O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Balazuriy.
IX asrda o‗tgan yirik geograf va tarixchi olim; to‗la ismi – Abu 
Bakr Ahmad ibn Yahyo Jabr al-Baluzuriy – asli eronlik, hayotiga oid ma‘lumotlar 
juda kam. Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-908yy.) va al-Mustait (862-866yy.) 
saroyda tarbiyachi bo‗lib xizmat qilgan. Al-Baluziriy 892 y. vafot etgan. 
Balazuriyni ikki yirik asari: «Kitob al-buldon» (Mamlakatlarning zabt 
etilishi haqidagi kitob) hamda «Kitob ajoyu al-ashraf» (Sharofatli kishilarning 
nasablari haqida kitob) asarlarining muallifidir. 
Lekin bulardan biz uchun eng qimmatlisi «Kitob futux al-buldon» bo‗lib, 
arab istilolari tarixi bo‗yicha eng yaxshi asarlardan hisoblanadi. Faqat shu 


77 
asardagina arablarning xalifa Usmon (644-656yy.) va uning Xurosondagi noibi 
Abdulloh ibn Amir davrida Movaraunahrga bir necha bor bostirib kirganliklari va 
Maymurg‗ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab qaytganligi haqida ma‘lumot 
bor. Bundan tashqari asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning 
diqqatga sazovor shaharlari va osori-atiqalari: xalqi, pul muomalasi, undiriladigan 
soliqlari, shuningdek, arab tilining joriy qilinishi haqida ham qimmatli 
ma‘lumotlarni ko‗ramiz. «Kitob futux al-buldon»ning to‗la nusxasi saqlanmagan, 
uning qisqartilgan tahriri yetib kelgan xolos. Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 
yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha tarjimasi (tarjimonlar Xitti va
Murgotten) ham bor. Balazuriyning ushbu asarining to‗liq nusxasi Yoqut va 
Ibn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bo‗lib xizmat qilgan 
Abu Yusuf Yaqubdir (731-798 yy.). 
―Kitob ul-xiroj‖ (―Xiroj solig‗i haqida 
kitob‖) asarining muallifi. Bu qonunshunos olimning to‗la ismi Abu Yusuf Yaqub 
ibn Ibrohim Kufiydir. U asli SHomning Kufa shahridan, imom Abu
Hanifaning (699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mahdiy (775-785 yy.) va
Xorun ar-Rashid (786-809 yy.) davrida Bag‗dod qozisi bo‗lgan. ―Kitob ul-xiroj‖
asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
xususan yer egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni o‗rganishda 
qimmatli manba hisoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig‗i bilan 
yozilgan bu asarda o‗rta asrlarda aholidan yig‗iladigan asosiy soliq - xiroj, uning
turlari va miqdori, to‗lash tartibi bayon etilgan. Bundan tashqari feodal 
mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik yer egalarining shaxsiy
xo‗jaliklarida qo‗l mehnatidan foydalanish haqida ham ma‘lumotlar mavjud.
Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shahrida chop qilingan. 
Uni Ye.Fanyan fransuzchaga tarjima qilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə