O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan


Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə17/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

3.6 Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari

Maxsuldor qatlamdagi tog‘ jinslari tarkibi, bosim va haroratning o‘zaro nisbatlari kabi omillarga bog‘liq ravishda neft, gaz va suv turli agregat xolatlarda: suyuq, gazsimon va neftgaz aralashmalari ko‘rinishlarida bo‘ladi.


Neft, gaz va suv uyumda zichliklarining kattaligi bo‘yicha aniq ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, uyumning yuqori qismida gaz uning tagida neft va neftning pastki qismida suv bo‘ladi.
Uyumda neft va gaz katta miqdorda to‘plangandan keyin gaz xolatidagi moddalar uyumning yuqori qismida gaz do‘ppisi shaklida konsentrasiyalanadi. Agar neft uyumida gazning miqdori neftning miqdoriga nisbatan kichik bo‘lsa qatlamdagi yuqori bosim tasiridagi gazlar neftda erigan holatda bo‘ladi. Bunday holatda qatlamdagi neft bir fazali – chuyuq fazada bo‘ladi.
Uyumlar neftli, gazli, gazneftli, gaz kondensatli va neftgazkondensatli turlarga bo‘linadi. Uyumning neftli va gazli qismlarida neft va gazdan tashqari kapillyar bosim kuchlari tasirida g‘ovakliklar va yoriqlarning devorlarida pardali qatlam shaklida suv ushlanib turadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha bu suv ham qatlam tubi yoki chetki suvlar kabidir. Qatlamda neft va gazli uyumlarning shakllanish jarayonida yupqa parda ko‘rinishida g‘ovakliklar va yoriqlarning sirtida saqlanib qolgan bunday pardali suvlarga «bog‘langan yoki qoldiq suvlar» deyiladi. Bog‘langan suvlar juda katta bosim jarayonida ham uyumda qo‘zg‘almasdan qoladi. Neft konlarida bog‘langan suvlar qatlam g‘ovaklari va yoriqlari hajmining 10% dan 30% gacha qismini egallaydi. Bog‘langan suvlarning yupqa pardalari qalinligi tog‘ jinslari kollektorlarining o‘tkazuvchanligiga va suvning menerallashganlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Loyli qalinliklarning oshishi bilan parda qalinligi oshadi, suvning minerallashuvi oshishi bilan esa bog‘langan suvning pardasi qalinligi kamayadi. Bog‘langan suvlarning miqdoriy jixatdan har xil bo‘lishi uyumdagi neft va gaz zahirasini aniqlash va hisoblash uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Agarda neft qatlamlarida katta miqdordagi bog‘langan suvlar mavjud bo‘lsa, qatlamning neft o‘tkazuvchanlik qobiliyati kamayadi va quduq kam debit bilan ishlaydi.
Quduqlarni burg‘ilab mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlam suvlarining tavsiflariga bog‘liq ravishda turli xildagi loyli eritmalar tayyorlanadi.
Neft va gaz kollektorlarining har xil g‘ovakligi va o‘tkazuvchanligi hamda suvning g‘ovakliklardan kapillyar ko‘tarilishi sababli, mahsuldor qatlamdagi neftlilik va gazlilik soxalari oralig‘idagi bo‘linma aniq chegaralanmagan.

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə