O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti neft va gaz ishi asoslari fanidan



Yüklə 6,29 Mb.
səhifə10/64
tarix06.03.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#102000
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Neft va gaz ishi asoslari (maruza)

2.6-rasm. Massiv tabiiy rezervuar.
1 – qumtoshlar; 2gillar; 3 – ohaktoshlar; 4 tuz.



2.7-rasm. Litologik chegaralangan tabiiy rezervuarlar.





2.8-rasm. Tabiiy rezervuarda neft va gaz to‘plamining hosil bo‘lishi.
a–litologik ekran bo‘lganda; b–antiklinal buklangan qatlamda.

Neft va gaz hosil qiluvchi jinslarda hosil bo‘lgan uglevodorodlar migrasiyalanish yo‘li bilan kollektor qatlamgacha yetib keladi. Suv bilan to‘lgan tabiiy rezervuarda erkin holatdagi neft va gaz kollektor qatlamning eng yuqori qismini egallashga harakat qiladi. Ular gravitasion effekt ta’sirida toki kollektor qatlamning ustki yuzasigacha ko‘tariladi. So‘ngra kollektor qatlamning ustki yuzasi bo‘ylab yuqoriga qarab o‘zining harakatida davom etadi. Bu harakat toki ularning yo‘lida biron bir to‘siq uchragunga qadar davom etadi. Bunday to‘siqlar o‘tkazuvchan jinslarni o‘tkazmas jinslar bilan almashinuvi ya’ni litologik ekran, qatlamning qiyaligi teskari tomonga o‘zgarishi, tektonik buzilishlar yuzalari bo‘lishi mumkin. Agar ular o‘zining yo‘lida to‘siqlarga duch kelsa, tabiiy rezervuarning o‘sha qismida neft va gaz to‘plami hosil bo‘ladi (2.8-rasm).




2.4 Neft va gaz uyumlari va konlari

Neft va tabiiy gazlarning Yer po‘stida turli o‘lchamdaga to‘plamlari qanday hosil bo‘lganligi o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Neft va yonuvchi gazlar yer qa’rida joylashgan. Neft va yonuvchi gazlarning u yerda to‘planishi ularni o‘z ichiga olgan tog‘ jinslariga, shuningdek qatlamlarning tuzilishiga va boshqa shu kabi xususiyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.


Yer qa’rida turli minerallar birikmasidan iborat turli xildagi tog‘ jinslari mavjud. Minerallar - tarkibi va tuzilishi bo‘yicha bir jinsli bo‘lgan kimyoviy birikmalar. Tabiatda 3 mingga yaqin minerallar turi borligi aniqlangan. Butun dunyodagi cho‘kindi jinslarda 99,9% dan ortiq neft va tabiiy gazning konlari mavjud.
Uyum - tog‘ jinslarida neft yoki gazning yagona to‘plangan joyidir. Uyumlarning yagona geologik tuzilishga keltirilgan to‘plami kon deyiladi. Uyum yoki kon hosil bo‘lishi uchun ma’lum shart sharoitlar (kollektorlar, qopqoq, tutqich, migrasiya) bo‘lishi zarur.
Qum, qumtosh va shunga o‘xshash cho‘kindi jinslar eng yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega. Ular donador kollektorlar deyiladi. Ularning kollektorlik xossalari g‘ovaklik va o‘tkazuvchanlilikdadir. G‘ovaklik - jinsdagi hamma bo‘shliqlar (kovakchalar) hajmining yig‘indisi.
Qumtosh va qumlarning g‘ovaklik koeffisiyenti 20 - 25% ni tashkil etadi, kimyoviy ohaktoshlarda bu qiymat 3 - 5% ga teng. Magmatik va metamorfik jinslarda esa kovakchalar deyarli yo‘k. Agar neft g‘ovakliklarni butunlay to‘ldirsa, g‘ovaklik koeffisiyenti 20% bo‘lgan 1 m3 jinsda 0,2 m3 neft, g‘ovaklik koeffisiyenti 40% bo‘lgan 1 m3 jinsda esa 0,4 m3 neft bo‘ladi va h.k.
O‘tkazuvchanlik - jismlarning o‘zidan suyuqlik va gazlarning o‘tkazish xususiyatidir. G‘ovak muhitdagi suyuqlikning harakati gidrodinamikaning asosiy qonuni - Darsi qonuniga bo‘ysunadi.
O‘tkazuvchan tog‘ jinslari rezervuar vazifasini bajaradi, unda neft va gaz to‘planadi hamda harakat qiladi. Biroq, agar cho‘kindi jinslarning hamma qatlamlari kollektorlardan iborat bo‘lsa, neft va gaz uyumda yig‘ila olmas edi. Ular suvli muhitda, yuqoriga sizib, yer sirtiga chiqib bug‘lanib ketar edi. Uyumlarning hosil bo‘lishi uchun cho‘kindi qatlamlarda neft va gazni o‘tkazmaydigan jinslar -o‘ziga xos to‘siqlar bo‘lishi zaruriy shartdir, bu to‘siqlar flyuidlarning Yer sirtiga vertikal harakatlarini ushlab qolish xususiyatiga ega. Bunday o‘tkazmaydigan jinslar qopqoq deb ataladi. Odatda qopqoq bo‘lib gillar, tosh tuzi, gipslar ba’zan darzsiz ohaktoshlar va mergellar xizmat qiladi.
Neft va gazning yig‘ilishi uchun kollektorlar va qopqoklarning tez-tez o‘rin almashib turishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘kindi qatlamning bunday modeli "qatli pirog" deb ataladi.
Faraz qilaylik, bizda neft yoki gaz flyuidlari harakatlanayotgan o‘tkazuvchan qatlam, bu flyuidlarni ushlab turadigan gilli yaxshi qopqoq bor bo‘lsin. Uyum hosil bo‘lishi uchun bular yetarli emas. Maxsus shaklli qatlam -qopqoq bo‘lishi shart, unga neft va gaz kirgandan so‘ng, berk to‘siqqa tushib qolgandek bo‘ladi. Mana shundagina bu mahsulotlar yig‘ilib, uyumlar hosil bo‘ladi. Odatda qopqsqlar tuzilmali va tuzilmasiz bo‘ladi. Tuzilmali qopqoqlarga antiklinal tuzilmali tektonik to‘siq, tuzilmasiz qopqoqga stratigrafik nomuvofiqlik, ko‘milgan riflarga litologik qiyiklanish misol bo‘ladi.
Antiklinal - qavariqligi bilan yuqoriga yo‘nalgan egik qatlamdir. Antiklinalga teskari shakl sinklinal deyiladi.
Tuz qubbali tuzilmalar ham antiklinal burmalarga kiradi. Ularning hosil bo‘lishi tosh tuzining undan yuqorida yotgan tog‘ jinslarining bosimi ostidagi plastik oqishi bilan bog‘liq. Tuz yuqoriga ko‘tariladi va o‘z yo‘lida joylashgan yuqoridagi qatlamlarni antiklinal egib qubba hosil qiladi.
Antiklinal tuzilmaning o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin: uzunligi o‘rtacha 5-10 km, kengligi 2-Z km, balandligi (amplitudasi) 50-70 m, bo‘lgan yirik antiklinallar ham ma’lum. Masalan, dunyodagi eng katta neft koni Gavarning (Saudiya Arabistoni) o‘lchamlari 225x25 km•km, balandligi 370 m ni tashkil etadi. Eng yirik gaz koni Urenguy o‘lchamlari 120x30 km•km, balandligi esa 200 m ga teng.
Tuzilmali turdagi qopqoqga tektonik to‘siqlar ham kiradi. Ular qatlamlarning tashlama yoki ko‘tarilma uzilishlarida va kollektorlarning o‘tkazmaydigan jinslarga birikkanda hosil bo‘ladi. Odatda tektonik ekranlar bilan neft uyumlari (56%) va gaz neftli uyumlarni (41%) bog‘liq. Gaz uyumlari ulushi ko‘p emas (3%).
Stratigrafik nomuvofiqlik cho‘kindi yotqiziqlarining qatlamlanish ketma-ketligi buzilganda kelib chiqadi. Bunday qatlamlar turli egilish burchaklarini tashkil qiladi. Ba’zi hollarda o‘tkazuvchan qatlam qopqoqqa taqalib qoladi, natijada zaruriy qopqon hosil bo‘ladi. Odatda bunday qopqonlar katta ko‘tarilmalarning yonbag‘irlarida yoki botiqliklarning chekka qismlarida hosil bo‘ladi. Bunday nomuvofiqliklar bilan bog‘liq bo‘lgan zahirasi ancha ko‘p neft konlari ma’lum. Bunga Ist-Texas (AQSH) koni misol bo‘ladi. Bu neft uyumining uzunliga 70 km, kengligi 20 km, yuzi 54 ming ga. 1930 yildan buyon bu kondan 1 mlrd.t. dan ortiq neft qazib olingan.
Litologik qiyiqlanish - kollektorlarning o‘tkazuvchanligi bo‘lmagan jinsli qalinlikda qiyiqlanishi natijasi. Bunday xolat turli variantlarda bo‘lishi mumkin. Eng soddasi - qumli qatlamlarning botiqliklar chekka qismlarida yoki ko‘tarilmalar yon bag‘irlarida qiyiqlanishi xisoblanadi. Bunday qopqonlar bilan bog‘liq juda kagga uyumlar bo‘ladi. Masalan, Pombina (Kanada) konining neft zahirasi 200 mln.t. dan ko‘p, uyumning uzunligi 85 km, kengligi 25 km, yuzi 150 ming gektar.
Ba’zan uyumlar ko‘milib ketgan qadimgi daryo o‘zanlarida hosil bo‘ladi. Rossiyada birinchi marta bunday qopqon neft uyumlari I.M.Gubkin tomonidan 1910-1911 yillarda Kavkaz oldi Maykop rayonida (Neftli-Shirvan maydonida) aniqlangan. U bu uyumni yengsimon deb atadi. Bundan oldin Oklaxoma va Kanzasda (AQSH) shunga o‘xshash uyumlar topilgan edi.
Ko‘milib ketgan riflar - qadimgi marjonlar guruhi bo‘lib, nisbatan keyingi o‘tkazmaydigan jinslar bilan qoplangan. Riflar g‘ovak ohaktoshlardan iborat, hatto yirik kovaklari ham bor. Rif tog‘larining o‘lchamlari juda bahaybat bo‘ladi. Avstraliya qirg‘oqlaridagi mashhur Katta Barer rifi 2000 km masofaga cho‘zilgan. Uning ayrim do‘ngliklari bir necha yuz metrlar bilan o‘lchanadi. Riflar bilan bog‘liq bo‘lgan eng katta konlar Meksikaning janubiy sharqida ma’lum. Bu yerdagi ayrim kengligi 2-Z km bo‘lgan riflar zanjiri quruqlikda 180 km uzunlikkacha cho‘zilib ketgan. Xuddi shunday yoylar Meksika ko‘rfaziga yopishgan ekvatoriyada ham topilgan. Bu rayondagi ko‘milgan riflar uglevodorod uyumlariga ega bo‘lib, bu uyumlar neft quduqlarining juda katta debitlari bilan mashhur -Serro-Asul hududidan bir kunda 35620 t neft qazib olingan. Potrerodel-Lyano konidagi qudukdan kuniga 13700 t neft olingan, quduq jami 13 mln.t. neft bergan, bu esa bitta quduqdan qazib olingan yig‘indi neft bo‘yicha jahon rekordi hisoblanadi.
Neft va gaz uyumlarining o‘zi qopqonlarni turlariga qarab tasniflanadi. Ularni gumbazsimon uyumlar (antiklinallar bilan bog‘liq), tektonik to‘siqli, stratigrafik, litologik, rifli va aralash turlari ajratiladi.
Neft va gazning migrasiyasi kon shaklanishining muhim shartidir. Migrasiya o‘tkazuvchan jinslarda, odatda g‘ovaklarni to‘ldiruvchi yer osti suvlari bilan birga bo‘ladi. Neft va gazning qatlam bo‘yicha migrasiyasi erigan yoki erkin holatda bo‘ladi. Odatda suv erituvchi sifatida bo‘ladi va suvning bu xususiyati qatlam sharoitlaridagi katta bosim va haroratda ortadi. Migrasiya yo‘nalishi bosim farqi bilan aniqlanadi va katta bosimlili sohadan kichik bosimli soha tomon sodir bo‘ladi. Mutaxassislar bu zonalarni pezometrik maksimum (pezomaksimum), pezometrik minimum (pezominimum) deb atashadi. Yer osti suvlari qatlamlar bo‘yicha harakatlanib, pezominimum sohalariga tushib qoladi, bosimning kamayishi sababli suvning erituvchanlik xususiyati kamayadi. Bunday hollarda neft yoki gaz erkin fazoga ajralib chiqa boshlaydi, bosim qancha kamaysa, suvdan uglevodorodlar shuncha ko‘p ajraladi. Neft va gaz erkin holatda ham harakatlana oladi, zichligi suvnikidan kichik bo‘lgani uchun go‘yoki suv ustiga suzib chiqadi.
Qatlamlarda yonlama va vertikal migrasiya turlari uchraydi. Birinchi holda flyuidlar bitta qatlam ichida va qatdamlar oradiqlarida harakatlanadi, ikkinchi holda esa har xil ta’sirlar tufayli bir qatlamdan ikkinchi bir qatlamga tomon, odatda pastki qatalmdan yuqorisiga tomon harakatlanadi.
Keltiilgan barcha omillarining ijobiy ta’siri natijasida neft va gaz uyumlarining shakllanishi sodir bo‘ladi. Yer qatlamlarida neft yoki gazlarning yagona to‘plamlari deyarli uchramaydi. Ular qo‘ziqorinday «oilaviy» bo‘lib tarqalgan. Bir turdagi qopqon bilan bog‘liq neft va gaz to‘plamlari «oilasi» neft va gaz to‘plamlari sohasini hosil qiladi. Yer po‘stining bitta katta tuzilmali elementidagi bir qancha sohalar neft-gazli hududlarga, ular esa o‘z navbatida neft-gazli provinsiyalarga birlashtiriladi.
Neft va gaz to‘plamlari regional va lokal (mahalliy) turlarga bo‘linadi. Lokal to‘plamlar toifasiga neft va gaz uyumlari va konlari kiradi. Uglevodorodlarning regional to‘plamlari toifasiga neft va gaz to‘planish zonalari, neftgazli viloyatlar va xududlar kiradi.
Neft va gaz uyumi – neft va gazning g‘ovak–o‘tkazuvchan va darzli kollektorlardagi alohida tabiiy to‘plamidan iborat. Uyum rezervuarning neft va gazni tabiiy rezervuarlarga haydovchi kuchlar bilan unga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar tenglashgan qismida hosil bo‘ladi. Uyumning shakli va o‘lchamlari tutqichning shakli va o‘lchamlariga bog‘liq.
Neft va gaz koni – aniq maydonining o‘lchamlari bilan chegaralangan va yer qobig‘idagi bir yoki bir nechta tabiiy tutqichlar bilan bog‘langan neft va gaz uyumlari to‘plami.
Gaz, neft va suv tutqichda o‘zining zichliklariga muvofiq ravishda joylashadi. Gaz eng yengil bo‘lganligiga sababli tabiiy rezervuarning yuqori qismida qopqoq tagida joylashadi. Undan pastdagi bo‘shliqlarni neft va uning tagini suv egallaydi.



Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə