O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə16/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

3.3-rasm Massiv gazneft uyumi.
1-gazlilikni tashqi konturi; 2-neftlilikni tashqi konturi
Qatlam gumbaz va massiv neftlilik hamda gaz uyumlaridan tashqari ekranlashtirilgan qatlamlar va litologik chegaralangan neft va gaz uyumlariga ega. Asosiy turi 3 xil bo‘lgan tabiiy rezervuarlarga 3 ta guruhdagi: qatlam uyumlari (gumbazli va ekranlashgan); massiv uyumlar va litologik chegaralangan neft va gaz uyumlari mos keladi.
3.4 Neft va gaz konlari

Yer bag‘rida joylashgan tarkibida neft, gaz yoki kondensat bo‘lgan uyumlar to‘plami neftli, gazli, gazneftli, gazkondensatli yoki neftgazkondensatli konlarni hosil qiladi.


Kon atamasi to‘liq ma’noda aniq joyni anglatmaydi U neft yoki gaz paydo bo‘lgan joy bo‘lib, neft va gaz migrasiya jarayonida o‘zining yo‘lida o‘tkazmaydigan tutqichni uchratishidir. Shuning uchun neft koni degan atama qo‘llanilganda neftning to‘plami tushuniladi.
Neft va gaz konlari bitta emas, balki bir nechta uyumlarga ega bo‘lishi mumkin. Yer bag‘rida 2 ta geologik tuzilma mavjud bo‘lganligi uchun unga mos ravishda neft va gaz konlari ikkita guruxga ajratiladi.
Birinchi guruxdagi konlarga – geosklinal (gumbazli) soxada shakllangan konlar, ikkinchi guruxdagi konlarga esa, platformali soxalarda shakllangan konlar mansub.
Birinchi guruxdagi konlarga Shimoliy Kavkazdagi va Kavkaz tog‘larining Janubiy Sharqiy qismi, Qrim konlari, Sharqiy Karpat, Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Saxalin orollaridagi konlar kiradi.
Ikkinchi guruxdagi konlarga Volga, Ural regioni hamda G‘arbiy Sibirdagi konlar kiradi.
3.5 Tog‘ jinslarining granulometrik
i bo‘yicha tarkibiy miqdoriga qarab belgilanadi. G‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik, solishtirma yuza va g‘ovaklik muhitining kapillyar xossalari tog‘ jinslarining granulometrik tarkibiga bog‘liq. Agar tog‘ jinslari donalarining o‘lchamlari bo‘yicha yaxlit holda joylashmagan bo‘lsa, ular kichik g‘ovaklik va o‘tkazuvchanlik koeffisiyentiga ega bo‘ladi. Shuning uchun granulometrik tarkib g‘ovaklik muhitining neft bilan tutashuvi umumiy yuzasini belgilaydi. Uyumlardan neft olish tugagandan keyin qatlam g‘ovakliklarida neftning yupqa parda ko‘rinishida qolib ketishi miqdori tog‘ jinslarining granulometrik tarkibiga bog‘liq.
Tog‘ jinslarini granulometrik tarkibi elash va sedimentasiya tahlili usullarida aniqlanadi.
Elash usulida teshiklari o‘lchamlari 0,053 mm dan 3,36 mm gacha bo‘lgan simli yoki ipli to‘rlarning jamlamasidan foydalaniladi. Elaklar biridan ikkinchisiga joylashtirilib, yuqoriga teshigi katta bo‘lgan elak o‘rnatiladi. Yuqoridagi elakka 50 gr sochiluvchan tog‘ jinsi to‘qiladi va 15 daqiqa davomida elakdan o‘tkaziladi. Undan keyin har bir elakda qolgan qoldiq tog‘ jinslari tortiladi va natijalar jadvalda yoziladi.
Tog‘ jinslarini zarrachalarining o‘lchami katta oraliq chegaralarda o‘zgaradi. Tog‘ jinslari donalarining o‘lchamlari bo‘yicha quyidagi mexanik fraksiyalarga ajratiladi:
- galka (mayda tosh) va sheben (chakki tosh ) – 1 sm dan katta;
- graviy – 1sm dan 2 sm gacha;
- dag‘al qumlar - 2-mm dan 1 mm gacha;
- yirik qumlar - 1mm dan 0,5 mm gacha;
- o‘rtacha qumlar - 0,5 mm dan 0,25 mm gacha;
- mayda qumlar - 0,25 mm dan 0,1 mm gacha;
- yirik asfalt - 0,1 mm dan 0,05 mm gacha;
- mayda asfalt - 0,05 mm dan 0,01 mm gacha;
- loysimon zarralar - 0,01 mm dan kichik.
Amaldagi tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, neft tarkibli tog‘ jinslarining granulometrik tarkib 1 mm dan 0,01 mm gacha o‘lchamdagi zarrachalardan tuzilgan.
Tog‘ jinslari mexanik tarkibi bo‘yicha turli xilligi g‘ovak muhitning har xillik koeffisiyenti bilan tavsiflanadi. G‘ovak muhitning bir jinsli bo‘lmagan koeffisiyenti deganda zarrachalar fraksiyasidagi diametri qumning og‘irligi bo‘yicha zarralar fraksiyasining diametri 60 %ni tashkil etuvchilarining hamda qumlarda og‘irligi bo‘yicha juda mayda zarralar fraksiyasining 10 % ini tashkil etuvchilarining nisbati tushuniladi.
Tog‘ jinsi qum fraksiyasida har xil o‘lchamli donalar qancha ko‘p bo‘lsa, bir jinslimaslik koeffisiyenti shuncha yuqori bo‘ladi. Neft va gaz konlari tog‘ jinslarining yotkiziqlarida tog‘ jinsi donasining bir jinslimaslik koeffisiyenti 1,1-20,0 oraliq chegarada o‘zgaradi.
Tog‘ jinslarining solishtirma yuzasi – tog‘ jinsini tashkil yutuvchi zarrachalarning umumiy yuzasi bo‘lib, birlik hajmidagi namuna yuzasigaga to‘g‘ri keladigan kattalikdir.
Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi tog‘ jinslari zarrachalarining yuqori zichlikda joylashuvida g‘ovak muhitning umumiy sirt yuzasi katta o‘lchamni tashkil etadi. Masalan, to‘g‘ri sferik shakldagi o‘lchamlari 0,2 mm bo‘lgan zarrachalar donalarining 1 m3 dagi bir xil jinsli tarkibi solishtirma yuzasi 20276 m2 ni tashkil etadi.
Neft mavjud bo‘lgan tog‘ jinsining o‘tkazuvchanligi, qoldiq suvlarning tarkibi, adsorbsiya qobiliyati va boshqalar solishtirma sirt kattaligiga bog‘liq. Agar g‘ovak muhit katta solishtirma sirtga ega bo‘lsa, suyuqlik sirti molekulalari soni ortadi va hajmiy molekulalar soni bilan tenglashadi. Shuning uchun g‘ovak muhit o‘tkazuvchan tog‘ jinslariga nisbatan suyuqlik sizilishi jarayoniga amaliy jixatdan ta’sir qiladi.
Neft tarkibli tog‘ jinslarining sizilish sirti solishtirma maydoni quyidagi formula yordamida aniqlaniladi:
(3.8)
bu yerda: - tog‘ jinsining solishtirma yuzasi, m2/m3 ;
m- g‘ovaklik, birlik sonda;
K- o‘tkazuvchanlik, m2.
Neft konlaridagi tog‘ jinslarining solishtirma yuzasi katta oraliqlarda- 40000 – 230000 m2/m3 o‘zgaradi, sirt yuzasi bu qiymatlardan katta bo‘lgan tog‘ jinslari kam o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Kam o‘tkazuvchan tog‘ jinslariga loylar, loyli qumtoshlar, loyli slanslar va shunga o‘xshash jinslar kiradi. tarkibi va solishtirma yuzasi

Tog‘ jinslarini granulometrik tarkibi undagi har xil kattalikdagi donalarni o‘lchamlar





Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə