa tog‘ jinslarining zichlanishi va qatlamlanishiga perpendikulyar.
Neft tarkibli tog‘ jinslarining o‘tkazuvchanligini tavsiflash uchun absolyut, samarali (fazoli) va nisbiy o‘tkazuvchanlik tushunchalari kiritiladi.
Absolyut o‘tkazuvchanlik g‘ovak muhitning o‘tkazuvchanligi bo‘lib, g‘ovaklik muhiti to‘ldirilgan faqat bitta suyuqlik yoki gazning sizilish fazosi kuzatiladi. Bunda g‘ovaklik muhiti va fazo (suyuqlik, gaz) oralag‘ida fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sirlar bo‘lmaydi.
Samarali (fazoviy) o‘tkazuvchanlik shunday o‘tkazuvchanlikki, g‘ovak muhitda faqat suyuqlik yoki gazning sizilishi kuzatiladi, hamda shu bilan birgalikda ko‘p fazoli tizim sizilishi deb ataladi. Fazoviy o‘tkazuvchanlik g‘ovak muhitnng fizik-kimyoviy xossalariga va alohida har bir fazonikiga, tizimdagi fazoning foizli tarkibiga hamda bosim parametrlarining mavjudligi va boshqalarga bog‘liq.
G‘ovak muhitning nisbiy o‘tkazuvchanligi deb, samarali (fazoviy) o‘tkazuvchanlikning absolyut o‘tkazuvchanlikka nisbatiga aytiladi. Tog‘ jinslari yaxshi o‘tkazuvchan va yomon o‘tkazuvchan turlarda bo‘ladi. Absolyut o‘tkazmaydigan tog‘ jinsi mavjud emas.
Yaxshi o‘tkazuvchan tog‘ jinslariga – qumlar, yumshoq qumtoshlar, yoriqlar va kovakli ohaktoshlar va boshqalar kiradi. Yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslariga esa loylar, gipslar, slanslar, loysimon ohaktoshlar, loyli sementlashgan konglomeratlar va boshqa shu kabilar kiradi.
G‘ovak va yoriq tog‘ jinslarining suyuqliklar va gazlarni o‘tkazuvchanligi hamda ularni sig‘diruvchanlik imkoniyatlari kollektorlar deb ataladi. Qatlamlarda neft va gazni to‘plash, konlarni shakllantirish uchun kollektor yuqoridan va pastdan o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari bilan qurshalgan holda bo‘lishi hamda neft va gaz shu kollektordan boshqa qatlamlarga o‘tmaydigan xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Yuqori va tub qismlaridan neft va gazni o‘tkazmaydigan kollektorlarga tabiiy rezervuarlar deyiladi.
Ko‘p holatlarda tabiiy rezervuarlar yaxshi o‘tkazuvchan qatlam bo‘lib, yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslari oralig‘ida joylashadi. Masalan: qumoqtoshli neft kollektorlari loyli jinslar oralig‘ida joylashadi. Yer qobig‘ida tabiiy rezervuarlar suvga to‘yingan holatda bo‘lib, bunga bog‘liq holda neft va gaz shunday tabiiy rezervuarga tushadi va siljiydi (migrasiyalanadi), solishtirma og‘irliklari farqlari evaziga suvdan ajralishga harakat qiladi.
Neft va gazning siljishi (migrasiyasi) yuza sirtga jipslashib chiqquncha yoki yer bag‘rining o‘tkazmaydigan qismigacha davom etadi. Neft va gaz o‘zining siljishi davomida tog‘ jinsining o‘tkazmaydigan qatlamida uchrashib, shu yerda to‘planadi, ya’ni tutqichda ushlanib tabiiy rezervuar hosil qiladi.
Tutqich tabiiy rezervuarning bir qismi shaklida bo‘lib, neft va gazning siljib harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatuvchi o‘tkazmaydigan to‘siq hosil qiladi. Tutqichda neft, gaz va suv o‘rtasida muvozanat o‘rnatiladi, ya’ni ularning zichliklariga bog‘liq ravishda gaz yuqori sohada, uning tagida neft va pastda suv to‘planadi. Eng ko‘p tarqalgan tutqichlar gumbaz yoki ekranlashgan tutqichlardir. Gumbazli tutqichlar antiklinal burmalarda shakllanadi.
Agar burmaning ustki qismida va tubida kuchsiz o‘tkazuvchan tog‘ jinslari joylashgan bo‘lsa, bunday hollarda neft va gaz suv ustiga suzib chiqadi, antiklinal gumbaziga tushadi va tutqichlarga to‘planadi (3.1-rasm, a). Neft va gazning ustki qismi yomon o‘tkazuvchan bo‘lgan tutqichga to‘planishi natijasida ularning yuqoriga sizilish jarayoni to‘xtaydi. Neft va gaz antiklinal burmaning gumbaz qismida qoladi.

3.1-rasm Tutqichlar turi
a-gumbazli; b-litologik; v-tektonik; g-stratigrafik.
Neft va gaz tutqichlarda ba’zida yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslari bilan chegaralangan qatlamlar oraliqlarida shakllanadi. Bunday tutqichlar litologik ekranlashgan deb ataladi (3.1-rasm, b). Tutqichlar ba’zida qatlam g‘ovaklarining yoriqlarida yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslari bilan tutashgan joylarda shakllanadi. Bunday tutqichlar tektonik ekranlashgan deb ataladi (3.1-rasm, v). Bunday hollarda neft va gaz qatlam g‘ovakligining ko‘tarilgan qismida to‘planadi va tutqichda qoladi, yomon o‘tkazuvchan tog‘ jinslarida esa ularning migrasiyasi bo‘lishi imkoniyat bo‘lmaydi. Tabiatda stratigrafik ekranlashgan tutqichlar ham uchraydi (3.1-rasm, g). Ularda neft va gaz qiya joylashgan g‘ovaklik qatlamlarda va yomon o‘tkazuvchan gorizontal joylashgan tog‘ jinslari bilan qatlam hosil qiladi. Bunday turdagi qatlamlar neft va gaz uchun ekran bo‘lib hizmat qiladi. Haqiqiy sharoitlarda har qanday tutqichlarda neft va gaz to‘planishi mumkin. Bunday tutqichlar uyumlar deb ataladi. Uyumlarning shakli va o‘lchamlari tutqichning shakli va o‘lchamlariga mos keladi.



Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə