O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan


Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə15/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

3.3 Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari

Neft yoki gaz uyumlariga nisbatan aniq geologik atamashunoslik mavjud bo‘lib, unga asosan neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari nomlari ularning maxmuniga qarab qabul qilingan.


Qatlamda joylashgan neft, gaz va suvni ajratib turuvchi sirt neftgaz uyumining tubi yoki suvneft soxasining sirti deb ataladi. Bu sirtning qatlam ustki qismi bilan kesishish chizig‘iga neftlilik tashqi konturi deb ataladi.
Neftgaz soxasi sirtining mahsuldor qatlam ustki qismi bilan kesishish chizig‘iga - gazlilikning tashqi konturi deyiladi (3.2-rasm).

3.2-rasm. Gazlarda uyum gumbazi
1-gazlilik ichki konturi; 2-gazlilikni tashqi konturi; 3-neftlilikni tashqi konturi; 4-neftlilikni ichki konturi.

Erkin gazning neft uyumi ustki qismida to‘planishi gaz do‘ppisi deb nomlanadi. Qatlamlarda gaz do‘ppisining shakllanishi uchun aniq sharoitlar zarur bo‘lib, ko‘pinchalik berilgan qatlam haroratida uyumdagi bosim neftning gaz bilan to‘yinish bosimiga teng.


Agar qatlamda bosim, neftning gaz bilan to‘yinishi bosimidan yuqori bo‘lsa, bunday holatda gaz do‘ppisi shakllanmaydi. Chunki, hamma gaz neftning tarkibida erigan holda bo‘ladi. Toza gaz uyumi tabiiy rezervuarlarda neft bo‘lmaganda shakllanadi.
Neftgaz tutqichlari massiv tabiiy rezervuarlarda shakllanganda, neftlilikning va gazlilikning ichki konturi mavjud emas (3.3-rasm).
Gazli tutqichlarda, ya’ni massiv tabiiy rezervuarlarda shakllanganda esa, faqat tashqi gazlilik konturlari mavjud bo‘ladi.
Uyumlarning geometrik o‘lchamlari ularning gorizontal (topografik) proyeksiyasi bo‘yicha aniqlanadi. Uyumning balandligi deb, tiklik bo‘yicha uyumning tubidan uning eng yuqori nuqtasigacha bo‘lgan masofaga, neft qismining balandligi deb esa, neftgaz uyumining tubidan neftgaz bo‘limigacha bo‘lgan masofaga aytiladi.
Uyumning uzunligi deb uyumning katta o‘qining neftlilik tashqi konturi bilan kesishishida shakllangan eng ichki nuqtalar oralig‘idagi masofaga aytiladi.
Uyumni kengligi deb kichik o‘qning neftlilik konturi bilan kesishishi natijasida shakllangan eng ichki nuqtalar oralig‘iga aytiladi.


Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə